Gafurova Dildora Kamalidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotireozda tuxumdonlar etishmovchiligining klinik-metabolik xususiyatlari va bashoratlashi» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olish raqami: B2023.2.PhD/Tib.3489.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03.
Rasmiy opponentlar: Artiqova Dilfuza Maxamatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Narimova Gulchexra Jumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya mavzusi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollarda gipotireoz holatida reproduktiv buzilishlarning klinik-metabolik xususiyatlarini o‘rganish va tuxumdon etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
subklinik va manifest gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmlari tuxumdonlar etishmovchiligini bashoratlashda GDF-9 va BMP-15 asosiy markerlari ishtirokida aniqlangan;
subklinik va manifest gipotireoz kasalligining manifest shaklida prolaktin miqdorining ortishi fonida LG, FSG va estradiol miqdorining pasayishi reproduktiv yoshdagi ayollarda gipotireoz gipotalamus-gipofiz-qalqonsimon bez-tuxumdon o‘qi disfunksiyasi bilan kechishi isbotlangan;
GDF-9, BMP-15 va antimyuller gormonining asosiy markyorlarining prognostik ahamiyati gipotireozning turli shakllari bo‘lgan ayollarda tuxumdon etishmovchiligini bashoratlashdagi o‘rni isbotlangan;
tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining xavf omillarini integral baholash algoritmini subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda klinik amaliyotga joriy qilinishining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qalqonsimon bez kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etildi.
birinchi ilmiy yangilik: subklinik va manifest gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmlari tuxumdonlar etishmovchiligini bashoratlashda GDF-9 va BMP-15 asosiy markerlari ishtirokida aniqlangan, Andijon davlat tibbiyot instituti, № 6i-26/u-sonli, 2025 yil 25 martda ishlab chiqilgan «Gipotireoz bilan xastalangan fertil yoshdagi ayollarda reproduktiv buzilishlarni erta aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va bu ikki hududda, xususan, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida (2025 yil 28 martdagi 70-sonli buyruq) hamda Farg‘ona filialida (2025 yil 10 maydagi 76-sonli buyruq) amaliyotga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 17.11.2025 yildagi № 29/17, 26-sonli bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda tuxumdon etishmovchiligining oldini olish va erta aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, ayollarda subklinik va manifest gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash va davolashda shifoxonaga yotqizish uchun sarflanadigan mablag‘ sezilarli darajada kamayadi va bemor ambulator sharoitda davolanishi mumkin. Shunday qilib, agar qalqonsimon bez kasalligi bilan og‘rigan ayollarda kasallikning kechki bosqichida statsionar davolanish 4,5 dan 9,5 million so‘mgacha bo‘lsa, ushbu patologiyaning erta bosqichida ambulator davolangan bemorlar uchun 1,5 million so‘mdan kam, ya’ni 3-5 baravar arzon. Xulosa: subklinik va manifest gipotireoz bilan ogrigan bemorlarda tuxumdon etishmovchiligi rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmlarini o‘rganish ushbu patologiya asoratlarining o‘sishini kamaytirishning eng samarali usuli hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: subklinik va manifest gipotireoz kasalligining manifest shaklida prolaktin miqdorining ortishi fonida LG, FSG va estradiol miqdorining pasayishi reproduktiv yoshdagi ayollarda gipotireoz gipotalamus-gipofiz-qalqonsimon bez-tuxumdon o‘qi disfunksiyasi bilan kechishi isbotlangan bo‘lib, Andijon davlat tibbiyot instituti, № 6i-26/u-sonli, 2025 yil 25 martda ishlab chiqilgan «Gipotireoz bilan xastalangan fertil yoshdagi ayollarda reproduktiv buzilishlarni erta aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va bu ikki hududda, xususan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Namangan filialida (2025 yil 28 martdagi 70-sonli buyruq) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona filialida (2025 yil 10 maydagi 76-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 17.11.2025 yildagi № 29/17, 26-sonli bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda yangi asosiy markerlar - GDF-9, BMP-15 ni joriy etish orqali gormonal gomeostaz ko‘rsatkichlari baholandi va uni tuzatishning tegishli samarali yo‘llari taklif etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda tuxumdon etishmovchiligini bashorat qilishda qondagi GDF-9, BMP-15 yangi asosiy markerlarini aniqlashni ishlab chiqish va joriy etish orqali qalqonsimon bez kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning ahvoli haqida birinchi marta yangi ma’lumotlar olindi. Shunday qilib, GDF-9, BMP-15 ning past ko‘rsatkichlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun 4,5 million so‘mdan 9,5 million so‘mgacha sarflanadi, GDF-9, BMP-15 ning yuqori ko‘rsatkichlari bo‘lgan bemorlar uchun esa 1,5 million so‘mdan kam mablag‘ ketadi, bu 3-5 baravar arzonroqdir.Xulosa: subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda tuxumdon etishmovchiligini bashorat qilishda qondagi yangi asosiy GDF-9, BMP-15 markerlarini aniqlashni ishlab chiqish va joriy etish orqali qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan reproduktiv yoshdagi bemorlarda hayz davrining buzilishini aniqlashning eng samarali usuli topildi.
