Umarova Maxfuza Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nikotin saqlovchi maxsulotlar bilan surunkali intoksikatsiyasida og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngach shilliq qavatining morfofunksional o‘zgarishlari» 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.05 –  Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2025l2.I.PhD/Tib5796.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.    
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nikotin saqlovchi og‘iz orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlar ta’siridagi surunkali intoksikatsiya holatida oq zotsiz kalamushlarning og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oq zotsiz kalamushlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va qizilo‘ngach devorining normal holatida, nikotin saqlovchi oral mahsulotlarni surunkali iste’mol qilishda va detoksikatsion terapiyadan keyingi davrda kompleks qiyosiy morfologik va sitomorfologik tahlil amalga oshirilganda, qizilo‘ngach epiteliy qalinligining kamayishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi yuza epiteliotsitlar ulushining 51 %gacha pasayishi va bazal hujayralar sonining 14 %gacha ortishi aniqlangan;
ilk bor surunkali nikotinli intoksikatsiya ta’sirida qizilo‘ngachning devorida rivojlanadigan maxsus morfologik o‘zgarishlarda, aylanma mushak qatlamining qalinlashishi, shilliq qavatning mushak plastinkasi ingichkalashi, bazal membrana qalinlashishi, shilliq osti va subepitelial skleroz, bezlarning atrofiyasi hamda mushak tolalarining vakuolyap degenepasiyasi aniqlangan; 
ilk bor detoksikatsion terapiyaning turli sxemalarining (Omega va Mo‘miyo) morfometriya va sitomorfologiya ko‘rsatkichlarini tiklashda Omega ezofagusning epitelial qatlamini normallashtirishda va og‘iz bo‘shlig‘i epiteliysi hujayra tuzilishini tiklashda yuqori samara ko‘rsatsa, Mo‘miyo umumiy ezofagus devori qalinligi 629,5±8,2 mkm bo‘lgan holda kuchliroq yallig‘lanishga qarshi va antifibroz ta’sir ko‘rsatishi bilan samaradorligi isbotlangan;
ilk bor qizilo‘ngach epiteliy devorning umumiy qalinligi shoxli plastinka uzunasiga yo‘nalgan mushak qatlami hamda kuchli teskari bog‘liqliklar kuzatilgandan keyin korrelyasiya koeffisientlari nazorat guruhi qiymatlariga yaqinlashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №22/04-sonli xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oq zotsiz kalamushlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va qizilo‘ngach devorining normal holatida, nikotin saqlovchi oral mahsulotlarni surunkali iste’mol qilishda va detoksikatsion terapiyadan keyingi davrda kompleks qiyosiy morfologik va sitomorfologik tahlil amalga oshirilganda, qizilo‘ngach epiteliy qalinligining kamayishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi yuza epiteliotsitlar ulushining 51 %gacha pasayishi va bazal hujayralar sonining 14 %gacha ortishi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6 martdagi № 77-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialining 2025 yil 14 martdagi № 60-«I»-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filialining 2025 yil 21 fevraldagi № 36-sonli buyruqlariga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Nikotin intoksikatsiyasi morfologik belgilariga asoslangan erta tashxis qo‘yish imkoniyati qizilo‘ngach va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini erta aniqlash va samarali profilaktika qilish imkonini yaratadi, bu esa nikotin saqlovchi og‘iz orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlar iste’moli bilan bog‘liq onkopatologiyalar hamda surunkali yallig‘lanish kasalliklarining tarqalishini kamaytirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan morfologik mezonlardan foydalanish orqali patologiyalarni aniqlash jarayoni optimallashtirilgan va qo‘shimcha tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlar kamaytirilgan, bu bir bemor hisobidan taxminan 28000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoni yaratildi. Xulosa: surunkali nikotin intoksikatsiyasidagi morfologik o‘zgarishlarni tashxislash uchun ishlab chiqilgan mezonlarni amaliyotga joriy etish tashxisning aniqligini oshirish hamda har bir bemor uchun 28000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali nikotinli intoksikatsiya ta’sirida qizilo‘ngachning devorida rivojlanadigan maxsus morfologik o‘zgarishlarda, aylanma mushak qatlamining qalinlashishi, shilliq qavatning mushak plastinkasi ingichkalashi, bazal membrana qalinlashishi, shilliq osti va subepitelial skleroz, bezlarning atrofiyasi hamda mushak tolalarining vakuolyap degenepasiyasi aniklanganligi  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 2025 yil 6 martdagi № 77-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialining 2025 yil 14 martdagi № 60-«I»-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining) Navoiy filialining 2025 yil 21 fevraldagi № 36-sonli buyruqlariga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tuzilgan morfologik o‘zgarishlarga qarab, detoksikatsion preparatni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar nikotin ta’siriga uchragan bemorlarda davolash samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini kamaytirishga yordam bergan, bu esa bemorlarning turmush sifatini oshirish va qizilo‘ngach surunkali kasalliklari rivojlanish xavfini pasaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: morfometrik ma’lumotlarga asoslangan holda preparatni maqsadli tanlash davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan, natijada bir bemor uchun terapiya muddatini qisqartirish va dori vositalarini tejash hisobiga 31000 so‘mgacha iqtisodiy tejash imkoniyati yuzaga keldi. Xulosa. Surunkali nikotin intoksikatsiyasida morfometrik asoslangan detoksikatsion terapiyani to‘g‘ri tanlash davolash samaradorligini oshirish va bir bemor uchun 31 000 so‘mgacha iqtisodiy tejash imkonini yaratdi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor detoksikatsion terapiyaning turli sxemalarining (Omega va Mo‘miyo) morfometriya va sitomorfologiya ko‘rsatkichlarini tiklashda Omega ezofagusning epitelial qatlamini normallashtirishda va og‘iz bo‘shlig‘i epiteliysi hujayra tuzilishini tiklashda yuqori samara ko‘rsatsa, Mo‘miyo umumiy ezofagus devori qalinligi 629,5±8,2 mkm bo‘lgan holda kuchliroq yallig‘lanishga qarshi va antifibroz ta’sir ko‘rsatishi bilan samaradorligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 2025 yil 6 martdagi № 77-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialining 2025 yil 14 martdagi № 60-«I»-sonli, shuningdek Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filialining 2025 yil 21 fevraldagi № 36-sonli buyruqlariga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfometrik parametrlarning me’yoriy bazasi mavjudligi bemorlarda shilliq qavat shikastlanishini aniqroq tashxislash va monitoring qilish imkonini yaratgan, bu esa nikotin iste’moli bilan bog‘liq qizilo‘ngach va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini oldini olish hamda davolash tadbirlarining samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: belgilangan morfometrik me’yorlarni klinik amaliyotda qo‘llash orqali qo‘shimcha qimmatbaho tadqiqotlar o‘tkazish zaruriyati kamayagan, natijada morfologik tashxis paytida har bir bemor uchun iqtisodiy tejash imkoniyatini yaratdi. Xulosa: Og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngach shilliq qavati morfometrik parametrlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarini surunkali nikotin intoksikatsiyasida ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tashxisning aniqligini oshiradi hamda har bir bemor uchun 25000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi ;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor qizilo‘ngach epiteliy devorning umumiy qalinligi shoxli plastinka uzunasiga yo‘nalgan mushak qatlami hamda kuchli teskari bog‘liqliklar kuzatilgandan keyin korrelyasiya koeffisientlari nazorat guruhi qiymatlariga yaqinlashishi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 2025 yil 6 martdagi № 77-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialining 2025 yil 14 martdagi № 60-«I»-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filialining 2025 yil 21 fevraldagi № 36-sonli buyruqlariga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfologik o‘zgarishlarni oldindan prognoz qilish imkoniyati bemorlarda kasallikning ilk bosqichlaridayoq profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va o‘z vaqtida davolashni amalga oshirish imkoniyatini bergan, bu esa qizilo‘ngach va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining asoratlangan shakllari tarqalishini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tibbiy amaliyotda ishlab chiqilgan prognozlash usulini qo‘llash erta aralashuv hisobiga davolash xarajatlarini qisqartirdi va har bir bemor uchun taxminan 27000 so‘mgacha mablag‘ tejash imkoniyatini yaratdi. Xulosa: Nikotin ta’sirining davomiyligi bilan og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngach shilliq qavati morfologik o‘zgarishlari o‘rtasidagi korrelyasion tahlil asosida amalga oshirilgan prognozlash usuli profilaktika samaradorligini oshirdi va davolash xarajatlarini iqtisodiy tejash imkonini yaratdi.
Olingan natijalar asosida amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi qarori asosida 28/17-sonli yagona xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish