Dergacheva Irina Viktorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududida kutilmagan toshqinlar: genezisi, hudud va vaqt bo‘yicha tarqalishi, tabiiy ofat xavfini kamaytirish», 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 DSc/Gr28.
Ilmiy maslahatchi: Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Adenbaev Baxtiyor Embergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Xojamuratova Roza Tajimuratovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning makon va vaqt bo‘yicha shakllanish xususiyatlarini aniqlash va barvaqt ogohlantirish axborot-tahliliy diagnostika tizimini yaratish orqali ularning xavfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning (yuqori sel xavfi davrining boshlanishi, tugashi va yalpi davomiyligi, sellarning shakllanish, ko‘chish va to‘xtash zonalari) makon va vaqt bo‘yicha tarqalishining xususiyatlari va zamonaviy tamoyillari aniqlangan;
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy viloyatlar kesimida tog‘li va tog‘ oldi hududlaridagi sel-toshqin faolligi yuqori davrlar aniqlangan, sel-toshqin hodisalari eng ko‘p uchraydigan suv oqimlari ajratilgan;
iqlim o‘zgarishining turli ssenariylari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida yog‘in va to‘g‘onlarning o‘pirilishi natijasida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning faolligi va tarqalishining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari baholangan;
O‘zbekiston hududida kuzatishlar davri mobaynida qayd etilgan sel-toshqin hodisalari axborot-tahliliy moduli yaratilgan;
O‘zbekiston hududi uchun sel-toshqin xavfidan barvakt ogohlantirishga mo‘ljallangan interaktiv onlayn tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning makon va vaqt bo‘yicha tarqalishini aniqlash va ularning salbiy ta’siridan kelib chiqadigan falokatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha erta ogohlantirish tizimini yaratish natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning (yuqori sel xavfi davrining boshlanishi, tugashi va yalpi davomiyligi, sellarning shakllanish, ko‘chish va to‘xtash zonalari) makon va vaqt bo‘yicha tarqalishining xususiyatlari va zamonaviy tamoyillari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi amaliy ish faoliyatiga respublikaning tog‘li hamda tog‘oldi hududlaridagi sel xavfi darajasini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2025 yil 13 avgustdagi 04-3614-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel xavfi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan profilaktik va preventiv chora-tadbirlarni optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy viloyatlar kesimida tog‘li va tog‘ oldi hududlaridagi sel-toshqin faolligi yuqori davrlar hamda sel-toshqin hodisalari eng ko‘p uchraydigan suv oqimlari ro‘yxati Gidrometeorologiya xizmati agentligida xavfli sel toshqin hodisalarini monitoring qilish va “O‘tgan sellar haqida ma’lumotlar” bo‘limini tayyorlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza kilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 14 apreldagi 01-15/516-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel xavfi davrlari va hududiy tarqalishini aniqlashtirish va ularning mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini yanada samarali olib borish imkoniyati yaratilgan;
iqlim o‘zgarishining turli ssenariylari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida yog‘in va to‘g‘onlarning o‘pirilishi natijasida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarning faolligi va tarqalishining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bo‘yicha baholash natijalari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel xavfi darajasini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2025 yil 13 avgustdagi 04-3614-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlarining salbiy ta’siridan himoya qilish va sel xavfini boshqarish samaradorligin oshirishga imkoniyat yaratilgan;
O‘zbekiston hududida kuzatishlar davri mobaynida qayd etilgan sel-toshqin hodisalari axborot-tahliliy moduli Gidrometeorologiya xizmati agentligi sel toshqini hodisalarini retrospektiv tahlil qilish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza kilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 14 apreldagi 01-15/516-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel toshqinlari bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va uni tezkor geoinformatsion tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston hududi uchun sel-toshqin xavfidan erta ogohlantirishga mo‘ljallangan interaktiv onlayn tizimi Gidrometeorologiya xizmati agentligi faoliyatida to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlar haqida o‘z vaqtida va aniq ogohlantirishlar tayyorlash operativ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza kilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 14 apreldagi 01-15/516-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘li va tog‘oldi hududlarni rivojlantirish, resurslarni boshqarish va rejalashtirish faoliyatining turli sohalari uchun to‘satdan sodir bo‘luvchi toshqinlardan ogohlantirishlarning oqlanishi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish