Usmonova Xurshida Aybekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirish (pedagogika yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9480. 
Ilmiy rahbar: Sobirova Dilafruz Abdulxay qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Yo‘lbarsova Xurshida Abdullajonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasi metodik tizimining didaktik imkoniyatlari obektivlikning individual va real ehtiyojlariga adaptiv moslashtirish, o‘qituvchining ishonch konturi va axloqiy nazoratini “o‘qituvchi+SI+talaba” o‘zaro hamkorlik dinamikasini doimiy refleksiya sharoitida shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv yuklamalarni pedagogik baholash asosida aniqlashtirilgan; 
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasini amalga oshirishning didaktik modeli jarayonli-operatsion komponentiga raqamli kompetensiyalarining texnologik va funksional asoslarini kengaytirishda metodik tizim pragmatikligini mustaqil kognitiv tizimlar majmuasi va avtonom faoliyat yurituvchi kognitiv texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasi metodikasi raqamli differensial ta’limda “Intellektual-pedagogik integratsiya” moduli o‘qitishda tanqidiy va abstrakt tafakkurini rivojlantirishning Perplexity AI dasturidan foydalanishni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirish samaradorligi shaxsiylashtirilgan o‘qitishning metodik ta’minotini joriy etishda https://ai-mentor.uz/site/index veb sayti ta’limning fundamentalizatsiyasini ta’minlashga olib kelganligi tufayli ijodiy tafakkurni rivojlantirishning falsafiy-metodologik mazmuni uch bosqichli diagnostikalash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasi metodik tizimining didaktik imkoniyatlari obektivlikning individual va real ehtiyojlariga adaptiv moslashtirish, o‘qituvchining ishonch konturi va axloqiy nazoratini “o‘qituvchi+SI+talaba” o‘zaro hamkorlik dinamikasini doimiy refleksiya sharoitida shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv yuklamalarni pedagogik baholash asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 2 oktyabrdagi 22-01-723/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining sun’iy intellektning pedagogik nuqtayi nazaridan didaktik imkoniyatlari, mazmuni va ahamiyatiga doir ilmiy bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasini amalga oshirishning didaktik modeli jarayonli-operatsion komponentiga raqamli kompetensiyalarining texnologik va funksional asoslarini kengaytirishda metodik tizim pragmatikligini mustaqil kognitiv tizimlar majmuasi va avtonom faoliyat yurituvchi kognitiv texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar 2023-2025 yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihaning nazariy metodologik bosqichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 2 oktyabrdagi 22-01-723/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning innovatsion yondashuvlarini tadbiq etish jarayoni intensivlashishiga erishilgan;
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasi metodikasi raqamli differensial ta’limda “Intellektual-pedagogik integratsiya” moduli o‘qitishda tanqidiy va abstrakt tafakkurini rivojlantirishning Perplexity AI dasturidan foydalanishni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 2 oktyabrdagi 22-01-723/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning “Pedagogik texnologiya” fanini o‘qitishda sun’iy intellekt mazmunini korrelyasiya qilish, talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga doir didaktik bilimlarini tarkib topishiga erishilgan;
pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirish samaradorligi shaxsiylashtirilgan o‘qitishning metodik ta’minotini joriy etishda https://ai-mentor.uz/site/index veb sayti ta’limning fundamentalizatsiyasini ta’minlashga olib kelganligi tufayli ijodiy tafakkurni rivojlantirishning falsafiy-metodologik mazmuni uch bosqichli diagnostikalash asosida oshirilgan natijalardan 2023-2025 yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihaning nazariy metodologik bosqichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 2 oktyabrdagi 22-01-723/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tashkiliy-metodik jihatdan intellektual qobiliyatini hamda raqamli vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi ortgan.
.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish