Quziev Farxod Serabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1510.
Ilmiy rahbar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Gapparov Samandan Mamatqulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha sho‘rlangan engil qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zani Buxoro-102 navini tomchilatib sug‘orish usulining maqbul sug‘orish texnikasi elementlarini aniqlash, ularning g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlariga hamda sug‘oriladigan erlarning meliorativ rejimiga ta’sirini baholash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha sho‘rlangan engil qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini tomchilatib sug‘orishda tomchilatgichning suv sarfi 2,0 l/soat, tomchilatgichlar orasidagi masofa 40 sm, sug‘orish quvurlari orasidagi masofa 60 sm bo‘lganda, g‘o‘zaning o‘sishi rivojlanishi uchun qulay meliorativ rejim yaratilishi aniqlangan;
taklif etilayotgan sug‘orish texnikasi elementlarida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini tomchilatib sug‘orishda sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 75-80-65 foizda ushlab turib, 14 marta 220-330 m3/ga sug‘orish me’yorlarida va 3389 m3/ga mavsumiy sug‘orish me’yorida etishtirilganda, suv resurslari 1857 m3/ga iqtisod qilinib, g‘o‘zadan yuqori, 47,5 s/ga hosil olinishi isbotlangan;
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda taklif etilayotgan sug‘orish texnikasi elementlari va sug‘orish tartibi sizot suvlari satxi va mineralizatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi hamda vegetatsiya oxirida tuproqda tuzlar restavratsiyasi egatlab sug‘orishga nisbatan kam bo‘lib, 0-40 sm qatlamda xlor ioni 0,022% ni va 0-100 sm qatlamda 0,030% ni tashkil qilishi aniqlangan;
g‘o‘zani sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-80-65 foizda ushlab turib, tomchilatib sug‘orish usulidagi maqbul sug‘orish texnikasi elementlarida sug‘orish natijasida shartli sof foyda 12 mln 597 ming so‘m/ga bo‘lishi va rentabellik darajasi 45% ni tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha sho‘rlangan, mexanik tarkibi engil qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
g‘o‘zaning Buxoro-102 navi sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 75-80-65 foizda ushlab turib, tomchilatib sug‘orish usulidagi maqbul sug‘orish texnikasi elementlari - tomchilatgichlarning suv sarfi 2,0 l/soat, tomchilatgichli quvurlar orasidagi masofa 60 sm va tomchilatgichlar orasidagi masofa 40 sm bo‘lgandagi sug‘orishlar Buxoro viloyatining Jondor tumani fermer xo‘jaliklarida 106 gektar va Shofirkon tumanidagi klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklarida 84 gektar, jami 190 gektar maydonlarda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 05/27-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zani 230-330 m3/ga sug‘orish me’yorlari va 3400 m3/ga mavsumiy sug‘orish me’yori bilan sug‘orish, g‘o‘zadan 47,5 s/ga hosil olish va 35 % suv resurslarini iqtisod qilish imkonini bergan;
g‘o‘zani sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-80-65 foizda ushlab turib, tomchilatib sug‘orish usulidagi maqbul sug‘orish texnikasi elementlaridagi sug‘orishlar Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 35 gektar va Vobkent tumani fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlarida 57 gektar, jami 92 ga maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 05/27-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslari 28-36 % gacha tejalib, g‘o‘zaning Buxoro-102 navidan 43,8-45,4 s/ga paxta hosili olingan va sof foyda 6,5-6,6 mln. so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 58-66,2 % ni tashkil qilgan;
“Turli tuproq-meliorativ sharoitlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasining sug‘orish texnikasi elementlari va tartiblarini ishlab chiqish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 05/27-4488-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sho‘rlangan tuproqlar sharoitida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar, suv xo‘jaligi xodimlari va ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.