Halimova Dilrabo Jalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nikotin saqlovchi maxsulotlar surunkali ta’sirida jigar va oshqozon osti bezining morfofunksional xamda klinik xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Y2025l2.DSc /Tib1300.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Dadabaeva Ra’no Kudratovna, tibbiyot fanlari doktori. Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.(Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tamaki mahsulotlarini iste’mol qiluvchilarda jigar va oshqozon osti bezi o‘zgarishlarining morfofunksional hamda klinik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental yo‘l bilan kalamushlarda tutunli tamaki mahsuloti ta’siri ostida oshqozon osti bezi va jigar morfologik o‘zgarishlari o‘rganilib, jigarda gepatotsitlar soni 1 mm² hisobida 19,3% ga, yadrolar soni esa 23,4% ga kamayishi, sinusoidlar kengligi esa 46% ga oshishi isbotlangan;
ilk bor jigar va oshqozon osti bezi patologik o‘zgarishlarining klinik hamda morfologik xususiyatlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rganilmoqda,jumladan Elastografiya (kPa) ko‘rsatkichlari bo‘yicha tamaki chekish muddati va jigar to‘qimasi fibrozlanishi o‘rtasida oshqozon osti bezining exogenligi va vaskulyarizatsiyasi pasayishi bo‘yicha tamaki chekish muddati bilan kuchli bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor tamaki chekuvchi va chekmaydigan shaxslarda jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining morfologik va klinik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, gemoglobin miqdori chekuvchilarda 1,4 marta past, ALT 4,7 marta va AST 4,9 marta yuqori ekanligi, bilirubin miqdori 3,4-7,1 marta oshishi ,qon ivishi faktridagi fibrinogen miqdorining oshishi,yallig‘lanish markyorlaridan chekuvchilarda S-reaktiv oqsil darajasi 6,1 marta yuqori bo‘lishi aniqlanib, tamakining jigar va oshqozon osti beziga zararli ta’siri isbotlangan;
ilk bor tamaki chekuvchi shaxslarda onkologik kasalliklar rivojlanishining prognoz mezonlari ishlab chiqilib, oshqozon osti bezi saratoni xavfi 1,20 marta, autoimmun pankreatit 6,43 marta ,alkogolsiz yog‘li jigar kasalligi (NAFLD) esa 2,92 marta yuqori ekanligi aniqlanib, jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma faqatgina chekuvchi bemorlarda uchrashi, tamaki chekuvchi shaxslarda xavfni baholashda muhim prognoz mezonlari ekanligi aniqlangan;
ilk bor tamaki mahsulotlarining ta’sirida yuzaga keladigan jigar va oshqozon osti bezi to‘qimalaridagi metabolik o‘zgarishlar bilan antioksidant himoya tizimi fermentlari faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik morfometrik va bioximik asosda kompleks o‘rganilganda, jigar va oshqozon osti bezida yuzaga kelgan morfologik o‘zgarishlarini davolashga yo‘naltirilgan terapevtik ta’sir samaradorligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tamaki chekuvchilarda jigar va oshqozon osti bezida kuzatiladigan kasalliklarning diagnostik me’zonlarini optimallashtirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental yo‘l bilan kalamushlarda tutunli tamaki mahsuloti ta’siri ostida oshqozon osti bezi va jigar morfologik o‘zgarishlari o‘rganilib, jigarda gepatotsitlar soni 1 mm² hisobida 19,3% ga, yadrolar soni esa 23,4% ga kamayishi, sinusoidlar kengligi esa 46% ga oshishi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6-martdagi 78 va 78/1 sonli, RShTYoIM Xorazm filialining 2025-yil 14 martdagi № 59-“I” sonli va 2025-yil 17 martdagi № 61-“I” sonli, shuningdek RShTYoIM Navoiy filialining 2025 yil 21-fevraldagi 37 va 38-sonli buyruqlariga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari tamaki mahsulotlarining jigar va oshqozon osti beziga salbiy ta’sirini ilmiy jihatdan tasdiqlab, aholini tamaki mahsulotlaridan voz kechishga undash va profilaktika choralarini kuchaytirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlar asosida jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta aniqlash va davolash choralari har bir bemor uchun 1358000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratdi; Xulosa: ilmiy yangilikni klinik amaliyotga joriy etish orqali jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining kelib chiqishiga tamakining ta’sirini baholash va bu patologiyalarning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigar va oshqozon osti bezi patologik o‘zgarishlarining klinik hamda morfologik xususiyatlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rganilmoqda,jumladan Elastografiya (kPa) ko‘rsatkichlari bo‘yicha tamaki chekish muddati va jigar to‘qimasi fibrozlanishi o‘rtasida oshqozon osti bezining exogenligi va vaskulyarizatsiyasi pasayishi bo‘yicha tamaki chekish muddati bilan kuchli bog‘liqlik aniqlanganligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6-martdagi 78 va 78/1 sonli, RShTYoIM Xorazm filialining 2025-yil 14 martdagi № 59-“I” sonli va 2025-yil 17 martdagi № 61-“I” sonli, shuningdek RShTYoIM Navoiy filialining 2025 yil 21-fevraldagi 37 va 38-sonli buyruqlariga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta tashxislash samaradorligini oshirish, xavf omillarini aniqlash va individual davolash taktikasini ishlab chiqishga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta tashxislash va individuallashtirilgan davolash choralari har bir bemor uchun 3150000 so‘mni iqtisodiy tejash imkonini yaratdi. