Raxmonova Nilufar Zakirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Xamidova Muborak Ubaydullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommumikativ ko‘nikmalarini shakllantirish texnologilarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari eshituv-nutqiy reabilitatsiya va kommunikativ faoliyatini individual ta’lim traektoriyalarda ota-onalarining pedagogik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar majmuasini maqsadli integratsiyalash asosida aniqlangan;
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish modeli eshituv-nutqiy idrokni rivojlantirish va muloqotning interaktiv, perseptiv komponentlarini identifikatsiyalash, izchil nutq va murakkab matnlarni tushunishni rivojlantirish bosqichlarni ierarxik algoritmlash, joriyanishini izchillikda ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi “Skaffolding amaliyotini qo‘llash”, “Kollaborativ muloqot”, Sxemalashtirish, “Gibrid identifikatsiya”, TRIZ, “Blum kubi” kabi tabaqalashtirilgan metodlar orqali manzilli korreksion rivojlantirishga ta’sir etuvchi variativ echimlar taklif etish asosida takomillashtirilgan;
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi eshituv-nutqiy, interaktiv, perseptiv komponentlar ko‘rsatkichlarini o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish tabiiy eshituv-nutqiy sharoitni ta’minlashga olib kelganligi tufayli pedagog-bola-oila kooporativligini uzviy ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari eshituv-nutqiy reabilitatsiya va kommunikativ faoliyatini individual ta’lim traektoriyalarda ota-onalarining pedagogik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar majmuasini maqsadli integratsiyalash asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasi” o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish modeli eshituv-nutqiy idrokni rivojlantirish va muloqotning interaktiv, perseptiv komponentlarini identifikatsiyalash, izchil nutq va murakkab matnlarni tushunishni rivojlantirish bosqichlarni ierarxik algoritmlash, joriylanishini izchillikda ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasi” o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada koxlear implantli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish modeli takomillashtirilgan;
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi “Skaffolding amaliyotini qo‘llash”, “Kollaborativ muloqot”, Sxemalashtirish, “Gibrid identifikatsiya”, TRIZ, “Blum kubi” kabi tabaqalashtirilgan metodlar orqali manzilli korreksion rivojlantirishga ta’sir etuvchi variativ echimlar taklif etish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasi” o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalari shakllantirilgan.
koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi eshituv-nutqiy, interaktiv, perseptiv komponentlar ko‘rsatkichlarini o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish tabiiy eshituv-nutqiy sharoitni ta’minlashga olib kelganligi tufayli pedagog-bola-oila kooporativligini uzviy ta’minlash asosida oshirishga oid takliflar “Koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasi” o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258 sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ ko‘nikmalari shakllantirish bo‘yicha mazmuni boyitilgan.