Jumaniyozov Zoxid Otaboevichning filologiya fanlari bo‘yicha doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis, rus va o‘zbek tillarida diplomatik leksik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil524  
Ilmiy rahbar:  Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich,  filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor,  Jo‘raeva Malohat Muhamadovna, filologiya fanlari doktori, professor, Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor, Bakirov Poyon Uralovich.
    Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi diplomatik leksik birliklarning nemis, rus va o‘zbek tillari leksikografik manbalar, rasmiy hujjatlar, badiiy adabiyot, publisistik matnlarda qo‘llanilishining lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy-chogʻishtirma aspektda ochib berib, ularni o‘xshash va farqli tomonlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemischa, ruscha, o‘zbekcha lingvistik, elektron va ensiklopedik lugʻatlarda taqdim etilgan  diplomatik leksik birliklarning fonetik, semantik, morfologik va lingvokulturologik xususiyatlari ilm-fandagi mavjud mushohadalar asosida qiyosiy-chogʻishtirma aspektda nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan;
qiyoslanayotgan va chog‘ishtirilayotgan tillaridagi rasmiy yozishmalarning yuritilishi, nemischa der Anschlag, die Anerkennung, der Anschluß, der GESandte,   ruscha posol, gones, perevodchik, soglashenie, o‘zbekcha elchi,  otaliq, chopar, kelishuv singari sof va  consul, veto, nota, memorandum  (lotincha), protokollon, monarxos, diploma, diaspora (yunoncha), summit, impeachment, green-card, speaker (inglizcha), attaché, agrément, diplomate, demarché (fransuzcha), tilmoch, to‘ra, tanga, yasaul  (turkiy), vakolat, vazir, tarjimon, vakil (arabcha) kabi o‘zlashma diplomatik leksik birliklarning yasalishi, funksional va lingvokulturologik xususiyatlari o‘zaro qiyoslanib, ularning mushtarak hamda shakl, ma’no, imlo va talaffuz bilan bogʻliq farqli tomonlari dalillangan.
qiyoslanayotgan va chogʻishtirilayotgan tillarning izohli hamda ikki tilli  lugʻatlarida diplomatik leksik birliklarning fonetik (urgʻu), struktur, semantik va  grammatik (rod, turlanish, tuslanish) xususiyatlarining bir xil emasligi, ba’zi so‘zlarning tushirib qoldirilishi, terminning etimologiyasiga doir ma’lumotlar va kontekstual misollar keltirilmaganligi, muayyan sohaga aloqadorligi qayd qilinmaganligi singari kamchiliklarni bartaraf qilish asosida yangi lugʻat tuzish yoʻllari isbotlangan;
nemis, rus va o‘zbek tillari badiiy adabiyot, rasmiy hujjat va publisistik matnlarida qo‘llanilgan klassik (yunon, lotin) tillarga tegishli protokol, kansler va sharq (arab, fors) tillariga oid bo‘lgan tarjimon, ariza singari o‘zlashmalarning hamda yorliq, kelishuv kabi turkiy sozlarning fonetik, semantik va morfologik moslashuvi dalillangan;
nemis, rus va o‘zbek tillari badiiy adabiyot, rasmiy hujjat va publisistik matnlarida qo‘llanilgan diplomatik lavozim va rasmiy hujjat nomlarining kelib chiqishi, prezident, kansler kabi diplomatik lavozim, gramota, bayonnoma singari rasmiy hujjat nomlarining denotativ hamda konnotativ ma’nolarining shakllanishi ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  nemischa, ruscha, o‘zbekcha lingvistik, elektron va ensiklopedik lugʻatlarda taqdim etilgan  diplomatik leksik birliklarning fonetik, semantik, morfologik va lingvokulturologik xususiyatlari ilm-fandagi mavjud mushohadalar asosida qiyosiy-chogʻishtirma aspektda nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgani bilan bog‘liq xulosalardan Erasmus+ dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme (2015-2018)” grant loyihasida foydalanilgan (UrDUning 11.09.2025. 06-160/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikning diplomatik terminologiya sohasining muhim metodologik yondashuvlari tahlil qilingan holda, induktiv metod asosida diplomatiya tushunchasi, diplomatiya sohasi, diplomatiya tili, diplomatik nutq va diskurs, diplomatiyaga oid leksik birliklar va diplomatik hujjatlarning lingvokulturologik jihatlari, turli tizimli tillarda diplomatik leksik birliklar tarjimasining lingvokulturologik xususiyatlari, nemis, rus va o‘zbek tillaridagi diplomatic leksik birliklarning qiyosiy-chogʻishtirma tadqiqi amalga oshirilgan. Bunda diplomatik leksik birliklarning nemischa, ruscha, o‘zbekcha lingvistik, elektron va ensiklopedik lugʻatlarda taqdimot qilinishi hamda matnda qo‘llanilish xususiyatlari oydinlashtirilgan;
