O‘ralov Elyor Normanovichning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muammoli matnlardagi noadabiy fonografik unsurlarning lingvistik ekspertizasi”, 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3685
lmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yoqubova Sevara Baxtiyorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud-huquq tizimida muammoli yozishmalardagi noadabiy fonografik unsurlarni aniqlash hamda vazifaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konfliktli yozishma tushunchasi, uning sud-huquq tizimi va tilshunoslikdagi ahamiyati, lingvistik ekspertiza jarayoniga jalb etilishi haqida nazariy asoslar keltirilib, konfliktli yozishmalarda noadabiy fonetik unsurlarning qo‘llanishiga ko‘ra funksional, mavzuviy, semantik jihatlari o‘rganilib, ularning ifodaviyligi shaxsiy yozishmalar misolida isbotlangan;
konfliktli matnlardagi noadabiy fonografik unsurlarni aniqlashda fonoskopik va lingvistik ekspertizaning o‘rni va sheva variantlarini aniqlashdagi roli dalillanib, konfliktli matnlarda noadabiy fonografik unsurlarning tasnifi berilgan va ularning paralingvistik belgilar asosida yuzaga chiqishi amaliy asoslangan;
muammoli reklama matnlarida noadabiy fonografik unsurlarning qo‘llanishi, ularning munozarali vaziyatlarga sabab bo‘lishi kabi jihatlari aniqlangan;
noadabiy fonetik unsurlarning lingvistik va ekstralingvistik omillar shakllarining lingvistik ekspertizada ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Muammoli matnlardagi noadabiy fonografik unsurlarning lingvistik ekspertizasi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
konfliktli yozishma tushunchasi, uning sud-huquq tizimi va tilshunoslikdagi ahamiyati, lingvistik ekspertiza jarayoniga jalb etilishi haqida nazariy asoslar keltirilib, konfliktli yozishmalarda noadabiy fonetik unsurlarning qo‘llanishiga ko‘ra funksional, mavzuviy, semantik jihatlari haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan  AM – F3 – 201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 06-maydagi №04/1-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi noadabiylikdan me’yoriylikka kiritilgan fonografik belgilar ekspertiza tahlillari natijasi sifatida ilmiy asoslangan; 
muammoli reklama matnlarida noadabiy fonografik unsurlarning qo‘llanishi, ularning munozarali vaziyatlarga sabab bo‘lishi kabi jihatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. Jumladan, loyihada dissertatsiya davomida to‘plangan o‘zbek tili adabiy me’yorlariga asoslangan morfologik, fonografik birliklar, til normalariga muvofiq amal qiladigan morfoleksemalar, grammatik shakllar o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini tashkil etishda material sifatida xizmat qilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining №04/1-2292-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili normalariga muvofiq keladigan morfologik va fonografik belgilar ekspertiza tahlillarining xulosasi sifatida ilmiy asoslangan;
konfliktli matnlardagi noadabiy fonografik unsurlarni aniqlashda fonoskopik va lingvistik ekspertizaning o‘rni va sheva variantlarini aniqlashdagi roli dalillanib, konfliktli matnlarda noadabiy fonografik unsurlarning tasnifi berilgan va ularning paralingvistik belgilar asosida yuzaga chiqishi, shuningdek, noadabiy fonetik unsurlarning lingvistik va ekstralingvistik omillar shakllarining lingvistik ekspertizada ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanilishi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza  markazining “Sud filologik (lingvistik) psixologik ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish” nomli uslubiy qo‘llanmasida ilmiy tadqiqot qismi sifatida foydalanildi. Jumladan, Markazda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Amaliy filologiya fakultetida tahsil olayotgan bakalavr va magistr bosqichi talabalari ishtirokida tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan materiallardan tuzilgan qo‘llanma bilan tanishtiruv o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminar davomida talabalarga bevosita kriminalistik matnlarni tadqiq qilish, ularga echim topish, o‘z joniga qasd qilish, qotillik bilan bog‘liq jinoyatlarda matnlarni semantik-stilistik xossalariga ko‘ra tadqiq qilish masalasi bilan aloqador soha lingvokriminalistika ekanligi, sud jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarga echim topish, fakt va dalillarni lingvistik bilimlar orqali asoslashda tilning o‘rni g‘oyatda yuqoriligi, sud jarayoniga aloqador matn bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday konfliktli vaziyatlarni lingvistik belgilariga ko‘ra tahlil qilish lingvistik ekspertizaning tadqiq sohasi sanalishi va lingvokriminalistika ham lingvistik ekspertizaning tarkibiy qismlaridan biri deyish mumkinligi haqida batafsil asosli faktlar bilan tanishtirildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2023-yil 29-noyabrdagi №02-23/001-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan muammoli matnlardagi noadabiy unli tovushlarning tasnifi va turlari, muammoli matnlardagi noadabiy til oldi unlilarining hududiy xususiyatlari, o‘zbek tilshunosligida sud lingvistikasi, sud nutqi, huquqiy terminlar, yuridik lingvistikaga aloqador qator tadqiqotlar kabi mavzular o‘quv-seminar doirasida keng yoritib berilgan materiallar, manbalar va ma’lumotlar, tinglovchilarning ushbu mavzularni faoliyatlari davomida qo‘llashlari  va bu ma’lumotlar ularning bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilgani bildirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish