Muzaffarov Farruxbek Odiljon o‘g‘li
Fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarning innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5992.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latov Dilshodbek Shermuxammedovich – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.I.03.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna – iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi – iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida tabiiy, ishlab chiqarish va iqtisodiy omillar ta’sirida shakllanadigan mavsumiylikni aniqlash va baholashga qaratilgan koeffisientli yondashuv ishlab chiqilgan hamda uni mavsumiy yuklamaga mos boshqaruv strategiyalarini shakllantirishda qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilishga qaratilgan uch o‘lchovli innovatsion boshqaruv samaradorligi modeli ishlab chiqilgan hamda uni baholash uchun IEM (Innovative Efficiency of Management) integral indeksi va reyting shkalasi taklif etilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida boshqaruv samaradorligini baholash uchun kompleks indikatorlar tizimi, boshqaruv samaradorligi indeksi (BSI) va reyting mezonlariga asoslangan baholash mexanizmi ishlab chiqilgan hamda uning davlat, investorlar va korxonalar boshqaruv amaliyotida qo‘llanilishi ilmiy jihatdan asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari soni, sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hamda qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan meva-sabzavotlar hajmiga nisbatan eksport ko‘rsatkichlari kabi asosiy tarkibiy omillarning birgalikdagi integral ta’sirini hisobga olgan holda 2030-yilgacha meva-sabzavot etishtirish hajmining prognoz parametrlari ilmiy asosda shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida tabiiy, ishlab chiqarish va iqtisodiy omillar ta’sirida shakllanadigan mavsumiylikni aniqlash va baholashga qaratilgan koeffisientli yondashuv ishlab chiqilgan hamda uni mavsumiy yuklamaga mos boshqaruv strategiyalarini shakllantirishda qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari Andijon viloyatidagi meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-867-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishga qaratilgan mavjud dasturlarni moslashuvchan taktik tuzatish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish aniqligi 12–15 foizga oshgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilishga qaratilgan uch o‘lchovli innovatsion boshqaruv samaradorligi modeli ishlab chiqilgan hamda uni baholash uchun IEM (Innovative Efficiency of Management) integral indeksi va reyting shkalasi taklifi Andijon viloyatidagi meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-867-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotni amaliyotga tatbiq etish natijasida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirish natijasida mavsumda ishlab chiqarish quvvatlaridan 80-100 foiz darajada samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida boshqaruv samaradorligini baholash uchun kompleks indikatorlar tizimi, boshqaruv samaradorligi indeksi (BSI) va reyting mezonlariga asoslangan baholash mexanizmi ishlab chiqilgan hamda uning davlat, investorlar va korxonalar boshqaruv amaliyotida qo‘llanilishi taklifi Andijon viloyatidagi meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-867-son ma’lumotnomasi). Natijada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida kelgusi davrda rivojlantirish strategiyalari asosida ssenariylar ishlab chiqish imkoniyati kengaygan hamda amaliyotda foydalanish mumkin bo‘lgan qisqa muddatli davr uchun tarmoqning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi, qishloq xo‘jalik korxonalari soni, sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hamda qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan meva-sabzavotlar hajmiga nisbatan eksport ko‘rsatkichlari kabi asosiy tarkibiy omillarning birgalikdagi integral ta’sirini hisobga olgan holda 2030-yilgacha meva-sabzavot etishtirish hajmining prognoz parametrlari Andijon viloyati hokimligining tizim tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-867-son ma’lumotnomasi). Natijada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida dasturiy-maqsadli vazifalar, ya’ni tashkiliy, iqtisodiy, texnik va texnologik xususiyatdagi aniq chora-tadbirlar asosidagi boshqaruv qarorlari hamda zamonaviy boshqaruv modellari va mexanizmlarini qo‘llash samaradorligi ortgan.