uchinchi ilmiy yangilik: GDF-9, BMP-15 va antimyuller gormonining asosiy markyorlarining prognostik ahamiyati gipotireozning turli shakllari bo‘lgan ayollarda tuxumdon etishmovchiligini bashoratlashdagi o‘rni isbotlangan bo‘lib, Andijon davlat tibbiyot instituti, № 6i-26/u-sonli, 2025 yil 25 martda ishlab chiqilgan «Gipotireoz bilan xastalangan fertil yoshdagi ayollarda reproduktiv buzilishlarni erta aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va bu ikki hududda, xususan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Namangan filialida (2025 yil 28 martdagi 70-sonli buyruq) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona filialida (2025 yil 10 maydagi 76-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 17.11.2025 yildagi № 29/17, 26-sonli bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda tuxumdon zaxirasini baholash uchun tadqiqotlar majmuasi qo‘llanildi, natijada klinik, gormonal va ul`tratovush ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda endokrinopatiyalarni samarali tashxislash imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. Klinik, gormonal va ul`tratovush ko‘rsatkichlari buzilgan bemorni statsionarda davolanishi 4,5 million so‘mdan 9 million so‘mgacha bo‘lsa, bunday ko‘rsatkichlari buzilmagan bemorlarni davolash 1,5 million so‘mdan kam, ya’ni 3-5 baravar arzonroq. Xulosa: subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda klinik va ul`tratovush ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili turli xil endokrinopatiyalar rivojlanishining oldini olish va samarali tashxislash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining xavf omillarini integral baholash algoritmini subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda klinik amaliyotga joriy qilinishining samaradorligi isbotlangan bo‘lib, Andijon davlat tibbiyot instituti, № 6i-26/u-sonli, 2025 yil 25 martda ishlab chiqilgan «Gipotireoz bilan xastalangan fertil yoshdagi ayollarda reproduktiv buzilishlarni erta aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va bu ikki hududda, xususan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Namangan filialida (2025 yil 28 martdagi 70-sonli buyruq) va Farg‘ona filialida (2025 yil 10 maydagi 76-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi, (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 17.11.2025 yildagi № 29/17, 26-sonli bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: ko‘p omilli tahlil o‘tkazilishi natijasida statistik ma’lumotlarga asoslangan ko‘rsatkichlarning ishonchliligi sezilarli darajada oshdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, mamlakatda reproduktiv yoshdagi ayollarda qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan hayz sikli buzilishlarini bartaraf etish, fertillikni oshirish va noxush prognozli tugunli hosilalarni erta tashxislash imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Qalqonsimon bezning manifest gipotireozi bilan og‘rigan bemorni statsionar davolash 4,5 dan 9 million so‘mgacha bo‘lsa, subklinik gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarni ambulator sharoitda davolash 1,5 million so‘mdan kam, ya’ni 3-5 baravar arzonroq. Xulosa: Subklinik va manifest gipotireoz bilan og‘rigan ayollarda tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining xavf omillarini matematik hisoblash yo‘li bilan ishlab chiqilgan shkala va algoritmni kompleks baholash kasallikning erta bosqichida to‘g‘ri tashxis qo‘yish samaradorligi va o‘z vaqtidaligini oshirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish