Kenjaeva Zahro Suyunovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida gomogen va geterogen imkoniyat, uning zamon kategoriyasiga munosabati” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.3. (PhD)/Fil.6434
Ilmiy rahbar:Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich; filologiya fanlari doktori, dotsent Ibragimov Javlon Yormatovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida mavjud lisoniy birliklarning gomogenlik va geterogenlik xususiyatlarini funksional pragmatik va semantik-uslubiy xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gen fenomenining formal-semantik xususiyatlari tabiiy fanlardagidek, ijtimoiy-filologik fanlardagi o‘rni lisoniy sathlar doirasida tavsiflanib, gomogenlik va geterogenlik tushunchalaridagi integratsiyalanishi hamda differensiatsiyalanishi ochib berilgan;
zamon kategoriyasining kognitiv-pragmatik imkoniyatlari uning faqat morfologik sathning birligi darajasi bilan chegeralanmay, leksik, semantik sathlar doirasida yuzaga chiqib, geterogen qiymatga moliklik kasb etishi dalillangan;
o‘zbek tili fonetikasi faqat tovushlar tizimidan iborat bo‘lmay, leksik, morfologik, sintaktik sathlar doirasida tarmoqlanish imkoniyatlarini yuzaga keltira oladigan lisoniy birlik bo‘la olish imkoniyatlari mavjudligi dalillangan;
o‘zbek tili birliklari sathlarning nutqiy vaziyatda kognitiv assotsiatsiyalanish imkoniyatlari, ularning turdosh lisoniy vositalardan uslubiy, leksik jihatdan farqlari aniqlanib, lisoniy birliklarning geterogenlik imkoniyatlari bir sath doirasida hamda sathlararo tarmoqlana olish jihatlari talqin etilib, ularning antroposentrik imkoniyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili lisoniy birliklarining pragmatik va kognitiv tamoyillarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gen fenomenining formal-semantik xususiyatlari tabiiy fanlardagidek, ijtimoiy-filologik fanlardagi o‘rni lisoniy sathlar doirasida tavsiflanib, gomogenlik va geterogenlik tushunchalaridagi integratsiyalanishi hamda differensiatsiyalanishi ochib berilganiga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ 201908172–“O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 26-martdagi 01/4-1105-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklari, vositalarning uslubiy, leksik jihatdan farqli jihatlari, o‘zbek tilidagi zamon kategoriyasining gomogen va geterogen aspekti ochib berish imkonini bergan;
zamon kategoriyasining kognitiv-pragmatik imkoniyatlari uning faqat morfologik sathning birligi darajasi bilan chegeralanmay, leksik, semantik sathlar doirasida yuzaga chiqib, geterogen qiymatga moliklik kasb etishi dalillanganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022–2024-yillarda bajarilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 7-apreldagi №01/4-1286-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda mazkur ilmiy tadqiqot ishining ilmiy xulosalari loyihaning materiallarini takomillashtirish va boyitish imkonini bergan;
o‘zbek tili fonetikasi faqat tovushlar tizimidan iborat bo‘lmay, leksik, morfologik, sintaktik sathlar doirasida tarmoqlanish imkoniyatlarini yuzaga keltira oladigan lisoniy birlik bo‘la olish imkoniyatlari mavjudligi dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 9-apreldagi A-05/65-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish ilmiy dalillar bilan boyitilib, tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirish imkonini bergan.