Mavluda Erkin qizi Raxmanovaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRga xalqlarni majburiy ko‘chirish siyosati va oqibatlari (1935-1991-y.) ”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqami: B2025.2.PhD / Tar.1578.
Ilmiy rahbar: Qahramon Kenjaevich Rajabov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahbarxon Murtazaeva, tarix fanlari doktori, professor
Baxtiyor Rasulov, tarix fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1935 – 1991-yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRga xalqlarni majburiy ko‘chirish siyosati mohiyati va uning oqibatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston SSRga xalqlarning majburiy ko‘chirilishi siyosati ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda (1935-1940-yillar) sovet davlati chegaralari xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega sarhadlardan xalqlar (polyaklar, koreyslar, kurdlar, armanlar) etnik belgilariga ko‘ra ommaviy ko‘chirilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (1941-1949-yillar) dushman davlat bilan hamkorlik qilish, sovetlarga qarshi tadbirlarni uyushtirish kabi turli ayblar qo‘yilib “jazolangan xalqlar” (nemislar, qorachoylar, qalmiqlar, ingushlar, chechenlar, bolqorlar, qirim tatarlar, yunonlar, mesxeti turklar) ko‘chirilganligi dalillangan;
Ikkinchi jahon urushi davrida frontga va front orti ishlariga safarbar qilingan xalq vakillari (qirim tatarlari va mesxeti tuklari aholisi) sovet hukumati tomonidan dushman davlat bilan hamkorlik qilishda va sotqinlikda ayblangan hamda jazolanganlarning ishga yaroqli qismi frontda qolib, O‘zbekiston SSRga ko‘chirilganlar tarkibi asosan (82 foizi) ayollar va bolalardan iborat bo‘lganligi, ularning beshdan bir qismini mehnatga yaroqli erkaklar tashkil qilganligi aniqlangan;
O‘zbekiston SSR hukumati tomonidan sovet davlati rahbarlariga 1944-yilda ko‘chirilgan aholining iqtisodiy turmushini yo‘lga qo‘yish uchun davlat soliqlari (daromad va qishloq xo‘jaligi), yig‘imlari (qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat hisobiga undirish) va (sug‘urta va b.) to‘lovlarida imtiyozlar berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilganligi va sovet rahbarlari ko‘chirib keltirilgan xalqlar taqdiriga befarqligi sababli bu iltimosnomani jiddiy ko‘rib chiqilmaganligi hamda deportatsiya qilinganlar og‘ir vaziyatlarda milliy aholining moddiy ko‘magi orqali yashab qolganligi asoslangan;
Sovet hukumati deportatsiya qilingan xalqlarni O‘zbekiston SSRda tashkil qilingan 123 ta komendaturaga joylashtirishi natijasida ular belgilangan hududni (maxsus manzilgohni) tark etishi ta’qiqlanganligi, o‘z kasbi (mutaxassisligi va malakasi) bo‘yicha ishlay olmagani, boshqa viloyat yoki respublikaga o‘qishga yoki qarindoshlarini ko‘rishga borishida qo‘yilgan cheklovlar kabi ijtimoiy-siyosiy erkinliklardan (“maxsus ko‘chirilganlik” huquqiy holatiga asosan) mahrum etilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston SSRga xalqlarning majburiy ko‘chirilishi siyosati ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda (1935-1940-yillar) sovet davlati chegaralari xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega sarhadlardan xalqlar (polyaklar, koreyslar, kurdlar, armanlar) etnik belgilariga ko‘ra ommaviy ko‘chirilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (1941-1949-yillar) dushman davlat bilan hamkorlik qilish, sovetlarga qarshi tadbirlarni uyushtirish kabi turli ayblar qo‘yilib “jazolangan xalqlar” (nemislar, qorachoylar, qalmiqlar, ingushlar, chechenlar, bolqorlar, qirim tatarlar, yunonlar, mesxeti turklar) ko‘chirilganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK, “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 18-iyundagi 01-33/452-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijasining joriy etilishi O‘zbekistonga majburiy ko‘chirilgan aholi soni bo‘yicha manbalarga asoslangan yangi ma’lumotni ommalashtirishga xizmat qilgan; 
Sovet hukumati deportatsiya qilingan xalqlarni O‘zbekiston SSRda tashkil qilingan 123 ta komendaturaga joylashtirishi natijasida ular belgilangan hududni (maxsus manzilgohni) tark etishi ta’qiqlanganligi, o‘z kasbi (mutaxassisligi va malakasi) bo‘yicha ishlashida, boshqa viloyat yoki respublikaga o‘qishga yoki qarindoshlarini ko‘rishga borishida qo‘yilgan cheklovlar kabi ijtimoiy-siyosiy erkinliklardan (“maxsus ko‘chirilganlik” huquqiy holatiga asosan) mahrum etilganligi ma’lumotlaridan Tarix instituti tomonidan bajarilgan AL-210215420-raqamli “Jizzax va Forish tarixi” kitobini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 20-iyundagi 3/1255-1515-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar mavzuga oid kam o‘rganilgan ma’lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish