Kalandarova Sevara Xujanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyqu bilan bog‘liq bo‘lgan epileptik xurujlarning klinik - neyrofiziologik xususiyatlari va davolashni takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2766.
Ilmiy rahbar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirxotam Mirxoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarning klinik va neyrofiziologik xususiyatlarini o‘rganish, diagnostik mezonlarni takomillashtirish hamda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarda epileptogen o‘choqning peshona sohasida joylashishi hamda motor-giperkinetik klinik fenotipning ustun kelishi uyqu bilan bog‘liq epilepsiya shakllarining klinik og‘irligini belgilab beruvchi omil ekanligi asoslangan;
uyqu buzilishlari darajasi va uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlar rivojlanishida melatonin gormoni darajasining 1,5–2 barobarga kamayishi muhim diagnostik va patogenetik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
uyqu davrida epileptik faollikning kuchayish xavfini hamda uyqu–tetiklik ritmlarining buzilishini aks ettiruvchi prognostik mezon ishlab chiqilgan;
epileptik xurujlarni klinik xususiyatlari, EEG ko‘rsatkichlari, uyqu tuzilishi va melatonin darajasi integratsiyasiga asoslangan uyqu bilan bog‘liq epilepsiyani erta tashxislash va kompleks davolash choralari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlar bilan kechuvchi bemorlarda kasallikni erta aniqlash, klinik asoratlarning rivojlanishini cheklash hamda diagnostika va davolash jarayonlarini optimallashtirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarda epileptogen o‘choqning peshona sohasida joylashishi hamda motor-giperkinetik klinik fenotipning ustun kelishi uyqu bilan bog‘liq epilepsiya shakllarining klinik og‘irligini belgilab beruvchi omil ekanligi asoslanganligi «Uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarning diagnostikasi va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan № 02-25/490-T, 24.02.2025 yilda tasdiqlangan. Mazkur taklif Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasining 27.06.2025 yildagi № 156-sonli buyrug‘i va Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining 12.04.2025 yildagi № 1175-12-175-TB/2025-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 24.10.2025 yildagi № 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik ma’lumotlar va video-EEG monitoring natijalari asosida faqat uyquda yuzaga keladigan epileptik xurujlar strukturasini aniqlash ushbu kasallikni aniqlashda ko‘proq spesifik va samarali diagnostik usul bo‘lib, davolash samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash remissiya davrini uzaytirish va xurujlar residivini kamaytirish orqali har bir bemorga 5704200 so‘mgacha mablag‘ tejash imkonini berdi. Xulosa: klinik ma’lumotlar va video-EEG monitoringi asosida faqat uyqu davrida yuzaga keladigan epileptik xurujlar strukturasini aniqlash qo‘shimcha diagnostik mezon bo‘lib xizmat qiladi, davolash samaradorligini oshiradi va har bir bemor uchun 5704200 so‘mgacha iqtisod beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uyqu buzilishlari darajasi va uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlar rivojlanishida melatonin gormoni darajasining 1,5–2 barobarga kamayishi muhim diagnostik va patogenetik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi «Uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarning diagnostikasi va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan № 02-25/490-T, 24.02.2025 yilda tasdiqlangan. Mazkur taklif Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasining 27.06.2025 yildagi № 156-sonli buyrug‘i va Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining 12.04.2025 yildagi № 1175-12-175-TB/2025-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 24.10.2025 yildagi № 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uyquda epileptik faollikning kuchayish ehtimolini ob’ektiv baholash va uyqu–tetiklik sikllari buzilishini oldindan bashoratlash orqali epilepsiyali bemorlarni erta aniqlash, xurujlar rivojlanishini cheklash va bemorlarning hayot sifati hamda ijtimoiy faolligini saqlab qolish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash remissiya davrini uzaytirish va xurujlar residivini qisqartirish orqali har bir bemor uchun 5704200 so‘mgacha mablag‘ tejash imkonini berdi. Xulosa: mazkur xavfni tabaqalashtirish mezonlariga tayangan holda uyquda epileptik faollikni erta aniqlash va individual davolash taktikasini o‘z vaqtida qo‘llash epileptik xurujlar chastotasining kamayishiga, uyqu–tetiklik sikllarining barqarorlashuviga hamda bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: uyqu davrida epileptik faollikning kuchayish xavfini hamda uyqu–tetiklik ritmlarining buzilishini aks ettiruvchi prognostik mezon ishlab chiqilganligi «Uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarning diagnostikasi va davolash algoritmi» nomli metodik tavsiyalarga kiritilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan № 02-25/490-T, 24.02.2025 yilda tasdiqlangan. Mazkur taklif Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasining 27.06.2025 yildagi № 156-sonli buyrug‘i va Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining 12.04.2025 yildagi № 1175-12-175-TB/2025-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 24.10.2025 yildagi № 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: faqat uyqu davrida epileptik xurujlar kuzatiladigan bemorlarda qon zardobida melatonin miqdorini o‘rganish patologik jarayonni aniq va erta diagnostika qilish imkonini yaratadi, bu esa o‘z vaqtida davolashni boshlash va bemorning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llashda bir bemorga to‘g‘ri keladigan xarajat 2273295 so‘mni tashkil etdi, an’anaviy tashxis va davolash usullarida esa ushbu ko‘rsatkich 2848625 so‘m bo‘ldi. Shunga muvofiq, iqtisodiy samara an’anaviy va optimallashtirilgan yondashuvlar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanib, 575330 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: melatonin gormoni darajasining uyqu davridagi epileptik xurujlar patogenezidagi rolini aniqlash qo‘shimcha diagnostik mezon sifatida xizmat qiladi, davolash samaradorligini oshiradi va bir bemorga hisoblaganda 575330 so‘mgacha iqtisodni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: epileptik xurujlarni klinik xususiyatlari, EEG ko‘rsatkichlari, uyqu tuzilishi va melatonin darajasi integratsiyasiga asoslangan uyqu bilan bog‘liq epilepsiyani erta tashxislash va kompleks davolash choralari takomillashtirilganligi «Uyqu bilan bog‘liq epileptik xurujlarning diagnostikasi va davolash algoritmi» nomli metodik tavsiyalarga kiritilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan № 02-25/490-T, 24.02.2025 yilda tasdiqlangan. Mazkur taklif Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasining 27.06.2025 yildagi № 156-sonli buyrug‘i va Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining 12.04.2025 yildagi № 1175-12-175-TB/2025-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 24.10.2025 yildagi № 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostika va kompleks davolash algoritmiga melatonin preparatlarini kiritish xurujlar og‘irligini 1,7 barobar kamaytirish, uyqu sifatini 2,1 barobar, hayot sifatini esa 1,4 barobar yaxshilash imkonini beradi. Bu esa bemorlarning gospitalizatsiya, davolash va uzoq muddatli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bemorlarni yuritish va kompleks terapiyada melatonin preparatlarini qo‘llash samarali bo‘lib, xurujlar og‘irligining kamayishi, uyqu va hayot sifatining yaxshilanishi orqali 570529 so‘m foyda berdi. Xulosa: taklif etilgan epilepsiyani davolash usuli nisbatan qimmat bo‘lsa-da, klinik samarasi orqali qo‘shimcha xarajatlarni to‘liq asoslaydi, chunki u koyka-kun muddatini qisqartiradi va remissiya davrini uzaytiradi.