Ibragimov Salim Safarovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumni quritishga mo‘ljallangan tabiiy havo konveksiyali va issiqlik quvurli bilvosita quyosh quritish qurilmasi”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4903. 
    Ilmiy rahbar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.17.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor;  Vardiyashvili Afdandil Askarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumni quritishga mo‘ljallangan tabiiy havo konveksiyali va issiqlik quvurli bilvosita quyosh quritgich qurilmasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilvosita quyosh quritgichining quyosh kollektorida issiqlik quvuri va issiqlik akkumulyatorlarini kombinatsiyalashtirish asosida quyosh nurlanish energiyasi, issiqlik quvuri va issiqlik akkumulyatoridan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan takomillashtirilgan quyosh quritgich qurilmasi ishlab chiqilgan;
bilvosita quyosh quritgichining energiya samaradorligini oshirish maqsadida issiqlik quvuri va issiqlik akkumulyatoridan iborat yassi quyosh kollektoridan hamda quritish shkafi ichki qismida joylashgan issiqlik almashinuv qurilmasidan olingan issiqlikdan foydalanish hisobiga uzum mahsulotini tabiiy havo konveksiyasi asosida quritish rejimi ishlab chiqilgan;
bilvosita quyosh quritgichining quyosh kollektorida joylashtirilgan issiqlik quvuriga uzatilgan issiqlik miqdoriga bog‘liq holda, issiqlik quvurida issiqlik oqimini, issiqlik quvuri ichidagi suyuqlikni quvur balandligi bo’yicha taqsimlanishini va issiqlik quvurida bug‘lanish tezligini issiqlik quvurining uzunligi bo’yicha o’zgarishini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
issiqlik quvurli yassi quyosh kollektorining energetik samaradorligini oshirish maqsadida uning ichki qismiga qo‘shimcha toshli issiqlik akkumulyatori joylashtirilganda yassi quyosh kollektorining energetik samaradorligi 15,1% ga oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzum mahsulotini quritish uchun tabiiy konveksiyali va issiqlik quvurli kombinatsiyalashgan bilvosita quyosh quritgichini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tabiiy konveksiyali va issiqlik quvurli kombinatsiyalashgan bilvosita quyosh quritgichi Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Shukur Asadbek” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 1-apreldagi №05/04-04-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, massasi 22 kg va boshlang‘ich namligi 86% bo‘lgan uzum mahsulotini oxirgi namligini 23% gacha kamaytirish uchun uzumni quritish vaqti ochiq havoda quritishga nisbatan 24 soatga qisqargan va quritilgan mahsulot bo‘yicha unumdorlikni 20% ga oshirishga erishilgan. Shuningdek, foydali hajmi 0,38 m3 bo‘lgan bilvosita quyosh quritgich qurilmasidan bir mavsumda foydalanilganda yil davomida 415 kVtsoat energiya yoki 156,5 kg shartli yoqilg‘ini tejash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish