Mirzaxidova Ozoda Mirabdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘llarni tezyurar harakat uchun ta’mirlashda er polotnosini kuchaytirish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6012 
Ilmiy rahbar: Lesov Kuvandik Saginovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Shayaxmetov Saulet Berlikashevich, texnika fanlari doktori, professor, Abdukamilov Shavkat Shuxratovich, texnika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tezyurar poezdlar harakati sharoitida temir yo‘l er polotnosini ta’mirlashda uning ishonchliligi va ustuvorligini oshirish uchun er polotnosini kuchaytirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tezyurar poezdlar harakati sharoitida temiryo‘l er polotnosini kuchaytirish uchun ta’mirlashning mavjud usullari va texnologiyalarini tahlil qilish asosida er polotnosini kuchaytirish texnologiyasi takomillashtirish uchun temiryo‘l er polotnosining deformatsion xususiyatlari qonuniyatlari asoslangan;
poezdlarning tezyurar harakati sharoitlari va dinamik ta’sirini hisobga olgan holda zamonaviy geosintetik materiallarni qo‘llash orqali er polotnosini kuchaytirish texnologiyasining uslubi takomillashtirilgan;
poezdlar tezyurar harakatida rels choklari zonalarida er polotnosi asosiy maydonchasini lokal kuchaytirish texnologiyasi zamonaviy geosintetik materiallardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
dinamik yuklamalar va geosintetik materiallar bilan armirlash samaradorligini hisobga olgan holda, tezyurar poezdlar harakatida er polotnosining kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holatini baholash uslubi dinamika koeffisienti va bo‘ylama samaradorlik koeffisientiga bog‘liqligini kiritish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Temir yo‘llarni tezyurar harakat uchun ta’mirlashda er polotnosini kuchaytirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida: 
temir yo‘l er polotnosi asosiy maydonchasini rels choklari zonalarida geosintetik materiallar (geotekstil va yassi geopanjara) ni qo‘llagan holda lokal kuchaytirish texnologiyasi “Temir yo‘l rels choklari zonalarida geosintetik materiallarni asosiy maydonchaga yotqizish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma”da ishlab chiqilgan va konstruktiv-texnologik echimlar “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4/E1691-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiyani joriy etish yuklarni qayta taqsimlash, qoldiq deformatsiyalarni kamaytirish va asosning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshishini ta’minlab, relslar hamda ballast qatlamining xizmat muddatini 15–20 % ga uzaytirishga, shuningdek yo‘lni joriy saqlash bo‘yicha ekspluatatsion xarajatlarni 20–25 % ga qisqartirishga imkon beradi;
poezdlarni tezyurar harakatida rels choklari zonalarida er polotnosining asosiy maydonchasini kuchaytirish uchun geosintetik materiallarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4/E1691-son ma’lumotnomasi). Natijada, rels choklari zonalarida lokal kuchaytirish mustahkamlik shartlarining ustuvor bajarilishini va poezdlarning 160-200 km/soat tezliklarida asosdagi kuchlanishlarni σ (0,6) ≤ 0,08 MPa gacha pasayishini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish