Toshpo‘latov Bekmirza Xolmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitiligo kasalligini xalq tabobati usuli bilan davolash va profilaktikasi”, 14.00.41 – Xalq tabobati, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5694.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Paqirdinov Adxamjon Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti,DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Qayumov Xolmurod Nayimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Ayrim dorivor o‘simliklar asosida vitiligo kasalligini davolash va profilaktikasi uchun tabiiy surtma-malham ishlab chiqish va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida turli massa nisbatdagi dalachoy (Hypericum L.) guli va sarimsoq piyoz (Allium satium L.) ildiz mevasi aralashmalarining antioksidant faolligini spektrofotometrik usulda aniqlash natijasida eng yuqori antioksidant faollikni namoyon qilgan aralashma asosida tabiiy kompozision surtma-malham ishlab chiqilib, xalq tabobati usullariga ketma-ket qo‘llash asosida uyg‘unlashtirilgan;
ilk bor, “As-DF” nomli tabiiy kompozision surtma-malham tarkibidagi vitiligo kasalligini keltirib chiqaruvchi epiteliy qavatidagi pigmentlar hosil bo‘lish metabolizmini faollashtirib, anormal hujayralar ko‘payishini ingibirlash evaziga vitiligoni davolovchi hamda oldini oluvchi tabiiy fitokomponentlar: suvda eruvchan vitaminlar va fenol birikmalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlangan;
“As-DF” surtma-malham tarkibidagi teri yuzasiga ta’sir qilib, epiteliy qatlami hujayralarini yangilanishini tezlashtirish evaziga regeneratsiyani tezlashtiruvchi va ushbu hujayralarni tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirib vitiligoni oldini oluvchi makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya metodida isbotlangan;
“As-DF” kosmetologik surtmasi teri hujayralari yangilanishida metabolitlar va pigmentlar hosil bo‘lish jarayonidagi biosintezni zararli radikallarni ingibirlab normallashtirish, oksidantlarni o‘ziga bog‘lash hisobiga nofaollashtirish evaziga vitiligo kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega ekanligi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan usullar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim teri kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy kosmetologik surtma ishlab chiqish, hamda mazkur kasalliklar profilaktikasi usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: in vitro sharoitida turli massa nisbatdagi dalachoy (Hypericum L.) guli va sarimsoq piyoz (Allium satium L.) ildizmevasi aralashmalarining antioksidant faolligini spektrofotometrik usulda aniqlash natijasida eng yuqori antioksidant faollikni namoyon qilgan aralashma asosida ishlab chiqilgan tabiiy kompozision surtma-malham uchun resept va tashkilot standarti (TY 558372472-01:2024) ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 09 oktyabrdagi sanitariya-epidemiologik xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo kasalliklarini tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi zararli toksinlar miqdori sintetik vositalarga nisbatan 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “As-DF” nomli tabiiy kompozision surtma-malham yordamida xalq tabobati usullari bilan uyg‘unlashgan holda vitiligo kasalligiga chalingan bemorlarni bir oy davomida davolashda amalda qo‘llanilayotgan sintetik dori vositalariga nisbatan bir nafar bemor uchun 635412 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, “As-DF” nomli tabiiy kompozitsion surtma-malham tarkibidagi vitiligo kasalligini keltirib chiqaruvchi epiteliy qavatidagi pigmentlar hosil bo‘lish metabolizmini faollashtirib, anormal hujayralar ko‘payishini ingibirlash evaziga vitiligoni davolovchi hamda oldini oluvchi tabiiy fitokomponentlar: suvda eruvchan vitaminlar va fenol birikmalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlashga oid takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan TY 558372472-01:2024 sonli texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasining TY 558372472-01:2024 sonli texnologik yo‘riqnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo kasalliklarini tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi zararli toksinlar miqdori sintetik vositalarga nisbatan 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “As-DF” nomli tabiiy kompozision surtma-malham yordamida xalq tabobati usullari bilan uyg‘unlashgan holda vitiligo kasalligiga chalingan bemorlarni bir oy davomida davolashda amalda qo‘llanilayotgan sintetik dori vositalariga nisbatan bir nafar bemor uchun 635412 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: “As-DF” surtma-malham tarkibidagi teri yuzasiga ta’sir qilib, epiteliy qatlami hujayralarini yangilanishini tezlashtirish evaziga regeneratsiyani tezlashtiruvchi va ushbu hujayralarni tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirib vitiligoni oldini oluvchi makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya metodida isbotlangan natijalar asosida ushbu vositani qo‘llash resepti va tashkilot standarti (TY 558372472-01:2024) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 09 oktyabrdagi sanitariya-epidemiologik xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo kasalliklarini tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi zararli toksinlar miqdori sintetik vositalarga nisbatan 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “As-DF” nomli tabiiy kompozision surtma-malham yordamida xalq tabobati usullari bilan uyg‘unlashgan holda vitiligo kasalligiga chalingan bemorlarni bir oy davomida davolashda amalda qo‘llanilayotgan sintetik dori vositalariga nisbatan bir nafar bemor uchun 635412 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: “As-DF” kosmetologik surtmasi teri hujayralari yangilanishida metabolitlar va pigmentlar hosil bo‘lish jarayonidagi biosintezni zararli radikallarni ingibirlab normallashtirish, oksidantlarni o‘ziga bog‘lash hisobiga nofaollashtirish evaziga vitiligo kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega ekanligi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan usullar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 09 oktyabrdagi sanitariya-epidemiologik xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo kasalliklarini tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi zararli toksinlar miqdori sintetik vositalarga nisbatan 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “As-DF” nomli tabiiy kompozision surtma-malham yordamida xalq tabobati usullari bilan uyg‘unlashgan holda vitiligo kasalligiga chalingan bemorlarni bir oy davomida davolashda amalda qo‘llanilayotgan sintetik dori vositalariga nisbatan bir nafar bemor uchun 635412 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan.