Junsalieva Galiya Abduqayum qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Politiofen asosidagi tok o‘tkazuvchan gibrid kompozit materiallarning fizik-kimyoviy tadqiqoti”, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1032.
Ilmiy rahbar: Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi politiofen asosidagi tok o‘tkazuvchi gibrid kompozitlarni olish va ularning tuzilishi, termik, optik hamda elektrofizik xususiyatlarini kompleks tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PTh/sellyuloza/TiO₂ asosidagi yangi tok o‘tkazuvchi gibrid kompozit materiallar in situ oksidlanish polimerlanish yo‘li bilan olingan bo‘lib, ularning polimer qatlami qalinligi (0,3–1,0 mkm) ga teng bo‘lgan. TiO₂ nanozarrachalarining bir tekis taqsimlanishi (20–60 nm atrofida ) va 25 °C dan 800 °C gacha bo‘lgan keng harorat oralig‘ida barqaror fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan uch fazali perkolyasion strukturaning shakllanishini ta’minlashi aniqlangan;
TiO₂:PTh mollar nisbatini (1:1, 2:1, 3:1) va polimerlash davomiyligini (2–24 soat) oralig‘ida o‘zgartirish orqali kompozitlarning morfologiyasini, TiO₂ ning dispersiyalanish darajasini (XRD bo‘yicha 120 nm dan 15–20 nm gacha) va PTh ning o‘tkazuvchi tarmog‘i zichligini maqsadli boshqarish mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu esa kompozitlarning elektr o‘tkazuvchanligiga (10⁻8 dan 4.67*10-4 S/sm gacha) va fotosezgirligiga (−53,3 % dan +248 % gacha) bevosita ta’siri aniqlangan;
Ilk bor TiO₂ konsentratsiyasi va PTh ning struktura tashkil etilish darajasi turlicha bo‘lgan tizimlar uchun termo- va elektrofaollashuv jarayonlarining kinetik modellarini (Fridman, FWO, KAS; Arrenius; hopping-modellari) taqqoslash amalga oshirilgan. Bu destruksiya va zaryad tashuvchilarni uzatish mexanizmlarini R² = 0,998 gacha bo‘lgan korrelyasiya koeffisientlari bilan miqdoriy tavsiflash imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor destruksiyaning o‘tish holatiga oid termodinamik parametrlari (ΔH = 195–223 kJ/mol; ΔG = 196–227 kJ/mol) hamda o‘tkazuvchanlikning aktivatsiya energiyalari (0,12–0,37 eV) aniqlanib, turli tarkibli kompozitlarda foto- va elektro-uzatishning energetik samaradorligi asoslab berilgan. Shu asosda amaliy qo‘llash uchun optimal material TiO₂:PTh = 2:1 ekanligi tasdiqlangan;
kompozitlarning optik va elektron xossalari PTh–TiO₂ o‘rtasidagi interfazaviy gibridlanish darajasiga bog‘liqligi o‘rnatilgan. Absorbsiya spektrlari va Taus grafigi tahlili orqali ikki energetik o‘tish mavjudligi aniqlangan (Eg₁ = 0,56–0,64 eV; Eg₂ = 1,48–2,45 eV), bu esa gibrid strukturalarda fotogeneratsiya va zaryad tashuvchilarni uzatish mexanizmlari shakllanganligi tasdiqlangan;
ilk bor gibrid kompozitlardagi fototokning miqdori TiO₂:PTh stexiometriyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan: 1:1 va 3:1 nisbatli kompozitlar manfiy fotoo‘tkazuvchanlik namoyon qilsa, optimal 2:1 tarkibli kompozit yaqqol musbat fotosezuvchanlik (~248 %) ko‘rsatgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Politiqofen asosidagi tok o‘tkazuvchi gibrid kompozit materiallarni olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish asosida:
tok o‘tkazuvchi gibrid kompozit materiallar amalda “Foton” AJ tomonidan elektromagnit nurlanish yutgichlarining komponentlari, ekranlovchi materiallar hamda turli antistatik kompozisiyalarni ishlab chiqishda qo‘shimcha sifatida joriy etilgan (“Foton” AJ ning 2025-yil 26-sentyabrdagi 370-son ma’lumotnomasi). Natijada ekranlovchi materiallar komponentlari va antistatik kompozisiyalar uchun qo‘shimchalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, importga qaramlikni qisqartirish imkonini bergan;
tok o‘tkazuvchi gibrid kompozit materiallar “Armatura–izolyator zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan nazorat-o‘lchov uskunalarining kontaktlari va tok o‘tkazuvchi elementlari sifatida amaliyotga joriy etilgan ( “Armatura–izolyator zavodi” MChJ qo‘shma korxonasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada kontaktlar va nazorat-o‘lchov uskunalari uchun tok o‘tkazuvchi elementlar kabi asosiy komponentlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirib, importga qaramlikni qisqartirish imkonini bergan.