Gulyamova Lola Xadji-Akbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sotsial-iqtisodiiy kartografiyada geofazoviy tadqiqotlarning nazariy va uslubiy asoslari (O‘zbekiston Respublikasi aholi joylashuvi misolida)”, 11.00.07–“Geoinformatika” (texnika fanlari) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T652
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.02.07 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Tikunov Vladimir Sergeevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mirmaxmudov Erkin Raximjanovich geografiya fanlari doktori, professor; Lisitiskiy Dmitriy Vitalevich texnika fanlari doktori professor (Rossiya); Muxamedieva Dildora Kabulovna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi joylashuvi materiallari asosida geoaxborot modellashtirish uchun turli geotasvirlardan foydalanish usullarini nazariy asoslash va amaliy tadbiq etish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoaxborot texnologiyalar, masofaviy zondlash ma’lumotlari va fazoviy tahlil usullarini integratsiyalash asosida aholining geofazoviy taqsimlanish algoritmlari ishlab chiqilgan;
ilk marotaba tabiiy va antropogen tavsifdagi xilma-xil mavjud kuchlarning o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi fazovoy bilimlar simbiozi, geofazoviy ma’lumotlar generatsiyasi va geotasvirlarni qayta ishlash hamda tahlil qilish natijasida olingan joylashuv to‘g‘risidagi bilimlar majmui sifatida “aholi joylashuvi” modeli ishlab chiqilgan;
sotsial–iqtisodiy kartografiyada geotasvirlarga asoslangan aholi punktlari tizimlarini modellashtirish va talqin qilish uchun mulkiy ilmiy va metodologik konsepsiya ishlab chiqilgan;
ilk marotaba aholining evolyusiyasi, faolligi va tarqalishini tahlil qilish uchun masofaviy zondlash ma’lumotlarini, kadastr va kartografik manbalarni integratsiyalash uchun metodologik yondashuv ishlab chiqilgan;
“vaqt-maydon-atributlar” va “masofa-maydon-aholi” asosiy atributlariga asoslangan holda ko‘p o‘lchovli axborot makonidagi aholi taqsimlanishini tahlil qilish usullarini tizimlashtirish uchun zichlik, fazoviy-vaqtinchalik va miqdoriy xususiyatlarni hisobga olgan holda aholining hududiy tashkil etilishini aniqlash maqsadida normalashtitrilgan baholash mezonlari ishlab chiqildi;
aholining mintaqaviy rejalashtirish va hududiy nazorat qilishda fazoviy tuzilishi va taqsimlanish dinamikasini baholash uchun integratsiyalashgan demografik tahlil qilish nazaryasi ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyada geotasvirlardan foydalanish usullarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi, aholini joylashtirish uchun geoinformatsion modellashtirish maqsadida o‘tkazilgan geofazoviy tadqiqotlar natijasida:
Ilk bor ishlab chiqilgan geofazoviy tadqiqotlarning metodologik asoslari hamda mavzuli ijtimoiy-iqtisodiy kartalari turkumini yaratish uchun algoritmlar va dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 23-iyundagi 05/08-8066-son ma’lumotnomasi). Natijada, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi er resurslarini xaritaga olish metodikasini amaliyotini takomillashtirish va er resurslarining holatini masofadan monitoring qilish yordamida hududning ijtimoiy-iqtisodiy resurslari salohiyatini baholash ishonchliligi 10 foizgacha oshirish imkonini bergan;
“Aholi joylashuvi modeli” tushunchasini shakllantirish konsepsiyasi fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasini va umum davlat ahamiyatiga molik geografik tizimlarini takomillashtitrishda joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 23-iyundagi 05/08-8066-son ma’lumotnomasi). Natijada, joylarda erdan foydalanish va aholi joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan geotasvirlarni tahlil qilish uslubiyoti O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 23-iyundagi 05/08-8066-son ma’lumotnomasi). Natijada, geotasvirlardan foydalanish aniqligi, unumdorlikni oshirishga va resurslarni tejashga erishilgan, aholi joylashuvi transformatsiyasi va evolyusiyasi kabi xaritalarning yangi turlarini yaratish imkonini bergan;
ijtimoiy-iqtisodiy geotizimlarni va ularning o‘zaro ta’siri va rivojlanishini geofazoviy tadqiqotlar usullaridan foydalangan holda geoinformatsion kartaga olish, shahar va qishloqda aholi joylashuvini hududiy tadqiq qilish algoritmlari Andijon, Buhoro, Navoiy, Fargona Namangan Qashqadaryo, Xorazm Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 23-iyundagi 05/08-8066-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi joylashuvini modellashtirish va talqin qilishning xususiy ilmiy metodologik innovatsion konsepsiyasi yaratilib, aholi joylashuvini baholash va prognoz qilish xaritalarini geoaxborot tizim dasturlari yordamida monitoring qilish va ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini bergan;
O‘zbekistonning voha hududida joylashgan aholi punktlaridagi o‘zgarishlarni masofadan olingan tasvirlar asosida tadqiq qilish usullari “Aerokosmik tasvirga olish texnika va texnologiya” darsligiga, geotizimlarni kompyuterda modellashtirish usullari va vositalari hamda hududiy taqsimlanish qonuniyatlarini geofazoda o‘rganish metodikasi va hududiy xususiyatlarini kompleks prognoz qilish metodologiyasi “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” darsligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №274-125-sonli va №110-354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter vositasida ma’lumotlar bazasini shakllantirishda o‘quvchilarning tabiat va jamiyatni hisobga olish kompetensiyasini oshirish va masofaviy zondlash tasvirlari yordamida turar-joy dinamikasini o‘rganish bo‘yicha malakasini 15 foizgacha oshirish imkonini bergan.