ABDUVALIEV Abduqaxxor Abdulxaievichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish, o‘lchash yagonaligini ta’minlash va muvofiqlash tizimlarini takomillashtirish», 05.02.04 – standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish, 05.03.01 – asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T321.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Energetika va avtomatika instituti, 16.07.2013.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: U.T.Muxamedxanov, texnika fanlari doktori, professor; P.M.Matyakubova, texnika fanlari doktori; B.M.Axmedov, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro tizimlarga uyg‘unlashgan O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimini o‘zgartirish hamda texnik jihatdan tartibga solish tizimini shakllantirish zarurati va yo‘llari ko‘rsatilgan;
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimini o‘zgartirish tizimining asos bo‘luvchi tashkiliy-uslubiy va umumtexnikaviy standartlarini yaratib borish yo‘li bilan amalga oshirish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi va «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi Qonun loyihalari ishlab chiqilgan;
sertifikatlashtirish tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining takomillashtirilgan tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha choralar asoslangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, o‘lchashlar birligini ta’minlash va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro va hududiy tashkilotlar qoshida yaratilayotgan global tizimlarga O‘zbekistonning standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, o‘lchashlar birligini ta’minlash va muvofiqlikni baholash tizimlarini integratsiyalanish zarurati isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda keyingi istiqbol uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, o‘lchashlar birligini ta’minlash va muvofiqlikni baholash tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyalari va ilmiy-uslubiy asoslari hamda ularni joriy etish choralari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi:
olingan tadqiqot natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan respublika iqtisodiyotining turli tarmoqlarida joriy qilinib, O‘zbekiston Respublikasining keng foydalanilayotgan ikkita qonuni, O‘zbekiston Respublikasining o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha beshta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ettita qarori, O‘zbekiston Respublikasining o‘ttiz ikkita davlat standartlari va yigirma ikkita rahbariy hujjatlari orqali tatbiq etilgan («O‘zstandart» Agentligining 2015 yil 25 martdagi 01-996-12-sonli ma’lumotnomasi).