Abdulxaeva Musharraf Usmonjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi” (Ona tili fani misolida) 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Ped9073
Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirhojiddinovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01 
Rasmiy opponentlar: 
Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Raximova Mehribon Abduxolisovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining ilmiy-metodik jihatlari o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda yozma nutqni rivojlantirish imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining kasbiy tayyorgarlik bilan reprezentativligini ifodalovchi metodikaning moslashuvchan usullarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
yozma nutqni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy muhitda pedagogik, psixologik va kognitiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida diskursiv jarayonning kasbiy faoliyat darajasini tahlil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim subektlarining o‘zaro ta’sirini va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini determinantligini empirik baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari pedagogik maqsadga erishishning muvaffaqiyati va yozma nutqni shakllantirish jarayonining yo‘nalishini belgilab beradigan ichki va tashqi aloqalar tizimi rivojlanishini ta’minlovchi kommunikativ, diagnostik, tashkiliy jihatlarini funksional imkoniyatlarini kompleks uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirish mezonlari pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari bilan o‘quv maqsadlari, bilim, ko‘nikma hamda individual kasbiy tajribani egallash va o‘zlashtirish asosida mantiqiy fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga oid shaxsiy fazilatlarning tashqi va ichki omillarga yo‘naltirilgan monitoringiga didaktik ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasiga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning ilmiy-metodik jihatlari o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda yozma nutqni rivojlantirish imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining kasbiy tayyorgarlik bilan reprezentativligini ifodalovchi metodikaning moslashuvchan usullarini ishlab chiqish asosida aniqlashtiriga doir takliflaridan “Orfografiya, punktuatsiya va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 294033-sonli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda yozma nutqni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan;
yozma nutqni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy muhitda pedagogik, psixologik va kognitiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida diskursiv jarayonning kasbiy faoliyat darajasini tahlil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim subektlarining o‘zaro ta’sirini va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini determinantligini empirik baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Orfografiya, punktuatsiya va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 294033-sonli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari takomillashitirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari pedagogik maqsadga erishishning muvaffaqiyati va yozma nutqni shakllantirish jarayonining yo‘nalishini belgilab beradigan ichki va tashqi aloqalar tizimi rivojlanishini ta’minlovchi kommunikativ, diagnostik, tashkiliy jihatlarini funksional imkoniyatlarini kompleks uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 530141-sonli guvohnoma).  Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi mezonlari pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari bilan o‘quv maqsadlari, bilim, ko‘nikma hamda individual kasbiy tajribani egallash va o‘zlashtirish asosida mantiqiy fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga oid shaxsiy fazilatlarning tashqi va ichki omillarga yo‘naltirilgan monitoringiga didaktik ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” ko‘rsatuvi senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 26-martdagi 05-09-377-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni rivojlantirish mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish