Saitjanova Umidaxon Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda Medicago sativa populyasiyalarining zamonaviy holati va yaylovlarining tavsifi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1668.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.05/2025.27.12.V.23.01.M
Rasmiy opponentlar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari doktori; Do‘stmurodova Feruza Madiyarovna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda Medicago sativa turi senopopulyasiyalari va yaylovlarining zamonaviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda tarqalgan Medicago sativa turining 10 ta senopopulyasiyasining muayyan ekologik-fitotsenotik sharoitlarga bog‘liqligi aniqlangan;
senopopulyasiyalarning morfologik xususiyatlari, ontogenetik strukturalari va yosh tiplari o‘rganilib, ularning holatiga tahdid soluvchi omillar asoslab berilgan;
organizm belgilarini tahlil qilish asosida senopopulyasiyalarning vitalitet holati baholangan;
o‘simlik qoplamining transformatsiyasi kontekstida M. sativa ishtirokidagi kamyob o‘simlik jamoalari aniqlangan;
M. sativa yaylov xillarining kadastri tuzilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tarqalgan Medicago sativa L. turi populyasiyalarining zamonaviy holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ustyurtning sharqiy chinki hududida Medicago sativa ning yaylovlari tasnifi ishlab chiqildi va ularning degradatsiya darajasi baholandi, shuningdek, turli yaylov turlaridan mavsumiy foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 20 iyundagi №02/18-2027 ma’lumotnomasi). Olingan natijalar antropogen ta’sir va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq mintaqaga xos tahdidlarni aniqlashga imkon bergan, bu esa yaylov resurslarini barqaror boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi;
M. sativa yaylovlarining oziqaviy massasining mavsumiy dinamikasi va fitotsenotik strukturasi haqidagi ma’lumotlar ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 20 iyundagi №02/18-2027 ma’lumotnomasi). Bu esa yaylov ekotizimlarining holatini aniqlik bilan hisobga olish va samarali monitoringini olib borishga yordam bergan hamda M. sativa yaylovlarining kadastrini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
odatiylik yoki kamyoblik belgilarining tahlili asosida o‘rganilgan 6 ta o‘simlik assotsiatsiyasidan 3 tasi Qoraqalpog‘iston Ustyurtining sharqiy chinkida o‘suvchi jamoalar sifatida yuqori muhofaza toifasiga kiritilgan hamda ular mintaqa uchun kamyob fitotsenozlar sifatida aniqlangan. Mazkur tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2025 yil 25 iyundagi №2-747 ma’lumotnomasi). Olingan natijalar M. sativa ishtirokidagi kamyob tabiiy jamoalarning uzoq muddatli monitoringi hamda M. sativa yaylov xillarining kadastrini ishlab chiqish uchun asosiy ma’lumot manbai sifatida xizmat qilgan va yaylov resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.