Umatalieva Kamila Taxirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Dual ta’lim sharoitida pedagog-murabbiylarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish (malakani oshirish tizimi misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped876
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Sanobarxon Yuldashevna – pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: dual ta’lim sharoitida pedagog-murabbiylarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti mazmuni va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dual ta’lim sharoitida pedagogning funksional vazifalarini hamda pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash orqali malaka oshirish jaaryonida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmunining fanda, kasbiy-pedagogik faoliyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga muvofiqligi, modullilik, nochiziqlilik, variativlik tamoyillariga ustuvorlik berish natijasida malaka oshirish kurslari bo‘yicha o‘quv reja va fan dasturlari takomillashtirilgan;
dual ta’lim sharoitida pedagog-murabiylarning kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti tuzilmasining maqsadli, mazmunli, protsessual, nazorat-baholash, tashkiliy-uslubiy, resurs komponentlari strukturasi malaka oshirishning rasmiy va informal shakllarida didaktik materiallarni qo‘llashning nazariy va amaliy funksiyalariga klassifikatsiyalash asosida ishlab chiqildi; dual ta’limni tashkil etishning tuzilmaviy-funksional konseptual modeli ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligida amalga oshiriladigan integratsiyalashgan ta’lim jarayoni modellashtirish hamda dual ta’lim murabiylarning pedagogik rezilentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dual ta’lim sharoitida pedagog va murabiylarning pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish konsepssini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
ustozning funksional rolini dual ta’lim murabbiyi roliga transformatsiyalash hamda dual ta’limda amaliy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan “Assotsiogramma”, “Eyzenxauer matrisa” va “Assisment markazi” o‘qitish metodlarini qo‘llash natijasida “Dual ta’lim sharoitida pedogogik kompetentlikni oshirish” mualliflik o‘quv kursi yaratildi va dual ta’lim murabiylarning ta’lim dasturlarini amplifikatsiyalashning metodologik yondashuvlari va tamoyillarini kombinatsiyalash asosida dual ta’limni tashkil etishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
O‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning potensial-vaziyatli, funksional-konstruktiv va ijodiy-produktiv darajalarini baholashda kognitiv, motivatsion, refleksiv va kommunikativ komponentlardan foydalanish orqali diagnostika qilish vositalari to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasbiy ta’lim tizimi pedagog kadrlari va dual ta’lim murabiylari malakasini oshirish jarayonini modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
dual ta’lim sharoitida pedagogning funksional vazifalarini hamda pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash orqali malaka oshirish jaryonida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirishga oid takliflar “Dual ta’lim va pedagogik mahoratni oshirish” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv reja va dasturlar mazmuni takomillashtirildi;
dual ta’limni tashkil etishning tuzilmaviy-funksional konseptual modelini ishlab chiqish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligida amalga oshiriladigan integrasiyalashgan ta’lim jarayoni modellashtirish hamda dual ta’lim ustozlarning pedagogik rezilentligini rivojlantirishga doir takliflardan Professional ta’limni rivojlantirish institutining IL-5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-28-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
ustozning funksional rolini dual ta’lim murabbiyi roliga transformasiyalash hamda dual ta’limda amaliy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan «Assotsiogramma», « Eyzenxauer matrisa» va «Assisment markazi» o‘qitish metodlarini qo‘llash natijasida “Dual ta’lim sharoitida pedagogik kompetentlikni oshirish” mualliflik o‘quv kursi ishlab chiqilgan hamda IL-5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasi bo‘yicha Dual ta’lim platformasida aks aks etirilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-28-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur kurs murabiylarning kasbiy-pedagogik kompetentligini oshirishga xizmat qilgan;
dual ta’lim sharoitida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan “Pedagoglarning metodik kompetentligini rivojlantirish” o‘quv qo‘llanma, “O‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash” o‘quv qo‘llanma, “Dual ta’limga oid glossariy”, “Dual ta’lim sharoitida o‘qituvchilar va murabbiylarning vakolatlarini takomillshatirishning didaktik kompleksi” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dual ta’lim pedagog-murabiylarning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish va baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.