Kamolov Nodirjon Ma’murjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqni aniqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan intellektual mobil robotning matematik va apparat dasturiy ta’minoti”, 05.01.04 - “Hisoblash mashinlari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5289
Ilmiy rahbar: Ne’matov Sherzod Qalandarovich, fizika matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12. T.01.01.M
Rasmiy opponentlar: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi t.f.d, dotsent, A.B. Abdusalomov Qarshi davlat texnika universitetining “Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta'minoti” kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Q.R.Zohirov
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi nutq signallarini aniqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan intellektual mobil robotining apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
real sharoitlarda yozib olingan ko‘p diktorli nutq namunalari, formant tahlili va MFCC parametrlariga asoslangan holda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi bolalar nutqini tanishda asosiy chastotalarni aniqlash algoritmi takomillashtirilgan;
spektral tekislash, adaptiv filtrlash va MFCC parametrlarining o‘zbek tilida so‘zlashuvchi bolalar nutqiga moslashtirilgan shovqinbardosh akustik filtrlash va nutqni tanishning algoritmi takomillashtirilgan;
shovqinbardosh filtrlash algoritmlari va CNN asosidagi fonetik tasniflash modeli negizida nutq signallari hamda motor boshqaruvini yagona yopiq boshqaruv sikliga birlashtiruvchi intellektual mobil robotning apparat–dasturiy arxitekturasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida nutqida nuqsoni mavjud bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etish uchun – intellektual mobil roboti qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 2/14-29/28-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy-robototexnik majmua logoped va bolalar o‘rtasida muloqot jarayonini osonlashtiradi, bolalarning logoped bilan mashgʻulotlar sonini 20-30% gacha kamaytiradi. Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartaraf etishda reabilitatsiya vaqtini kamaytirish va nutq tovushlarini o‘zlashtirishda yuqori samara bergan;
ishlab chiqilgan o‘zbek tilida so‘zlashuvchi intellektual mobil robot maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muloqot qilib tibbiyot muassasasidan qo‘rquvini kamaytirish, diagnostik tekshiruv oldi vahimasini oldini olish maqsadida qon tahlili bo‘yicha laboratoriya-diagnostika tibbiyot markazi “Haemalab” ga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 2/14-29/28-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan apparat-dasturiy majmua tibbiy xodimlar va bolalar o‘rtasida muloqot jarayonini osonlashtirgan, bolalarning analiz topshirish jarayonidagi stressni kamaytirib, tahlil uchun namunalar olish jarayonini tezlashtirgan. Shu tariqa, har bir bola uchun sarflanadigan analiz olish vaqti 15-40% ga kamaygan.