G‘iyosova Vasilaxon Shukurulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabdagi bulling vaziyatlari ishtirokchilarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1142
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.01.18.
Rasmiy opponentlar: S.X.Jalilova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent; K.B.Qodirov, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabdagi bulling vaziyatlari ishtirokchilarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabdagi bulling omili sifatida bolalar tomonidan tengdoshlarining fikrini tinglamaslik, mulohazalariga nisbatan radikal munosabatda bo‘lish tendensiyasi yuzaga chiqishi natijasida ota-onalar tomonidan bolaning qiziqishlari tanqid ostiga olinishi va boshqa bolalarning fikrlar berilishiga nisbatan inkor munosabatni aks ettirishi o‘smirlik davridagi bullingning rrediktiv belgilari bo‘lishi dalillangan;
maktabda bulling yuzaga chiqishining jins omili differensiatsiyasiga ko‘ra, o‘g‘il bolalarda bulling to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda yuzaga chiqmasligi, o‘qituvchi bilan kechadigan muloqotda shaxsiy manyeralar mavjudligi, qizlarda o‘zaro xasad asosan kiyim-bosh, o‘zini tutish orqali tengdoshlari bilan munosabatlarda disfunksiyalarga sabab bo‘lishi natijasida sinfdoshlari, tengdoshlari tomonidan bo‘ladigan o‘zaro hazil-mutoyibalardagi keskinliklar, masxara qilishlar, imo-ishoralar o‘smirlik davridagi bullingning ijtimoiy xususiyatlari bo‘lishi isbotlangan;
maktabdagi bulling vaziyatlarida instiator hamda kuzatuvchi va yordamchi rozisiyasi orqali jabrlanuvchilarni “jazolash” amaliyoti indikativ yuzaga chiqishi natijasida bullingdan aziyat chekishning liderlik-ausayderlik, rad etilish darajasi komponentiga to‘g‘ri proporsional korrelyat aspekti bo‘lishi sababli shaxsning o‘smirning bulling qurboni bo‘lib qolmasligida muhim shaxsiy rredikat bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
bulling yuzaga kelishida jins, sinf, sibling maqom, shaxslararo munosabatlardagi rolli pozisiyalar hamda sinfdagi status psixologik predikatlar ekani dalillanib, bullingdan aziyat chekkan o‘smirlardagi ijtimoiy psixologik xususiyatlarga tajanglik, negativizm, shubhalanuvchanlik, o‘ziga ishonmaslik, aybdorlik hissi dinamik tarzda rivojlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
bulling omili sifatida bolalar tomonidan tengdoshlarining fikrini tinglamaslik, mulohazalariga nisbatan radikal munosabatda bo‘lish tendensiyasi yuzaga chiqishi natijasida ota-onalar tomonidan bolaning qiziqishlari tanqid ostiga olinishi va boshqa bolalarning fikrlar berilishiga nisbatan inkor munosabatni aks ettirishi o‘smirlik davridagi bullingning rrediktiv belgilari bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiiy psixologiya» va «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida bulling uchragan bolalarning psixologik xususiyatlarini empirik o‘rganishga erishilgan.
maktabda bulling yuzaga chiqishining jins omili differensiatsiyasiga ko‘ra, o‘g‘il bolalarda bulling to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda yuzaga chiqmasligi, o‘qituvchi bilan kechadigan muloqotda shaxsiy manyeralar mavjudligi, qizlarda o‘zaro xasad asosan kiyim-bosh, o‘zini tutish orqali tengdoshlari bilan munosabatlarda disfunksiyalarga sabab bo‘lishi natijasida sinfdoshlari, tengdoshlari tomonidan bo‘ladigan o‘zaro hazil-mutoyibalardagi keskinliklar, masxara qilishlar, imo-ishoralar o‘smirlik davridagi bullingning ijtimoiy xususiyatlari bo‘lishi mumkinligi isbotlanganligiga doir ma’lumotlar 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiiy psixologiya» va «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida bulling namoyon bo‘lishining sinf, jins hamda sibling maqomi omili jihatdan solishtirishga imkon yaratgan.
maktabdagi bulling vaziyatlarida instiator hamda kuzatuvchi va yordamchi rozisiyasi orqali jabrlanuvchilarni “jazolash” amaliyoti indikativ yuzaga chiqishi natijasida bullingdan aziyat chekishning liderlik-ausayderlik, rad etilish darajasi komponentiga to‘g‘ri proporsional korrelyat aspekti bo‘lishi sababli shaxsning o‘smirning bulling qurboni bo‘lib qolmasligida muhim shaxsiy rredikat bo‘lib xizmat qilishiga doir doir ma’lumotlar 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiiy psixologiya» va «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida bulling namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishga sharoit yaratilgan.
bulling yuzaga kelishida jins, sinf, sibling maqom, shaxslararo munosabatlardagi rolli pozisiyalar hamda sinfdagi status psixologik predikatlar ekani dalillanib, bullingdan aziyat chekkan o‘smirlardagi ijtimoiy psixologik xususiyatlarga tajanglik, negativizm, shubhalanuvchanlik, o‘ziga ishonmaslik, aybdorlik hissi dinamik tarzda rivojlanishi aniqlanganligiga doir ma’lumotlar 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiiy psixologiya» va «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-yanvardagi PM-323-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida bullingga uchragan bolalar bilan psixokorreksion hamda psixoprofilaktik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish samaradorligi oshgan.