Iminov Maxmudjon Azimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtosanoat tarmog‘i korxonalarida moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish yo‘llari (“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt3688
Ilmiy rahbar: Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar:Mo‘minova Ma’suda Baxtiyorovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xujamurodov Askar Jalolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan avtosanoat tarkibidagi korxonalarda moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «avtosanoat tarmog‘i korxonalarida moliyaviy menejment» tushunchasining iqtisodiy mazmuni qo‘shilgan qiymat hamda rentabellik darajasini oshirish yo‘li bilan korxonaning bozor qiymati va raqobatbardoshligini uzoq muddatli strategik maqsadlar asosida maksimallashtirishga qaratilgan tashkiliy-moliyaviy dastaklar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
avtosanoat korxonalarida moliyaviy boshqaruv tizimini tashkil etishning funksional elementlari xarajatlarni optimallashtirish (XO = 0,23), daromadlarni maksimallashtirish (DM = 0,35), moliyaviy holatni aniq baholash (MHB = 0,28), qimmatli aktivlar va resurslarni tartibga solish (S = 0,14) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta'minlash orqali takomillashtirilgan;
avtosanoat tarmog‘i korxonalarida moliyaviy natijalar (0,12 ≤ MN ≤ 0,21) va rentabellikni boshqarish (0,24 ≤ RB ≤ 0,28), pul oqimlarini samarali boshqarish (0,15 ≤ MN ≤ 0,18) ning chegaraviy qiymatlarini ta'minlash orqali korxonalarning bozordagi qiymatini oshirish taklifi asoslangan; 
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish asosida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan daromad va pul oqimi hamda korxonaning kapital tuzilmasi va qayta investisiyalash ulushining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtosanoat korxonalari faoliyatinida moliyaviy menejmentini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «avtosanoat tarmog‘i korxonalarida moliyaviy menejment» tushunchasining iqtisodiy mazmuni qo‘shilgan qiymat hamda rentabellik darajasini oshirish yo‘li bilan korxonaning bozor qiymati va raqobatbardoshligini uzoq muddatli strategik maqsadlar asosida maksimallashtirishga qaratilgan tashkiliy-moliyaviy dastaklar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” Aksionerlik Jamiyatining 2025-yil 18-dekabrdagi №04-01-1101-sonli ma’lumotnomasi);
avtosanoat korxonalarida moliyaviy boshqaruv tizimini tashkil etishning funksional elementlari xarajatlarni optimallashtirish (XO = 0,23), daromadlarni maksimallashtirish (DM = 0,35), moliyaviy holatni aniq baholash (MHB = 0,28), qimmatli aktivlar va resurslarni tartibga solish (S = 0,14) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi (“UzAuto Motors Powertrain” Aksionerlik Jamiyatining 2025-yil 18-dekabrdagi №04-01-1101-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etishi natijasida “UzAuto Motors Powertrain” AJ faoliyatiga investisiyalarni jalb etishda moliyaviy menejment tizimini qo‘llash imkoni yaratilgan;
avtosanoat tarmog‘i korxonalarida moliyaviy natijalar (0,12 ≤ MN ≤ 0,21) va rentabellikni boshqarish (0,24 ≤ RB ≤ 0,28), pul oqimlarini samarali boshqarish (0,15 ≤ MN ≤ 0,18) ning chegaraviy qiymatlarini ta’minlash orqali korxonalarning bozordagi qiymatini oshirish taklifi “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtosanoat korxonalari investision faoliyatini faollashtirish asosida avtosanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” Aksionerlik Jamiyatining 2025-yil 18-dekabrdagi №04-01-1101-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “UzAuto Motors Powertrain” AJ investision va moliyaviy faoliyatlarini jadallashtirish, horijiy investision mablag‘larini jalyu etish asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda avtosanoat korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish imkoni yaratilgan;
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan daromad va pul oqimi hamda korxonaning kapital tuzilmasi va qayta investisiyalash ulushining prognoz ko‘rsatkichlari “Jizzax avtomobil zavodi” AJ faoliyatini moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish orqali istiqbolli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash ko‘rsatkichlarini taqdim etishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” Aksionerlik Jamiyatining 2025-yil 18-dekabrdagi №04-01-1101-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etishi natijasida “UzAuto Motors Powertrain” AJning moliyaviy istiqbolligini ta’minlashdagi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish