Boltaev Ahmadjon Abdufattoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlar varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning turli usullarini qiyosiy baholash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5615.
Ilmiy rahbar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov G‘ulomidin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endovenoz lazerli obliteratsiya usulidan foydalanish orqali oyoqlar varikoz kasalligining turli shakllarini kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor epidemiologik tadqiqotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi aholisi orasida oyoqlar varikoz kasalligining klinik jihatdan aniqlangan holatlari bo‘yicha intensiv ko‘rsatkich 100 ming aholiga nisbatan 10,5 ekanligi, shuningdek uning rivojlanishida o‘rta yosh guruhi, ayol jinsi, doimiy mehnat faoliyati, irsiy moyillik va semizlik yetakchi xavf omillar ekanligi aniqlangan;
oyoqlar varikoz kasalligini xirurgik korreksiya qilishda qon tomirlar diametri, ularning funksional holati hamda asoratlar mavjudligini hisobga olgan holda, dastlab venalarga endovazal lazerli obliteratsiyani qo‘llash, zaruratga ko‘ra 3 oydan so‘ng skleroterapiya yoki miniflebektomiya bilan to‘ldiriladigan ikki bosqichli xirurgik davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
oyoqlar varikoz kasalligini xirurgik davolashning maqbul usullari bo‘lgan vena saqlovchi tashrixlarni amalga oshirish uchun bemorlarni tanlash mezonlari aniqlanib, endovenoz lazerli obliteratsiyadan keyingi holatda 3-4 mm diametrdagi venalarda skleroterapiya muolajasini, diametri 4-5 mm dan katta venalarda miniflebektomiya tashrixini amalga oshirish samaradorligi asoslangan;
oyoqlar varikoz kasalligi uchun taklif etilgan tashxislash algoritmi va maqbul davolash usulini tanlash tartibotining klinik jihatdan samarador ekanligi davolash natijalari hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholash asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oyoqlar varikoz kasalligini kompleks davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor epidemiologik tadqiqotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi aholisi orasida oyoqlar varikoz kasalligining klinik jihatdan aniqlangan holatlari bo‘yicha intensiv ko‘rsatkich 100 ming aholiga nisbatan 10,5 ekanligi, shuningdek uning rivojlanishida o‘rta yosh guruhi, ayol jinsi, doimiy mehnat faoliyati, irsiy moyillik va semizlik yetakchi xavf omillar ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 5i-39/u-son bilan tasdiqlangan “Oyoqlar varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning turli usullarini qiyosiy baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 24 apreldagi 95t/15-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 17 maydagi 124-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/13-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Farg‘ona vodiysi mintaqasida oyoqlar varikoz kasalligining tarqalish darajasini inobatga olgan xolda bemorlarga ko‘rsatiladigan angioxirurgik tibbiy xizmatni takomillashtirish ushbu kasallikni erta tashxislashga, asoratlari rivojlanishini va o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ushbu kasallik tufayli bir nafar bemorni xirurgik davolanishi uchun o‘rtacha 5 yotoq-kun talab etiladi. Kasallikni oldini olish hisobiga bir bemor uchun 5 yotoq-kun tejaladi. Bir yotoq-kun qiymati 250000 so‘m bo‘lgani holda, bir bemor uchun 1250000 so‘m miqdorda iqtisod qilinadi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalangan holda tibbiy xizmatni tashkil etish shifokorlar ish yuklamasini kamaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oyoqlar varikoz kasalligini xirurgik korreksiya qilishda qon tomirlar diametri, ularning funksional holati hamda asoratlar mavjudligini hisobga olgan holda, dastlab venalarga endovazal lazerli obliteratsiyani qo‘llash, zaruratga ko‘ra 3 oydan so‘ng skleroterapiya yoki miniflebektomiya bilan to‘ldiriladigan ikki bosqichli xirurgik davolash taktikasi ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 5i-39/u-son bilan tasdiqlangan “Oyoqlar varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning turli usullarini qiyosiy baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 24 apreldagi 95t/15-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 17 maydagi 124-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/13-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan bosqichli xirurgik davolash taktikasini amaliyotga joriy etilishi bemorlarda kaminvaziv texnologiyalardan foydalangan holda samarali davolash imkonini beradi, jarrohlikdan keyingi asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytiradi, kasallik qaytalanishi bartaraflanadi, reabilitatsiya muddatlarini qisqartiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: oyoqlar varikoz kasalligini bosqichli xirurgik davolash taktikasi 20 nafar bemorda kasallikni 1 bosqichda endovenoz lazerli obliteratsiya usulidan foydalanish orqali davolash imkonini berdi. Ushbu bemorlarda keyingi operativ aralashularga ehtiyoj bartaraf qilindi. Bir bemorning statsionar sharoitda davolanishining 1 kunlik jami xarajatlari (amaliyot xarajatlari bilan) 1150000 so‘mni tashkil qilgani holda bir bemor uchun o‘rtacha 5750000 (5 o‘rin-kun) so‘m tejamkorlikka erishildi. Xulosa: oyoqlar varikoz kasalligini davolashda bosqichli xirurgik davolash taktikasidan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (20 nafar) 115 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: oyoqlar varikoz kasalligini xirurgik davolashning maqbul usullari bo‘lgan vena saqlovchi tashrixlarni amalga oshirish uchun bemorlarni tanlash mezonlari aniqlanib, endovenoz lazerli obliteratsiyadan keyingi holatda 3-4 mm diametrdagi venalarda skleroterapiya muolajasini, diametri 4-5 mm dan katta venalarda miniflebektomiya tashrixini amalga oshirish samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 5i-39/u-son bilan tasdiqlangan “Oyoqlar varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning turli usullarini qiyosiy baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 24 apreldagi 95t/15-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 17 maydagi 124-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/13-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: oyoqlar varikoz kasalligini xirurgik davolashda vena saqlovchi tashrixlarni amalga oshirish bemorlarni individuallashtirilgan holda samarali davolash imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: endovenoz lazerli obliteratsiyadan keyingi holatda 3-4 mm diametrdagi venalarda skleroterapiya muolajasini, diametri 4-5 mm dan katta venalarda miniflebektomiya tashrixini amalga oshirilgandan so‘ng kasallikni qaytalanishi kuzatilmagan. Shuni hisobiga bir bemor davolanishi uchun o‘rtacha 5 kun talab etilishini hisobga olinsa, bir bemor uchun o‘rin-kun xarajatlari hisobidan 1250000 so‘m miqdorda iqtisod qilinadi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami doirasida (taqqoslash guruhlarida 23 (11,1%) nafar bemorda kasallikning qaytalanishi kuzatilgan) o‘rtacha 28,75 mln so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oyoqlar varikoz kasalligi uchun taklif etilgan tashxislash algoritmi va maqbul davolash usulini tanlash tartibotining klinik jihatdan samarador ekanligi davolash natijalari hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholash asosida isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 5i-39/u-son bilan tasdiqlangan “Oyoqlar varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning turli usullarini qiyosiy baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 24 apreldagi 95t/15-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 17 maydagi 124-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/13-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: oyoqlar varikoz kasalligi uchun ishlab chiqilgan tashxislash va maqbul davolash usulini tanlash tartibotidan foydalanish natijasida EVLO asoratlari 18,2% ga pasaygan, EVLO ning determinirlangan asoratlari 5,9% ga pasaygan, EVLO ning stoxastik asoratlari 5,5% ga pasaygan, svetovod bilan bog‘liq EVLO asoratlari 11,3% ga pasaygan, kichik asoratlar 48,3% ga pasaygan, katta asoratlar esa 100% yaxshilanishi hamda umumiy asoratlar 14,4% yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tashxislash va maqbul davolash usulini tanlash tartiboti joriy etilgandan so‘ng asoratlar qisqarishi hisobiga qo‘shimcha ravishda dori vositalari sarfi va laborator tekshiruvlar soni kamaydi. Ushbu xarajatlar qisqarishi natijasida bir bemor uchun 375000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: oyoqlar varikoz kasalligi uchun ishlab chiqilgan tashxislash va maqbul davolash usulini tanlash tartibotidan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 18350000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish