Jo‘raeva Nargiza Jamolidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.DSc/Ped960.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston  milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston  milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Ismanova Arofat Abdulxamidovna, pedagogika fanlari doktori, professor;    
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari kasbiy-motivatsion refleksiya va emotsional barqarorlikni  individual yo‘nalishlarni loyihalashga pedagogik integratsiyalash, ichki va tashqi omillarni pedagogik (modifikatsion, adaptiv, diversifikatsion, imitatsion, kognitiv) vositalar bilan o‘zoro uyg‘unligini integrativ ta’limning vitagenik xususiyatlari bilan bog‘liqlik korreksiyalash asosida  aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari  ta’lim jarayonini kuratsiya (maqsadli, tizimli, uzluksiz boshqarish va qo‘llab quvvatlash) faoliyatini rejalashtirish,  fanlararo ochiqlikka asoslangan muhitni pedagogik hamkorlikka muvofiqlashtirishning metodik funksiyalarini tavsiflash pedagogik refleksiya orqali erishish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorlash jarayonining funksional modeli mazmunli-jarayonli komponentlariga  tizimli (“ma’ruza – mustaqil ta’lim – amaliy mashg‘ulot”), faoliyatli (“amaliy mashg‘ulot – pedagogik amaliyot - pedagogik refleksiya”), innovatsion (“integrativ metodik bilim – muammolar – tadqiqot – Echim”) modellarini koordinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni fanlararo integratsiyaviy mazmunni o‘qitishda “Izohli tasviriy o‘qitish”, differensial, loyihaviy  ta’lim  texnologiyalarini qo‘llash, refleksiv va integrativ-metodik muhitning kognitiv, metodik va tadqiqiy mezonlarini to‘g‘ri tanlashni tartibli regulyasiyalashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi fanlararo integrativ bilimlarni tizimli va onli o‘zlashtirishda integrativ fikrlash va metodik qaror qabul qilish faoliyatining rivojlanishiga olib kelganligi tufayli amaliyotga yo‘naltirilgan va refleksiv vositalarning o‘zaro uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish asosida olingan natijalar:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari kasbiy-motivatsion refleksiya va emotsional barqarorlikni  individual yo‘nalishlarni loyihalashga pedagogik integratsiyalash, ichki va tashqi omillarni pedagogik (modifikatsion, adaptiv, diversifikatsion, imitatsion, kognitiv) vositalar bilan o‘zoro uyg‘unligini integrativ ta’limning vitagenik xususiyatlari bilan bog‘liqlik korreksiyalash asosida  aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-320U-433 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlarini ochib berishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari  ta’lim jarayonini kuratsiya (maqsadli, tizimli, uzluksiz boshqarish va qo‘llab quvvatlash) faoliyatini rejalashtirish,  fanlararo ochiqlikka asoslangan muhitni pedagogik hamkorlikka muvofiqlashtirishning metodik funksiyalarini tavsiflash pedagogik refleksiya orqali erishish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-320U-433 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning didaktik mazmunini ko‘rsatib berishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorlash jarayonining funksional modeli mazmunli-jarayonli komponentlariga  tizimli (“ma’ruza – mustaqil ta’lim – amaliy mashg‘ulot”), faoliyatli (“amaliy mashg‘ulot – pedagogik amaliyot - pedagogik refleksiya”), innovatsion (“integrativ metodik bilim – muammolar – tadqiqot – Echim”) modellarini koordinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-320U-433 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni boshlang‘ich ta’limni integrativ o‘qitishga metodik tayyorlash jarayonining funksional modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni fanlararo integratsiyaviy mazmunni o‘qitishda “Izohli tasviriy o‘qitish”, differensial, loyihaviy  ta’lim  texnologiyalarini qo‘llash, refleksiv va integrativ-metodik muhitning kognitiv, metodik va tadqiqiy mezonlarini to‘g‘ri tanlashni tartibli regulyasiyalashga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-320U-433 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga nazariy, amaliy va tadqiqiy tayyorgarligini amalga oshirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi fanlararo integrativ bilimlarni tizimli va ongli o‘zlashtirishda integrativ fikrlash va metodik qaror qabul qilish faoliyatining rivojlanishiga olib kelganligi tufayli amaliyotga yo‘naltirilgan va refleksiv vositalarning o‘zaro uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida oshirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-320U-433 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni integrativ ta’limga metodik tayyorgarligini amalga oshirish jarayonining samaradorligi ko‘rsatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish