Djuraev Farrux Mirjalolovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sut bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarni maxsus davolashdan keyingi reabilitatsiyasini takomillashtirish”, 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B B2025.2.DSc/Tib1324.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kaxxarov Alisher Djamaliddinovich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Ravshanbek Babadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi ragi bilan kasallangan ayollarda maxsus davolashning (jarrohlik, ximioterapiya, nur terapiyasi) turli bosqichlarida amalga oshiriladigan tibbiy reabilitatsiya usullarining samaradorligini aniqlash va kliniko-laborator va psixoemotsional ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirish orqali bemorlarning hayotiy sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sut bezi rakining epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlar birgalikda tahlil qilinib, ushbu kasallikni kompleks nazorat qilishning tamoyillari ishlab chiqilgan;
sut bezi raki bilan kasallangan ayollar oqimini shakillantirishning yosh, kasallik bosqichi va xavflilik darajasiga qarab o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi hamda mavjud kasallik registrlari bilan taqqoslash natijada kasallikni individual davolash modeli ishlab chiqilgan;
maxsus davolashdan keyingi davrda qo‘llaniladigan reabilitatsiya usullarining samaradorligi klinik, laborator (kortizol, IL 6, TNF α) va hayot sifatini baholash shkalasi (VAS shkalasi, HADS shkalasi, SF-36) ko‘rsatkichlar asosida tahlil natijalari asosida takomillashtirilgan;
tibbiy reabilitatsiya qo‘llanilishi natijasida kasallikning qaytalanishi va asoratlar rivojlanish ehtimoli kamayishi natijasida bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi asoslangan;
sut bezi raki bilan kasallangan ayollar uchun klinik, laborator va psixoemotsional holatni hisobga olgan holda individual reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2024 yil 13 noyabrdagi 08/56 – sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sut bezi rakining epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlar birgalikda tahlil qilinib, ushbu kasallikni kompleks nazorat qilishning tamoyillari ishlab chiqilgan. “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish usullari”, “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning muolajalardan keyingi reabilitatsiyasining zamonaviy usullari” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (25 iyun 2025 yil 9-son bayonnoma), Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali 2025 yil 02 iyuldagi 30 t sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga 2025 yil 03 avgustdagi 30 i/t sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: sog‘liqni saqlash tizimidagi tashxis va davolash jarayonlarini takomillashtirish orqali aholining salomatligini saqlash, sut bezi rakidan erta o‘limni kamaytirish, ishchi kuchi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu natija onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda muxim ahamiyatga ega; iqtisodiy samaradorligi: shundaki, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtiradi, aholi salomatligi va mehnat qobiliyatini qayta tiklashda ko‘maklashadi, nogironlik va ijtimoiy to‘lovlar miqdorini kamaytiradi. Shu bilan birgalikda sut bezi rakini samarali reabilitatsiya tadbirlari iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga va aholi farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa qo‘shadi. Hulosa: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish orqali kasallikning tarqalish qonuniyatlari chuqurroq ochib berildi. Ushbu yondashuv ilk bor kasallikni kompleks reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sut bezi raki bilan kasallangan ayollar oqimini shakillantirishning yosh, kasallik bosqichi va xavflilik darajasiga qarab o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi hamda mavjud kasallik registrlari bilan taqqoslash natijada kasallikni individual davolash modeli ishlab chiqilgan. “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish usullari”, “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning muolajalardan keyingi reabilitatsiyasining zamonaviy usullari” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (25 iyun 2025 yil 9-son bayonnoma), Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali 2025 yil 02 iyuldagi 30 t sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga 2025 yil 03 avgustdagi 30 i/t sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: mahalliy populyasiya xususiyatlari hisobga olingan holda individual davolash va reabilitatsiya choralari belgilanishi, aholining real ehtiyojlariga javob beradi. Kasallikning bosqichi va xavflilik darajasiga qarab farqlangan yondashuv bemorlarning samarali davolanishi va ijtimoiy hayotga tezroq qaytishini ta’minlaydi; iqtisodiy samaradorligi: Reabilitatsiyaga individual yondashuvga asoslangan ushbu ilmiy yangilik sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini tejash, ishchi kuchini saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy yukni kamaytirish orqali mamlakat iqtisodiyoti barqarorligiga xizmat qiladi. Hulosa: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish orqali kasallikning tarqalish qonuniyatlari chuqurroq ochib berildi. Ushbu yondashuv ilk bor kasallikni kompleks reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: maxsus davolashdan keyingi davrda qo‘llaniladigan reabilitatsiya usullarining samaradorligi klinik, laborator (kortizol, IL 6, TNF α) va hayot sifatini baholash shkalasi (VAS shkalasi, HADS shkalasi, SF-36) ko‘rsatkichlar asosida tahlil natijalari asosida takomillashtirilgan. “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish usullari”, “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning muolajalardan keyingi reabilitatsiyasining zamonaviy usullari” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (25 iyun 2025 yil 9-son bayonnoma), Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali 2025 yil 02 iyuldagi 30 t sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga 2025 yil 03 avgustdagi 30 i/t sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda asoratlarni kamaytiradi, og‘riq, xavotir va depressiyani pasaytiradi, jismoniy va ijtimoiy faollikni qayta tiklaydi. Shu bilan birga, bemorlarning hayot sifatini oshirish, oilaviy va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytish imkoniyatini yaratish orqali jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, sog‘lom muhit shakllanishiga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya tadbirlarini samarali tashkil etilishi bemorlarning mehnat qobiliyatini qayta tiklash va sog‘lom hayotga qaytishiga yordam berib, iqtisodiyotda ishchi kuchini yo‘qotishdan himoya qiladi. Erta nogironlik va ijtimoiy nafaqalarga bo‘lgan talab kamayishi esa davlat byudjeti uchun moddiy yukni kamaytiradi. Hulosa: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish orqali kasallikning tarqalish qonuniyatlari chuqurroq ochib berildi. Ushbu yondashuv ilk bor kasallikni kompleks reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy reabilitatsiya qo‘llanilishi natijasida kasallikning qaytalanishi va asoratlar rivojlanish ehtimoli kamayishi natijasida bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi asoslangan. “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish usullari”, “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning muolajalardan keyingi reabilitatsiyasining zamonaviy usullari” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (25 iyun 2025 yil 9-son bayonnoma), Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali 2025 yil 02 iyuldagi 30 t sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga 2025 yil 03 avgustdagi 30 i/t sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuv aholi salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom va faol ayollar ulushini ko‘paytirish, oilaviy barqarorlikni mustahkamlash va umumiy turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: Uzoq muddatli samarali reabilitatsiya bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlash va ish faoliyatiga qaytishiga xizmat qiladi. Bu iqtisodiyot uchun ishchi kuchi yo‘qotilishini kamaytiradi hamda oilalarning daromad manbalaridagi uzulishni kamaytiradi. Hulosa: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish orqali kasallikning tarqalish qonuniyatlari chuqurroq ochib berildi. Ushbu yondashuv ilk bor kasallikni kompleks reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: sut bezi raki bilan kasallangan ayollar uchun klinik, laborator va psixoemotsional holatni hisobga olgan holda individual reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan. “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish usullari”, “Sut bezi raki bilan og‘rigan bemorlarning muolajalardan keyingi reabilitatsiyasining zamonaviy usullari” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar SamDTU Ilmiy kengashida tasdiqlangan (25 iyun 2025 yil 9-son bayonnoma), Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali 2025 yil 02 iyuldagi 30 t sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga 2025 yil 03 avgustdagi 30 i/t sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan; ijtimoiy samaradorligi: klinik, laborator va psixoemotsional ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari amaliy jihatdan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishda samaralidir; iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha jarrohlik amaliyoti, ximioterapiya va nur terapiyalar kabi baland tannarxli davolash usullariga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada qisqaradi. Hulosa: Sut bezi raki bilan og‘rigan ayollarda epidemiologik, klinik va statistik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish orqali kasallikning tarqalish qonuniyatlari chuqurroq ochib berildi. Ushbu yondashuv ilk bor kasallikni kompleks reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi.