Alimova Shaxnoza Oktyamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishning mexanizmini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.17–Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2839
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishning mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududning sog‘lomlashtirish turizm salohiyatini baholashning sayohat davomiyligi, sayyohlar toifasi, xizmatlar xususiyatlari va diversifikatsiyalanganlik darajasi omillariga asoslanuvchi “Wellness-P” uslubiyoti taklif etilgan;
sog‘lomlashtirish turizmni rivojlantirishda Buxoro viloyatining tarkibiy hududlarida marketing faoliyatini kuchaytirish va ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikga asoslanuvchi “BWT-barqaror sog‘lomlashtirish turizm”ni tashkil etish maqbul variant sifatida asoslangan;
hududlarda turizm sohasini rivojlantirishda sog‘lomlashtirish obeklarining baholash chegaralari minimal qiymati (xmin=39 ball)ga va maksimal qiymati (xmax=86 ball)ga teng bo‘lgan diapazonlar eng maqbul variant sifatida asoslangan;
Buxoro viloyatining turizm sohasini rivojlantirishda sog‘lomlashtirish turizmdan tushgan tushum, sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanganlar soni, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar salohiyati kabi bir qator omillarini integral ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishning mexanizmlarini takomillashtirish jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
hududning sog‘lomlashtirish turizm salohiyatini baholashning sayohat davomiyligi, sayyohlar toifasi, xizmatlar xususiyatlari va diversifikatsiyalanganlik darajasi omillariga asoslanuvchi “Wellness-P” uslubiyoti taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 03-10-17-10642-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida sog‘lomlashtirish turizmining mazmuniy parametrlari aniqlanishiga va yangi tasnif ishlab chiqilishiga olib kelib, mazkur yo‘nalishning nazariy asoslarini mustahkamlagan.
sog‘lomlashtirish turizmni rivojlantirishda Buxoro viloyatining tarkibiy hududlarida marketing faoliyatini kuchaytirish va ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikga asoslanuvchi “BWT-barqaror sog‘lomlashtirish turizm”ni tashkil etish maqbul variant sifatida asoslash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 1-ilovasi 3-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 03-10-17-10642-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ularning samaradorligi hamda xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ilmiy asoslab berilgan.
hududlarda turizm sohasini rivojlantirishda sog‘lomlashtirish obeklarining baholash chegaralari minimal qiymati (xmin=39 ball)ga va maksimal qiymati (xmax=86 ball)ga teng bo‘lgan diapazonlar eng maqbul variant sifatida asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” (“Medical service hospitality”) dasturini amalga oshirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 03-10-17-10642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sog‘lomlashtirish obektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini shaffofligini, boshqaruv samaradorligini va sifatini oshirishni ta’minlagan.
Buxoro viloyatining turizm sohasini rivojlantirishda sog‘lomlashtirish turizmdan tushgan tushum, sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanganlar soni, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar salohiyati kabi bir qator omillarini integral ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 03-10-17-10642-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida yangi innovatsion xizmat turlarining joriy etilishi, turistlarning ehtiyojlariga moslashuvchanlikni kuchaytirib, mamlakatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirgan.