Turdiev Diston Ergash o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston florasida Oxytropis DC. turkumining taksonomik va geografik tahlili”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1246.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komil Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.05/2025.27.12.V.23.01.M
Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sandanov Denis Viktorovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida Oxytropis DC. turkumi turlarining zamonaviy konspektni tayyorlash, ularni taksonomik jihatdan qayta ko‘rib chiqish va kompleks geografik tahlilini amalga oshirish, shuningdek noyob taksonlarni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston florasi” ning birinchi nashri chop etilganidan buyon ilk bor Oxytropis turkumining to‘liq taksonomik tarkibi qayta ishlab chiqilgan. Uchta ostturkum va o‘nta seksiyaga mansub 63 turning tarkibi tanqidiy tahlil qilingan. Gerbariy kolleksiyalari va yangi dala materiallarini tanqidiy tahlil qilish asosida turkumning zamonaviy konspekti tayyorlangan hamda turlarni aniqlash uchun dixotomik kalit ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston florasida turkumning taksonomik xilma-xilligi oldingi nashr ma’lumotlaridan deyarli ikki baravar ko‘p ekanligidan dalolat beradi;
O‘zbekiston florasida Oxytropis turkumi turlarining endemizm darajasi kompleks baholangan. Mamlakat hududida aniqlangan 63 turning 51 tasi O‘rta Osiyoning tog‘li mintaqalariga xos endemlar hisoblanadi. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalari mos ravishda 16 va 17 ta endemik tur bilan deyarli teng ekanligi aniqlangan. Shuningdek, mamlakat florasida ettita tur milliy endemik sifatida qayd etilgan. Olingan ma’lumotlar mintaqaning yuqori biogeografik ahamiyatini ko‘rsatib, tog‘ ekosistemalarining zamonaviy endemizm markazlarini shakllantirishdagi hal qiluvchi ro‘lini aks ettiradi;
geobog‘langan ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan va uning asosida turlarning umumiy tarqalishi, tur boyligi darajalari hamda yig‘malar zichligini aks ettiruvchi to‘r tizimli xaritalar tayyorlangan. Olingan geoma’lumotlarning etarli va ishonchliligi Oxytropis turlarining asosiy tog‘ tizmalari hamda balandlik mintaqalari bo‘yicha fazoviy taqsimotini tahlil qilish imkonini bergan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston florasida turkum xilma-xilligining bir qator “qaynoq nuqtalari” ni aniqlagan bo‘lib, ularning aksariyati Hisor va Chotqol tizmalari hududiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi;
3500 dan ortiq gerbariy namunalarini o‘rganish, shuningdek TASh fondi materiallarini tanqidiy tahlil qilish hamda muallifning dala tadqiqotlari asosida O‘zbekiston florasida uchraydigan Oxytropis turkumining barcha 63 turining original morfologik tavsiflari tayyorlangan. Ilk bor morfologik tavsiflashda 257 ta belgi qo‘llanilgan, bundan tashqari ilgari ma’lum bo‘lgan 395 dan ortiq belgilar qayta o‘rganilib, aniqlashtirilgan. Olingan natijalar O‘zbekiston florasi doirasida Oxytropis turlarining to‘liq, batafsil va zamonaviy morfologik konsepsiyasini shakllantirish imkonini bergan. Amalga oshirilgan ishlar mavjud taksonomik tasavvurlarni kengaytiradi, turlarning chegaralari va hajmini aniqlashtiradi hamda keyingi filogenetik, biogeografik va tabiatni muhofaza qilish tadqiqotlari uchun asos yaratadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasida tarqalgan Oxytropis turlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Milliy gerbariy fondiga (TASh) 45 turga mansub 1 060 dan ortiq gerbariy namunasi topshirilgan. Shuningdek, 57 turga oid 2 236 gerbariy namunasi asosida geobog‘langan ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, “Raqamli tabiat” davlat ilmiy dasturi doirasida Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan ishlab chiqilgan Central Asia Plans Grid Mapping (GMOCA) mintaqaviy raqamli platformasiga joriy etilgan (O‘zR FAning 2025-yil 11-noyabrdagi 4/1255-2801-son ma’lumotnomasi) hamda Global Biodiversity Information Facility (GBIF) global ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan (2024-yil 25-noyabrdagi 019-son ma’lumotnomasi);
Tadqiqot natijalari asosida Nurota tizmasi hududida uchraydigan hamda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan endem va kamyob O. pseudorosea turi IUCN Qizil ro‘yxatiga EN B1ab(i,ii,iii,iv,v) + 2ab(i,ii,iii,iv,v) maqomi bilan kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish