Allazarov Kuvandik Azodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gastroduodenit bo‘lgan bemorlarda surunkali residivlanuvchi aftoz stomatitni davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Tib4305.
Ilmiy rahbar: Zoyirov Tulkin Elnazarovich,   tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakul`teti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali aralash turdagi gastroduodenit fonida kechuvchi surunkali residivlanuvchi fibrinoz-nekrotik turdagi aftoz stomatitni kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gastroduodenitning aralash turi bilan og‘rigan bemorlarda fibrinoz-nekrotik turdagi surunkali residivlanuvchi aftoz stomatitning paydo bo‘lishi va rivojlanishi patogenetik jihatdan antioksidant himoyaning pasayishi va mahalliy immunitetning buzilishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali gastroduodenit fonida surunkali residivlanuvchi aftoz stomatit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holati va so‘lakning biokimyoviy (malondial`degid, elastaza) ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
surunkali aralash gastroduodenit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i surtmalarida gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar, shuningdek miseliy iplari hamda Helicobacter pylori   mavjudligi aniqlandi;
immunomodulyator va ozonlangan suvni qo‘llash mikroorganizmlarning bukkal epiteliotsitlarga adgeziyasini samarali pasaytirishi, an’anaviy terapiya ta’sirini kuchaytirishi, mahalliy himoyaning tiklanishini va og‘iz bo‘shlig‘i disbiozi darajasining pasayishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy tadkikot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 07  iyuldagi 21-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik surunkali gastroduodenitning aralash turi bilan og‘rigan bemorlarda fibrinoz-nekrotik turdagi surunkali residivlanuvchi aftoz stomatitning paydo bo‘lishi va rivojlanishi patogenetik jihatdan antioksidant himoyaning pasayishi va mahalliy immunitetning buzilishi bilan bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning axamiyati. O‘zbekistonda surunkali gastroduodenit fonida kechuvchi surunkali residivlanuvchi aftoz stomatit bo‘lgan bemorlarda kasallik klinik ko‘rinishlari, biokimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlarini aniqlash. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 25 dekabrdagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali gastroduodeniti bo’lgan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni zamonaviy tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomasiga kiritildi. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Xorazm viloyati stomatologik poliklinikasi 03.03.2025 yildagi 34-I sonli buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Alpamis stomadent” klinikasi MChJ 10.02.2025 yildagi 4-sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 07 iyul 2025 yildagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  aholi orasida og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining tarqalishini pasaytirish ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalari marker sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan klinik laborotor ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga tibbiy stomatologik ko‘rik  davolashga muxtojlarni erta aniqlash va residivlarni oldini olish imkonini  beradigan amaliyotni qo‘llash davolash sarf xarajatlarini 520000 so‘m tejash imkonini   beradi. Xulosa: surunkali gastroduodenit fonida surunkali residivlanuvchi aftoz stomatiti bo‘lgan bemorlar so‘lagida yallig‘lanishni biokimeviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni erta o‘rganish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik surunkali gastroduodenit fonida surunkali residivlanuvchi aftoz stomatit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holati va so‘lakning biokimyoviy (malondial`degid, elastaza) ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan; Ilmiy yangilikning axamiyati. Aniqlangan korrelyasiya og‘iz bo‘shlig‘i holati va so‘lak biomarkerlari (malondial`degid, elastaza)dan foydalanib, SGD fonidagi SRASning og‘irlik darajasini baholash va erta tashxis qo‘yish imkonini yaratadi. Ushbu natijalar « Surunkali gastroduodeniti bo’lgan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni zamonaviy tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyalarga kiritilgan(Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 25.12. 2024 y.da № 5-sonli qarori). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: olingan ilmiy  amaliy ma’lumotlar  O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Xorazm viloyati stomatologik poliklinikasi 03.03.2025 yildagi 34-I sonli buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Alpamis stomadent” klinikasi MChJ 10.02.2025 yildagi 4-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 07.07.2025 yildagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: SGD fonidagi SRASni erta tashxislash va og‘irlik darajasini baholash imkonini beradi. Bu esa residivlarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish va stomatologik yordam samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi. Erta diagnostika va maqsadli davolash tufayli residivlar soni va davolash davomiyligi kamaydi, bemorlarning tezroq sog‘lomlashishi ta’minlandi. Bu esa qo‘shimcha shifoxona davolanish xarajatlarini, ishdan vaqtincha chetlashish holatlarini va dori vositalari sarfini kamaytirishga olib keldi, umumiy hisobda sog‘liqni saqlash tizimi va jamiyat uchun iqtisodiy yukni pasaytirdi. Shu bilan birga tibbiy stomatologik ko‘rik  davolashga muxtojlarni erta aniqlash va residivlarni oldini olish imkonini  beradigan amaliyotni qo‘llash davolash sarf xarajatlarini 520000 so‘m tejash imkonini   beradi. Xulosa: surunkali gastroduodenit fonida surunkali residivlanuvchi aftoz stomatiti bo‘lgan bemorlar so‘lagida yallig‘lanish markerlarini va antioksidant ximoyani biokimeviy ko‘rsatkichlarni erta o‘rganish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik surunkali aralash gastroduodenit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i surtmalarida grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shuningdek miseliy iplari xamda Helicobacter pylori mavjudligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati. Surunkali aralash gastroduodenit fonida aftoz stomatit residivlarining infeksion omillar bilan patogenetik bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda mikrobiologik monitoring va maqsadli terapiyaning zarurligini asoslaydi. Ushbu natijalar « Surunkali gastroduodeniti bo’lgan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni zamonaviy tekshirish usullari» va «Surunkali gastroduodeniti bo’lgan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni davolashda zamonaviy usullarni qo’llash» nomli uslubiy tavsiyalarga kiritilgan(Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 25.12. 2024 y.da № 5-sonli qarori). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar  Xorazm viloyati stomatologik poliklinikasi 03.03.2025 yildagi 34-I sonli buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Alpamis stomadent” klinikasi MChJ 10.02.2025 yildagi 4-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 07.07.2025 yildagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari SGD fonidagi SRASni erta tashxislash va samarali davolashga yordam berib, bemorlarda residivlar sonini kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish, dori vositalarining samaradorligini oshirish va ortiqcha dori-darmon qo‘llashni cheklashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi. Patogen bioplyonkaga qarshi yo‘naltirilgan maqsadli terapiyani qo‘llash orqali davolashning samaradorligi oshishi xisobiga 1200000 so‘mni tashkil etgan oldingi davo 800000 so‘mga tushdi. 400000 so‘m tejaldi. Ish qobiliyati tiklanish muddatining qisqarishi hisobiga (ishdan qolgan kunlar 10 kundan 5 kunga tushgan), har bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘m iqtisodiy foyda ta’minlandi. Xulosa: stomatologik amaliyotda zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, davolashning individual yondashuvini ta’minlash va aholi o‘rtasida og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining tarqalishini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchii ilmiy yangilik immunomodulyator va ozonlangan suvni qo‘llash mikroorganizmlarning bukkal epiteliotsitlarga adgeziyasini samarali pasaytirishi, an’anaviy terapiya ta’sirini kuchaytirishi, mahalliy himoyaning tiklanishini va og‘iz bo‘shlig‘i disbiozi darajasining pasayishini ta’minlashi isbotlangan.  Ilmiy yangilikning axamiyati.    Bu yondashuv asosida dori vositalarining ta’sir mexanizmi va klinik samaradorligi baholandi hamda patogen bioplyonka shakllanishi bilan bog‘liq residivlarni bartaraf etish uchun maqsadli terapevtik usullarni tanlash imkoniyati yaratildi. Ushbu natijalar « Surunkali gastroduodeniti bo’lgan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni davolashda zamonaviy usullarni qo’llash» nomli uslubiy tavsiyalarida ko‘rsatilgan(Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining   25.12. 2024 y.da № 5-sonli qarori). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy  amaliy ma’lumotlar  Xorazm viloyati stomatologik poliklinikasi 03.03.2025 yildagi 34-I sonli buyrug‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Alpamis stomadent” klinikasi MChJ 10.02.2025 yildagi 4-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 07.07.2025 yildagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi. Surunkali residivlanuvchi aftoz stomatitni patogenetik asoslangan va samarali usullar bilan davolash imkoniyati yaratildi. Bu esa bemorlarda residivlar sonini kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish, dori vositalarining samaradorligini oshirish va ortiqcha dori-darmon qo‘llashni cheklashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi. Patogen bioplyonkaga qarshi yo‘naltirilgan maqsadli terapiyani qo‘llash orqali davolashning samaradorligi oshdi va davolash kursi davomiyligi kamaydi. Bu orqali ortiqcha dori-darmon xarajatlari va shifoxonaga murojaat qilish holatlari kamaydi. Olingan kompleks davolash usuli har bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘m miqdorida davolash xarajatlarini tejash imkonini beradi. Xulosa: shifokorlarga surunkali gastroduodenit fonidagi surunkali residivlanuvchi aftoz stomatitni davolashda patogenetik yondashuv asosida zamonaviy va samarali terapevtik kompleksni tanlash hamda amalga oshirishga yo‘l-yo‘riq beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish