Azizova Dilnora Gaynutdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasi 13.00.03 - Maxsus pedagogika (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Pulatova Parida Muxitdinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Xamidova Muborak Ubaydullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ta’lim mazmunining moslashuvchanligini individuallashtirish, korreksion amaliyotni emotsional muhit bilan bir bitunlikda uyg‘unlashtirishni diagnostik baholash asosida takomillashtirilgan;
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasining shakllanganlik darajasi kognitiv, amaliy-faoliyatli va kommunikativ mezonlarning pedagogik ko‘rsatkichlarini aniqlashda kuzatish, amaliy ish va psixologik diagnostika yordamida takomillashtirilgan;
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasi shakllantirish modeli fanlararo integratsiyani korreksion rivojlantirishga yo‘naltirishda individual-differensiallashgan, faollik va onglilik, optimizm tamoyillariga ustivorligini ta’minlashgan asoslangan metodik tizimni bosqichma-bosqich emotsional regulyasiyalash asosida takomillashtirilgan;
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasi shakllantirish texnologiyasi “Hamkorlikda harakatlar” , “Shaxsiy faollikni baholash”, “Taqqoslash”, “Loyihalash” metodlari ekskursiyaviy, korreksion mashg‘ulotlari orqali inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yordam beruvchi refleksiv baholash va interaktiv-qaytar aloqani o‘zaro transformatsiyalashuvi asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ta’lim muhitining ta’limiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-madaniy, moslashuvchan funksiyalarini korreksion ta’lim amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilga oid takliflari “Xususiy metodikalar(tabiiy fanlarni o‘qitish maxsus metodikasi)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan(TDPU ning 2024 yil 6 sentyabrdagi 333 -sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2024/333-339 raqamli narsh ruxsatnomasi). Natijada, Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasining kognitiv komponenti, faoliyatli komponenti, motivatsion komponentlarini shakllanganlik darajasi pedagogik ko‘rsatkichlar asosida diagnostik va majmuaviy yondashuvlar orqali takomillashtirishga oid tavsiyalari oid takliflari “Xususiy metodikalar(tabiiy fanlarni o‘qitish maxsus metodikasi)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan(TDPU ning 2024 yil 6 sentyabrdagi 333 -sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2024/333-339 raqamli narsh ruxsatnomasi). .Natijada pedagogik ko‘rsatkichlar asosida diagnostik va majmuaviy yondashuvlar orqali Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasining kognitiv komponenti, faoliyatli komponenti, motivatsion komponentlarini shakllantirilgan;
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasi shakllantirish modeli faoliyat va shaxsga yo‘nalgan, individual-differensial yondashuvlar, hamda faollik va onglilik, ta’limning korreksion va rivojlantirishga yo‘nalganligi, tanlovni amalga oshirish, pedagogik optimizm tamoyillarining uzviy bog‘liqligini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan oid takliflari “Xususiy metodikalar(tabiiy fanlarni o‘qitish maxsus metodikasi)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan(TDPU ning 2024 yil 6 sentyabrdagi 333 -sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2024/333-339 raqamli narsh ruxsatnomasi). Natijada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning amaliy faoliyatini samarali tashkil etish, faoliyat va shaxsga yo‘nalgan, individual-differensial yondashuvlarni maqsadli amalga oshirishning didaktik imkoniyatlari yaratilgan.
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasi shakllantirish texnologiyasi dars, ekskursiyalar, tarbiyaviy va korreksion mashg‘ulotlar, loyihaviy faoliyat, fakultativlarning rivojlantiruvchi motivatsion imkoniyatlari refleksiv qayta aloqa yondashuvi tahlilga asoslangan metodlarning o‘zaro transformatsiyalashuvi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan oid takliflari“Xususiy metodikalar(tabiiy fanlarni o‘qitish maxsus metodikasi)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan(TDPU ning 2024 yil 6 sentyabrdagi 333 -sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2024/333-339 raqamli narsh ruxsatnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyasi shakllantirishning kompleks usullarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga erishilgan.