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni klinik amaliyotga joriy etish orqali jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining kelib chiqish mexanizmini chuqurroq o‘rganish, tashxis va davolashni takomillashtirish imkonini beradi; 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tamaki chekuvchi va chekmaydigan shaxslarda jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining morfologik va klinik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, gemoglobin miqdori chekuvchilarda 1,4 marta past, ALT 4,7 marta va AST 4,9 marta yuqori ekanligi, bilirubin miqdori 3,4-7,1 marta oshishi ,qon ivishi faktridagi fibrinogen miqdorining oshishi,yallig‘lanish markyorlaridan chekuvchilarda S-reaktiv oqsil darajasi 6,1 marta yuqori bo‘lishi aniqlanib, tamakining jigar va oshqozon osti beziga zararli ta’siri isbotlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6-martdagi 78 va 78/1 sonli, RShTYoIM Xorazm filialining 2025-yil 14 martdagi № 59-“I” sonli va 2025-yil 17 martdagi № 61-“I” sonli, shuningdek RShTYoIM Navoiy filialining 2025 yil 21-fevraldagi 37 va 38-sonli buyruqlariga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tamaki chekuvchilarda jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta aniqlash va ularning individual davolash yo‘nalishlarini belgilash kasallik asoratlarining oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va kasallikni davolashning samaradorligini oshishiga,hamda aholi o‘rtasida onkologik kasalliklar va surunkali patologik jarayonlarning oldini olishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlar asosida jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta bosqichda aniqlash ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab davolash choralarini kamayishiga olib keldi. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni tamaki chekuvchilarda jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini tashxislashda va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llash byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemor uchun 2850000 so‘mgacha iqtisodiy tejash imkonini beradi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tamaki chekuvchi shaxslarda onkologik kasalliklar rivojlanishining prognoz mezonlari ishlab chiqilib, oshqozon osti bezi saratoni xavfi 1,20 marta, autoimmun pankreatit 6,43 marta ,alkogolsiz yog‘li jigar kasalligi (NAFLD) esa 2,92 marta yuqori ekanligi aniqlanib, jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma faqatgina chekuvchi bemorlarda uchrashi, tamaki chekuvchi shaxslarda xavfni baholashda muhim prognoz mezonlari ekanligi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6-martdagi 78 va 78/1 sonli, RShTYoIM Xorazm filialining 2025-yil 14 martdagi № 59-“I” sonli va 2025-yil 17 martdagi № 61-“I” sonli, shuningdek RShTYoIM Navoiy filialining 2025 yil 21-fevraldagi 37 va 38-sonli buyruqlariga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari onkologik kasalliklarning erta tashxislanishi va profilaktikasini takomillashtirishga yordam berdi. Tamaki chekuvchilarda xavf omillarini aniqlash imkoniyati oshirildi, bu esa aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, skrining dasturlarini rivojlantirish va xavf guruhidagi bemorlarga individual yondashuvni ta’minlash imkonini yaratdi.                  Iqtisodiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlar asosida tamaki chekuvchi shaxslarda onkologik kasalliklarning erta tashxislanishi natijasida davolash xarajatlarini qisqartirdi va har bir bemor uchun 11340000 so‘m iqtisodiy tejash imkonini yaratdi.          Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni klinik amaliyotga joriy etish orqali onkologik kasalliklarning erta tashxislanishi, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni monitoring qilish va ular uchun individual profilaktika dasturlarini  ishlab chiqish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor tamaki mahsulotlarining ta’sirida yuzaga keladigan jigar va oshqozon osti bezi to‘qimalaridagi metabolik o‘zgarishlar bilan antioksidant himoya tizimi fermentlari faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik morfometrik va bioximik asosda kompleks o‘rganilganda, jigar va oshqozon osti bezida yuzaga kelgan morfologik o‘zgarishlarini davolashga yo‘naltirilgan terapevtik ta’sir samaradorligi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialining 2025 yil 6-martdagi 78 va 78/1 sonli, RShTYoIM Xorazm filialining 2025-yil 14 martdagi № 59-“I” sonli va 2025-yil 17 martdagi № 61-“I” sonli, shuningdek RShTYoIM Navoiy filialining 2025 yil 21-fevraldagi 37 va 38-sonli buyruqlariga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari tamaki mahsulotlarining jigar va oshqozon osti beziga salbiy ta’sirini barvaqt aniqlash hamda samarali davolash usullarini ishlab chiqish imkonini yaratgan holda aholi salomatligini saqlash, tamakiga bog‘liq kasalliklar asoratlarini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy yuklamani pasaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida tadkikot natijalarini amaliyotga joriy etish tamaki mahsulotlariga bog‘liq jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash imkonini berib, uzoq muddatli, qimmat davolash xarajatlarini kamaytirib, mehnat qobiliyatining saqlanishi orqali umumiy iqtisodiy samaradorlik oshishining imkonini yaratdi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni klinik amaliyotga joriy etish orqali tamaki mahsulotlari ta’sirida jigar va oshqozon osti bezi to‘qimalarida rivojlanadigan metabolik o‘zgarishlar antioksidant himoya tizimi fermentlari faoliyati bilan uzviy bog‘liq ekanini isbotlab, morfometrik va bioximik tahlillar asosida ushbu a’zolarda yuzaga kelgan morfologik shikastlanishlarni kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan terapevtik ta’sirning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Olingan natijalar asosida amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi qarori asosida 28/16-sonli yagona xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish