Vaxabov Asadulla Ubaydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlari faoliyatida raqamli marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.04.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kaxramonov Xurshidjon Shuxrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent engil sanoat va to‘qimachilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sub’ektlarida raqamli marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarida raqamli marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning bozor bilan o‘zaro aloqalarini raqamli kommunikasiya kanallari, konversiya jarayonlari va monetarizatsiya mexanizmlari orqali boshqarishga qaratilgan integrallashgan jarayonlar majmuasi sifatida qarash orqali takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarida internet-marketing texnologiyalarini joriy etish jarayonlarini uyg‘unligini ta’minlovchi SADT metodologiyasiga asoslangan tuzilmaviy-funksional modeli raqamli marketing yordamida axborot oqimini shakllantirish va uzilishlarini aniqlash, internet-marketing va konversion texnologiyalar samaradorligini baholash orqali takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida kichik biznes xizmatlarini ilgari surish jarayonlarida konversion oqimlar, maqsadli segmentlash, raqamli analitika va kanallararo integratsiyani uyg‘unlashtiruvchi kompleks strategik mexanizm raqamli marketing vositalaridan foydalanuvchilar xatti-harakatlari, talab davomiyligi va faolligiga ko‘ra tovarlar taklifini shakllantirish, sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shimcha bepul hizmatlarni taklif etish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistondagi kichik biznes sub’ektlarining chakana savdo aylanmasi, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari (xizmatlari), band bo‘lganlar soni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va mahsulot (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmi asosida 2030-yilga qadar kichik biznes sub’ektlari yalpi qo‘shilgan qiymati hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatida raqamli marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlarida raqamli marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning bozor bilan o‘zaro aloqalarini raqamli kommunikatsiya kanallari, konversiya jarayonlari va monetarizatsiya mexanizmlari orqali boshqarishga qaratilgan integrallashgan jarayonlar majmuasi sifatida qarash orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Strategik marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda integrallashgan jarayonlar majmuasi sifatida qarash orqali takomillashtirilgan “kichik biznes subektlarida raqamli marketing faoliyati” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlarida internet-marketing texnologiyalarini joriy etish jarayonlarini uyg‘unligini ta’minlovchi SADT metodologiyasiga asoslangan tuzilmaviy-funksional modelini raqamli marketing yordamida axborot oqimini shakllantirish va uzilishlarini aniqlash, internet-marketing va konversion texnologiyalar samaradorligini baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (“Gold quality invest” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 9/5-sonli, “Fibra kabel” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 8/12-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Gold quality invest” va “Fibra kabel” MChJ larning faoliyatida yangi iste’molchilarni jalb etishga sarflanayotgan harajatlarni 2,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida kichik biznes xizmatlarini ilgari surish jarayonlarida konversion oqimlar, maqsadli segmentlash, raqamli analitika va kanallararo integratsiyani uyg‘unlashtiruvchi kompleks strategik mexanizm raqamli marketing vositalaridan foydalanuvchilar xatti-harakatlari, talab davomiyligi va faolligiga ko‘ra tovarlar taklifini shakllantirish, sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shimcha bepul hizmatlarni taklif etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (“Gold quality invest” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 9/5-sonli, “Fibra kabel” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 8/12-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Gold quality invest” va “Fibra kabel” MChJ larning mijozlar tarkibidagi onlayn savdo maydonlaridan foydalanish samaradorligi 3,7 foizga oshgan;
kichik biznes subektlarining chakana savdo aylanmasi, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari (xizmatlari), band bo‘lganlar soni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va mahsulot (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmi asosida 2030-yilgacha ishlab chiqilgan kichik biznes subektlarining yalpi qo‘shilgan qiymati hajmining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (“Gold quality invest” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 9/5-sonli, “Fibra kabel” MChJning 2025-yil 16-dekabrdagi 8/12-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subektlarining 2030-yilgacha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ssenariyli modellashtirish imkoni yaratilgan.