Akromova Muxlisa Saydimuxtor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2838
Ilmiy rahbar: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, professor, Astanakulov Olim Tashtemirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini zamonaviy innovasion yechimlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“turizm infratuzilmasi” tushunchasining ta’rifi turizm soxasida ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va funksiyalari mualliflik yondashuvlar, hususan ko‘p funksiyali, barqaror integrasiyalashgan va muhandislik vazifalari asosida takomillashtirilgan.
turizm infratuzilmasining tarkibiy qismlari va investision samaradorligi integral ko‘rsatkichlar ekonometrik tahlil asosida baholanib SEM modeli, rivojlanish mezonlari va prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turizm infratuzilmasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida milliy va zamonaviy talablar uyg‘unligini ta’minlovchi “yashil infratuzilma” shaharsozlik yechimlarining amaliy modeli ishlab chiqilgan
turizm infratuzilmasiga oid davlat dasturlari va investisiya loyihalarining natijadorligini baholash hamda ularni samarali amalga oshirish maqsadida qiyosiy indikatorlar tizimi va ijtimoiy‑iqtisodiy funksiyalarni rivojlantirish yo‘l xaritasi taklif etilgan;
yashil infratuzilma, aqlli texnologiyalar, energiya tejovchi loyihalar va jamoat transporti tarmoqlarini turizm infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish orqali ekologik barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy integrasiyani ta’minlashga doir turistik kompleks tizimlashtirilgan va amaliy loyiha ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizm infratuzilmasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, turistik marshrut va markaz tushunchalari va ularning infratuzilmani rivojlantirishdagi roli hamda rivojlangan davlatlarda turistik infratuzilma va markazlarni loyihalashning oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Landshaft dizayni” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituting 2024-yil 5-dekabr 477-son buyryg‘i, 477-48 raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, oliy o‘quv yurt talabalarida takomillashtirilgan turizm infratuzilmasi tushunchasi bo‘yicha landshaft echimlarini loyixalash nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
“Turizm infratuzilmasi” tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy va turistik jihatlarni birlashtiruvchi tarmoqlararo yondashuv asosida takomillashtirilib, ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF–5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda turizm infratuzilmasini takomillashtirish sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-10-17-11530-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida turizm infratuzilmasining mazmuniy parametrlari aniqlanishiga va yangi tasnif ishlab chiqilishiga olib kelib, yo‘nalishning nazariy asoslarini mustahkamlagan;
Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda shaharsozlik-landshaft echimlarining sifatini baholash mezonlari metodikasi ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF–102-son Farmoni va PQ–269-son qarorida turistik infratuzilma loyihalari uchun yer maydonlarini ajratish tartibini soddalashtirish, xizmat ko‘rsatish standartlarini takomillashtirish, xorijiy investorlarni jalb etish hamda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-10-17-11530-sonli ma’lumotnomasi). Turizm infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholashda hamda daromadlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son “O‘zbekiston- 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-10-17-11530-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida yangi innovatsion xizmat turlarining joriy etilishi, turizm infratuzilmasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, milliy va zamonaviy talablar uyg‘unligini ta’minlovchi “yashil infratuzilma” shaharsozlik echimlarining amaliy modeli, turizm infratuzilmasiga oid davlat dasturlari va investisiya loyihalarining samaradorligini baholash hamda ularni samarali amalga oshirish maqsadida qiyosiy indikatorlar tizimi asosida turistlarning ehtiyojlariga moslashuvchanlikni kuchaytirib,mamlakatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirgan;
“Yashil infratuzilma” konsepsiyasi turizm ob’ektlari va shahar infratuzilmasini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejamkor qurilish texnologiyalari va ekologik toza transport bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, 2023 yil 27-iyunda qabul qilingan PQ–232-sonli qarorda hududlarda yangi turistik maskanlar barpo etish, mavjud ob’ektlarni modernizatsiya qilish va “yashil infratuzilma” tamoyillarini joriy etish belgilangan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ularning samaradorligi hamda xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ilmiy asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-10-17-11530-sonli ma’lumotnomasi);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ–5611-sonli qarori 1-ilovaga muvofiq, turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi doirasida 3-bob va turistik ehtiyoj va talablarni hisobga olgan holda mamlakatning barcha hududlarida infratuzilmani rivojlantirish, “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da turizm va shaharsozlikda “yashil infratuzilma” va innovasion-ergonomik landshaft echimlarini joriy qilish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. 2023-yil 27-iyundagi PQ–232-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlash vazifasi sifatida, hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi mehmonxona va servis ob’ektlarini barpo etish, transport va yo‘l kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish hamda “smart-shahar” texnologiyalarini joriy etish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida landshaft arxitekturasi va shaharsozlik echimlari turizm infratuzilmasi rivojlanishida muhim o‘rin egallayotgani o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-noyabrdagi 03-10-17-11530-sonli ma’lumotnomasi). 2023-yil 27-iyundagi PQ–232-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlash turizm va shaharsozlikda “yashil infratuzilma” va innovasion-ergonomik landshaft echimlarini joriy qilish maqsadida H959+737 M-39, Sirdaryo yo‘li, Jizzah viloyatiga tutash hudud uchun loyihalashtirilgan turistik bekat landshaft echimi" loyixalaytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 7 oktyabr 2025 yil, № DGU 55050).
Taqdim etilgan ushbu ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar O‘zbekistonning turistik infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga, xalqaro standartlarga mos keluvchi zamonaviy infratuzilmaviy yechimlar va xizmatlar tizimini kengaytirishga, shundan kelib chiqib mamlakatning turistik jozibadorligi hamda jahon maydonidagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.