Erkaeva Dilnoza Baxtiyorovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek kinofilmlari diskursining lingvomadaniy va kognitiv asoslari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4249
Ilmiy rahbar: Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, (DSc) Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna. Samarqand davlat chet tillari universitetini filologiya fanlari doktori, f.f.d(DSc), Nasrullaeva Nafisa Zafarovna. Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek kinodiskursining lingvomadaniy va konseptual xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek kinodiskurslari lingvomadaniy jihatdan bir-biridan sezilarli farq qilishi, bu farqlar asosan milliy madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning lingvistik ifodalanishida namoyon bo‘lishi, ingliz kinodiskursida G‘arb madaniyatiga xos boshqaruv dinamikasi va individualizm kuchliroq ifodalangani, o‘zbek kinodiskursida esa jamiyat va oilaviy birdamlik birlamchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan; 
ingliz va o‘zbek kinodiskursidagi lingvistik birliklarning turli kino kodlari, ya’ni ekrandagi tasvir, ovoz, intonatsiya, harakat, montaj, ritm, vizual ishoralar va boshqa multimodal elementlar orqali qayta yaratilishi,  har ikki til diskursida lingvistik va kognitiv vositalar orqali ma’naviy va madaniy kodlash yuz berishi ilmiy jihatdan dalillangan;
ijtimoiy munosabatlarga doir leksik birliklarning ingliz va o‘zbek kinodiskurslarida ifodalanish usullari struktur, semantik, kognitiv va madaniy mezonlar asosida qiyosiy tahlil qilinib, har ikki diskursdagi milliy madaniyat, ijtimoiy munosabatlar tizimi hamda shaxslarning ijtimoiy maqomlari va funksiyalarining lingvistik ko‘rinishlari ilmiy nuqtai nazardan asoslangan;
ingliz kinofilmlarida qisqa, tezkor va bevosita nutqiy aktlar ustuvorligi kuzatiladi; o‘zbek kinofilmlarida esa kengaytirilgan, obrazli va hurmat shakllarni o‘z ichiga olgan nutqiy strategiyalar aniqlangan. Shu asosda ingliz va o‘zbek kinodiskursining kommunikativ, kognitiv hamda konseptual xususiyatlari ilk marotaba qiyosiy asosda belgilanadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek kinodiskursining lingvomadaniy va kognitiv tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek kinodiskurslari lingvomadaniy jihatdan bir-biridan sezilarli farq qilishi, bu farqlar asosan milliy madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning lingvistik ifodalanishida namoyon bo‘lishi, ingliz kinodiskursida G‘arb madaniyatiga xos boshqaruv dinamikasi va individualizm kuchliroq ifodalangani, o‘zbek kinodiskursida esa jamiyat va oilaviy birdamlik birlamchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlanganligiga oid nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markaziga ajratilgan 61–01/09-son “Milliy qadriyatlar - yoshlar ardog‘ida” nomli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 4-yanvardagi ML01/01-02-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va tezislarda diskurs tushunchasiga bog‘liq atamalarning terminologik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek kinodiskursidagi lingvistik birliklarning turli kino kodlari, ya’ni ekrandagi tasvir, ovoz, intonatsiya, harakat, montaj, ritm, vizual ishoralar va boshqa multimodal elementlar orqali qayta yaratilishi,  har ikki til diskursida lingvistik va kognitiv vositalar orqali ma’naviy va madaniy kodlash yuz berishi ilmiy jihatdan dalillangan misollar yordamida izohlangan nazariy va amaliy materiallardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-son “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 4-yanvardagi 06/32-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga ingliz va o‘zbek kinodiskursi lingvistik birliklarining kino kodlari orqali qayta yaratilishining sistematik tabiati misollar yordamida izohlanganligi talqini tushuntirilgan;
ijtimoiy munosabatlarga doir leksik birliklarning ingliz va o‘zbek kinodiskurslarida ifodalanish usullari struktur, semantik, kognitiv va madaniy mezonlar asosida qiyosiy tahlil qilinib, har ikki diskursdagi milliy madaniyat, ijtimoiy munosabatlar tizimi hamda shaxslarning ijtimoiy maqomlari va funksiyalarining lingvistik ko‘rinishlari ilmiy nuqtai nazardan asoslangan yangiligidan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlarida unumli foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi 2024-yil 17-dekabrdagi 01-09-184-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek kinodiskursi lingvistik xususiyatlari haqidagi xulosalari teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish