Ergashova Gulnoza Shukurovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “G‘ozi Olim Yunusovning tilshunoslik merosi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil3319
Ilmiy rahbar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Xojaliev Ismiol Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Sobirov Abdulxay Shukurovich filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi G‘ozi Olim Yunusovning tilshunoslik merosini tadqiq qilish, uning dialektologiya hamda leksikografiyaga oid asarlari tadqiqi asosida adibning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘ozi Olim Yunusovning XX asr boshlaridagi o‘zbek tilining fonetik-fonologik tizimini yaratishga, o‘zbek lahja va shevalari tadqiqiga, lotin alifbosini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan lingvistik qarashlari, amaliy faoliyati ilk bor maxsus ko‘lamda, monografik o‘rganilgan, tilshunosning o‘zbek adabiy tilining me’yorlashuvi va takomlidagi xizmati ochib berilgan;
XX asrning 20-30-yillarida tilshunoslar tomonidan o‘zbek shevalarini o‘rganilishi, tasniflanishi, G‘ozi Olim Yunusovning mavjud tasniflarga munosabati, olim tomonidan yaratilgan o‘zbek shevalari tasnifining tarixiy-madaniy, milliy-etnik, ilmiy-amaliy ahamiyati lingvistik asoslangan;
olim yaratgan “Ruscha-o‘zbekcha qisqa huquqiy va siyosiy lug‘at” ilk bor lingvistik tahlilga tortilgan, lug‘atdagi ruscha terminlarga o‘zbekcha muqobil so‘z, so‘z birikmasi tanlash, izohlash, tavsiflash usullarining kompleks qo‘llanganligi, uning keyingi davr terminologik lug‘atlar yaratilishida metodologik manba vazifasini bajarganligi isbotlangan; 
G‘ozi Olim Yunusovning o‘zbek shevalarini tadqiq etish va lug‘atchilikka oid nazariy qarashlari umumlashtirilgan, shu asosda uning o‘zbek dialektologiyasi va zamonaviy leksikografiyasining rivojlanish tendensiyasidagi o‘rni, filolog olim sifatida o‘zbek milliy tili va uning asosini tashkil etuvchi davr adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘ozi Olim Yunusovning tilshunoslik merosini tadqiq qilish, lingvistik faoliyatini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
G‘ozi Olim Yunusovning XX asr boshlaridagi o‘zbek tilining fonetik-fonologik tizimini yaratishga, o‘zbek lahja va shevalari tadqiqiga, lotin alifbosini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan lingvistik qarashlari, amaliy faoliyati ilk bor maxsus ko‘lamda, monografik o‘rganilgan, tilshunosning o‘zbek adabiy tilining me’yorlashuvi va takomlidagi xizmati ochib berilgan hamda XX asrning 20-30-yillarida tilshunoslar tomonidan o‘zbek shevalarini o‘rganilishi, tasniflanishi, G‘ozi Olim Yunusovning mavjud tasniflarga munosabati, olim tomonidan yaratilgan o‘zbek shevalari tasnifining tarixiy-madaniy, milliy-etnik, ilmiy-amaliy ahamiyati lingvistik asoslangan o‘rindagi tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-dekabrdagi 01/4-2568-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyihaning XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid qismi adabiy tur va janrlar takomili, adabiy an’ana va o‘ziga xoslik masalalarida yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
olim yaratgan “Ruscha-o‘zbekcha qisqa huquqiy va siyosiy lug‘at” ilk bor lingvistik tahlilga tortilgan, lug‘atdagi ruscha terminlarga o‘zbekcha muqobil so‘z, so‘z birikmasi tanlash, izohlash, tavsiflash usullarining kompleks qo‘llanganligi, uning keyingi davr terminologik lug‘atlar yaratilishida metodologik manba vazifasini bajarganligi isbotlangan xulosa va tahlillardan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-dekabrdagi 01/4-2567-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning elektron platformasida ma’rifatparvar jadid adibi va olimi G‘ozi Olim Yunusovning asarlari majmui shakllantirilishi orqali jadidchilik davri o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining yetakchi xususiyatlarini belgilash, davrga xos bo‘lgan adabiy tur va janrlar ko‘lamining ortishi bilan bog‘liq nazariy masaladagi ma’lumotlar ko‘lami kengaygan.
G‘ozi Olim Yunusovning o‘zbek shevalarini tadqiq etish va lug‘atchilikka oid nazariy qarashlari umumlashtirilgan, shu asosda uning o‘zbek dialektologiyasi va zamonaviy leksikografiyasining rivojlanish tendensiyasidagi o‘rni, filolog olim sifatida o‘zbek milliy tili va uning asosini tashkil etuvchi davr adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlangan nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 4-dekabrdagi 02-06-1830-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan holda ilmiy dalillar bilan boyitilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish