Namozova Saodat Baxtiyorovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda shekspirshunoslik: taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari (ingliz va o‘zbek olimlari tadqiqotlari qiyosi asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.4.PhD/Fil2965
Ilmiy rahbar: Boynazar Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Adizova Obodon Ismatovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toirova Nargiza Isakovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek shekspirshunosligining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tizimli o‘rganish, ingliz va o‘zbek olimlari tadqiqotlari qiyosiy tahlili asosida ushbu yo‘nalishining asosiy nazariy tamoyillarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek shekspirshunosligi milliy adabiyotshunoslikning mustaqil ilmiy yo‘nao‘zbek shekspirshunosligiga milliy adabiyotshunoslikning mustaqil va izchil ilmiy yo‘nalishi sifatida qaralib, uning qariyb bir asrlik shakllanish hamda taraqqiyot jarayoni kompleks tarzda yoritilgan;
milliy shekspirshunoslikning rivojlanish bosqichlari aniqlanib, har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari, erishilgan yutuqlari va mavjud kamchiliklari ilmiy asosda ko‘rsatilgan;
Shekspir ijodi bilan o‘zbek adabiyoti hamda adabiyotshunosligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tarjima, adabiy ta’sir va qiyosiy adabiyotshunoslik masalalaridan iborat yaxlit adabiy jarayon sifatida ochib berilgan;
shekspirshunoslik materiallari asosida milliy hamda jahon adabiyotshunosligining o‘zaro mutanosibligi, metodologik rang-baranglik hamda yangi tadqiq usullarining joriy etilishi jihatidan o‘zbek shekspirshunosligi istiqbollari va vazifalari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda shekspirshunoslik: taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbek adabiyotshunosligida shekspirshunoslikning rivojlanishi, uning qariyb bir asrlik shakllanish va taraqqiyot jarayonining ilmiy tadqiq qilinishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, innovatsion rivojlantirish agentligining 2023-yil 17-noyabrdagi 01-01/4000-son maʼlumotnomasi). Natijada milliy adabiyotimizda shekspirshunoslikning o‘rganilishiga qiziqish yanada oshgan;
O‘zbek shekspirshunosligining rivojlanish bosqichlari aniqlanib, har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari, erishilgan yutuqlari va mavjud kamchiliklari ilmiy asosda tizimlashtirilganligiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (2023-yil 26-avgustdagi 211/02-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga ingliz tili va adabiyotini chuqur o‘qitish bo‘yicha axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratishda manba bo‘lib xizmat qilgan.
Shekspir ijodi va o‘zbek adabiyoti hamda adabiyotshunosligi o‘rtasidagi tarjima, adabiy ta’sir va qiyosiy adabiyotshunoslikka tayangan o‘zaro munosabatlar yaxlit adabiy jarayon sifatida yoritilganligiga oid xulosalardan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Qo‘qon davlat pedagogika institutida S-ECAGD-18-CA-0067(P020002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program nomli grand loyihasida (2023-yil 13.02 44-sonli ma’lumotnomasi) Natijada yoshlarni ingliz tili va adabiyoti, xususan, Shekspir ijodi bilan tanishtirishda katta amaliy ahamiyat kasb etgan;
O‘zbek shekspirshunoslik tarixining umumiy manzarasini yaratish, yutuq va kamchiliklarini umumlashtirish asosida Uyg‘onish davri buyuk namoyandasi ijodining ilmiy va nazariy tamoyillarini va istiqbollarini ochib berish, U.Shekspir adabiy merosi o‘zida azaliy va adabiy umuminsoniy qadriyatlarini jamlashda “Qashqadaryo” telekanalining “Najot bilimda” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-fevraldagi №17-05/31-son ma’lumotnomasi). Natijada shu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni mukammallashib, ularning ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi oshishiga imkon yaratilgan;
Shekspirshunoslik materiallari asosida milliy va jahon adabiyotshunosligi uyg‘unligi, taraqqiyot bosqichlari, metodologik rang-baranglik hamda yangi tadqiq usullarining joriy etilishi nuqtayi nazaridan o‘zbek adabiyotshunosligi taraqqiyotiga ilmiy baho berilganligiga doir xulosalardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Qarshi davlat universiteti S-UZ800-20-GR-3181 “English Language Reinforcing competence at Karshi state university” (2023-yil 26.07 dagi 04/2672-sonli ma’lumotnomasi) xalqaro grand loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan dasturning mukammalligi oshirilgan.