Xudoymurodova Xuriyat Muxiddinovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri nasrida ona obrazi” 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil703
Ilmiy rahbar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor To‘raev Damin; filologiya fanlari doktori, professor Yaqubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor Soatova Nodira Isomitdinovna
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek nasrida ona obrazining badiiy talqinini adabiy-nazariy mezonlar asosida tahlil qilish, obrazning funksional-estetik vazifalarini aniqlash hamda uning yaratilishida ijodkor individualligini ifodalovchi xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Shuningdek, ona obrazining nasrda aks etish shakllarini, yozuvchilarning adabiy-estetik qarashlari va badiiy obraz yaratishdagi nazariy tamoyillarini ilmiy asosda tahlil qilish va ularni umumlashtirish mazkur tadqiqotning ustuvor maqsadidir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ona obrazining ilohiy, diniy, tarixiy va folklorga oid manbalardagi talqinlari tizimli tahlil qilinib, ushbu obrazning qadimiy dunyoqarash, mifologik tasavvurlar hamda diniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilib, ona obrazining o‘zbek xalqining ma’naviy xotirasidagi uzlyuksiz evolyusiyasi badiiy adabiyotdagi estetik timsol darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari aniqlab berildi;
Arxetip nazariyasi asosida ona obrazining psixologik ildizlari tahlil qilinib, milliy adabiyotdagi “ona arxetipi”ning shakllanish mexanizmlari, yozuvchilarning ona obrazini yaratishdagi prototipik asoslari, portretlashtirish usullari, obrazga xos individual nutq alomatlari, u bilan bog‘liq ma’naviy-ruhiy kodlar va ularning yozuvchi tafakkuridagi ifodasi ilmiy jihatdan asoslab berildi;
Istiqlol davri o‘zbek hikoyalarida ona obrazining badiiy vazifasi va ijtimoiy-ma’naviy mazmuni yangicha talqinda o‘rganilib, ayolning jamiyatdagi faol ijtimoiy mavqeini badiiy ifodalashdagi o‘rni tahliliy asosda aniqlandi va bu davr nasrida ona obrazining o‘ziga xos jihatlari g‘oyaviy jarayon sifatida ko‘rsatib berildi;
Realistik va norealistik hikoyalarda ona obrazining yangicha talqin yoʻnalishlari aniqlanib, ularning poetik tuzilishi, badiiy-estetik vazifasi hamda psixologik talqin tamoyillari ilmiy asosda tahlil qilinib, modern, ramziy va metaforik talqinlarda ona obrazining shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni yoritishdagi badiiy vazifasi ochib berildi, bu esa zamonaviy o‘zbek nasrida ona obrazining semantik kengayishi va yangi estetik qirralar kasb etganini ko‘rsatdi.
Istiqlol davri o‘zbek qissalarida ona obrazining milliy ruh, tarbiyaviy qadriyatlar bilan uyg‘un holdagi badiiy talqini ilk bor tizimli tahlil qilinib, anʼanaviy qissalarda o‘zbek onalariga xos milliy qiyofa va ma’naviy sabr timsollari bilan bir qatorda, avtobiografik asarlarda ona siymosining yetakchi qahramon sifatidagi o‘rni hamda ona obrazining istiqlol davri nasrida milliy o‘zlik, ma’naviyat va tarbiya konsepsiyasini badiiy ifodalovchi asosiy estetik kategoriya sifatida shakllangani ochib berildi.
Istiqlol davri o‘zbek romanlarida ona obrazining tarixiy proobrazlardan zamonaviy-ijtimoiy talqinlargacha bo‘lgan badiiy evolyusiyasi qiyosiy tahlil qilinib, zamonaviy-ijtimoiy romanlarida ona timsoli milliy tarix, urf-odat va ma’naviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgani, ona obrazining evrilishi, funksional kengayishi va transformatsiyasi aniqlab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri nasrida ona obrazini ilmiy tadqiq etish natijalari asosida olib borilgan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z tatbig‘ini topgan:
ona obrazining ilohiy, mifologik, diniy, tarixiy va folklorga oid manbalardagi talqinlari tizimli tahlil qilinib, ushbu obrazning qadimiy dunyoqarash, mifologik tasavvurlar hamda diniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilib, ona obrazining o‘zbek xalqining ma’naviy xotirasidagi uzlyuksiz evolyusiyasi badiiy adabiyotdagi estetik timsol darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlariga oid xulosalaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “Sharq mamlakatlarida gender munosabatlari” (Sharqning eng mashhur 100 ayoli) loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 25-oktyabrdagi 02-04-01/2696 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada ona obrazining tadrijiy takomili, turli manbalardagi talqinlari haqida muhim xulosalar chiqarish imkonini bergan;
arxetip nazariyasi asosida ona obrazining psixologik ildizlari tahlil qilinib, milliy adabiyotdagi “ona arxetipi”ning shakllanish mexanizmlari, yozuvchilarning ona obrazini yaratishdagi prototipik asoslari, portretlashtirish usullari, obrazga xos individual nutq alomatlari, u bilan bog‘liq ma’naviy-ruhiy kodlar va ularning yozuvchi tafakkuridagi ifodasi haqidagi xulosalardan Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 25-iyundagi 1894/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jahon va milliy adabiyotda ona obrazi genezisi, taraqqiyot bosqichlari, sharq va g‘arb adabiyotida ona obrazining ilmiy tahlili, ona obrazi psixologik ildizlarining kelib chiqishi kabi muhim masalalar ochib berilgan.
istiqlol davri o‘zbek hikoyalarida ona obrazining badiiy vazifasi va ijtimoiy-ma’naviy mazmuni yangicha talqinda o‘rganilib, ayolning jamiyatdagi faol ijtimoiy mavqeini badiiy ifodalashdagi o‘rni tahliliy asosda aniqlandi va bu davr nasrida ona obrazining o‘ziga xos jihatlari g‘oyaviy jarayon sifatida ko‘rsatib berilganligiga oid qarashlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan turli adabiy-ma’rifiy turli tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 8-oktyabrdagi №01-03-311-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi adabiy jarayonda yuz berayotgan adabiy-nazariy o‘zgarishlar, zamonaviy o‘zbek nasrida ona obrazining poetik takomili, ayolning jamiyatdagi o‘rni badiiy asarlarda tasvirlanishi kabi adabiy-estetik tahlillar ochib berilgan.
realistik va norealistik hikoyalarda ona obrazining yangicha talqin yoʻnalishlari aniqlanib, ularning poetik tuzilishi, badiiy-estetik vazifasi hamda psixologik talqin tamoyillari ilmiy asosda tahlil qilinib, modern, ramziy va metaforik talqinlarda ona obrazining shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni yoritishdagi badiiy vazifasi ochib berildi, bu esa zamonaviy o‘zbek nasrida ona obrazining semantik kengayishi va yangi estetik qirralar kasb etganini ko‘rsatuvchi xulosalardan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 4-noyabrdagi №706/1 sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasriy asarlarning janr xususiyatlari, obraz, syujet va motivlar tizimi doirasida ilmiy loyihaga o‘z hissasini qo‘shgan.