qiyoslanayotgan va chog‘ishtirilayotgan tillaridagi rasmiy yozishmalarning yuritilishi, nemischa der Anschlag, die Anerkennung, der Anschluß, der GESandte,   ruscha posol, gones, perevodchik, soglashenie, o‘zbekcha elchi,  otaliq, chopar, kelishuv singari sof va  consul, veto, nota, memorandum  (lotincha), protokollon, monarxos, diploma, diaspora (yunoncha), summit, impeachment, green-card, speaker (inglizcha), attaché, agrément, diplomate, demarché (fransuzcha), tilmoch, to‘ra, tanga, yasaul  (turkiy), vakolat, vazir, tarjimon, vakil (arabcha) kabi o‘zlashma diplomatik leksik birliklarning yasalishi, funksional va lingvokulturologik xususiyatlari o‘zaro qiyoslanib, ularning mushtarak hamda shakl, ma’no, imlo va talaffuz bilan bogʻliq farqli tomonlari dalillanganiga oid xulosalardan  Evropa Ittifoqining “Myunster universiteti va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi Germaniya-O‘zbekiston tarmog‘i (KS-171 Strategische Partnerschaft, 2022-2025)” Erasmus+ qo‘llab-quvvatlash loyihasida hamda mazkur loyiha doirasida o‘tkazilgan (Summer School) maktab seminar-treninglarida foydalanilgan. Natijada diplomatik lleksik birliklarning bir tilli nemischa, ruscha, o‘zbekcha va ikki tilli nemischa-ruscha, nemischa-o‘zbekcha, ruscha-nemischa, o‘zbekcha-nemischa lugʻatlarda hamda qiyoslanayotgan va chogʻishtirilayotgan tillarning rasmiy, publisistik hujjatlar, badiiy adabiyot matnlarida qayd etilishi isbotlangan hamda mazkur lugʻatlarni o‘rganish jarayonida nemischa, ruscha, o‘zbekcha uch tilli diplomatik terminlar lugʻatini yaratish asos bo‘luvchi maʻlumotlar bazasi shakllantirilgan;
nemis, rus va o‘zbek tillari badiiy adabiyot, rasmiy hujjat va publisistik matnlarida qo‘llanilgan klassik (yunon, lotin) tillarga tegishli protokol, kansler va sharq (arab, fors) tillariga oid bo‘lgan tarjimon, ariza singari o‘zlashmalarning hamda yorliq, kelishuv kabi turkiy sozlarning fonetik, semantik va morfologik moslashuvi dalillangani haqidagi yangiliklardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Natijada nemis tiliga yunon, lotin, fransuz va asosan ingliz tilidan kirib kelgan hamda mazkur til orqali rus va o‘zbek tillariga o‘zlashgan diplomatik leksik birliklarning loyihada qo‘llanilishi ingliz tili mutaxassislik predmetlari virtual resurslarini, elektron lugʻatlarini yaratishda va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim vosita ekanligi dalillangan (Samarqand davlat chet tillar institutining 14.08.2025. 2377/02-son ma’lumotnomasi). 
nemis, rus va o‘zbek tillari badiiy adabiyot, rasmiy hujjat va publisistik matnlarida qo‘llanilgan diplomatik lavozim va rasmiy hujjat nomlarining kelib chiqishi, prezident, kansler kabi diplomatik lavozim, gramota, bayonnoma singari rasmiy hujjat nomlarining denotativ hamda konnotativ ma’nolarining shakllanishi ilmiy asoslanganiga doir yangiliklardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-2025-uillarda efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm” “Tilimizni o‘rganamiz”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat saboqlari” kabi eshittirish va teledasturlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 12.08.2025. 649-son ma’lumotnoma). Natijada xalqimizga yunon, lotin, fransuz hamda ingliz tillaridan nemis tiliga, nemis tilidan rus tiliga va rus tili orqali milliy tilimizga kirib kelgan va tilimizda keng qo‘llanilayotgan diplomatik leksik birliklarning shakllari, denotativ va konnotativ ma’nolari, ularning o‘xshash hamda farqli jihatlarini taqdim qilish imkoni tugʻilgan, ularning adabiy tilimizni shakllanishidagi o‘rni, millat ma’naviyatini saqlash va rivojlantirishdagi ahamiyati keng ommaga etib borishi osonlashgan, qolaversa xalqimiz so‘z o‘zlashishi hamda uning tildagi fonetik, semantik va morfologik moslashuvi bo‘yicha ko‘plab ilmiu maʻlumotlardan bahramand bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish