Qoraboshev Oybek Zokirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yong‘in xavfini yuzaga kelishini bashoratlash bo’yicha qaror qabul qilishga ko’maklashuvchi algoritmlar”, 05.01.02 - “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4161.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xakkulmirzaevich, texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Tishlikov Sultonjon Abduraimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in xavfini yuzaga kelishini tezkor bashoratlash, oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritmlar ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yong‘in xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi raqamlashtirilgan tizimlarni boshqarishda, murakkab jarayonlarni funksional quyi tizimlarga ajratishga asoslangan dekompozision yondashuv ishlab chiqilgan;
real vaqt rejimida qurilmadan uzliksiz ravishda olingan ma’lumotlar asosida yong‘in xavfi darajasining aniqligini oshirish imkonini beruvchi algoritm takomillashtirlgan; 
yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in yuzaga kelishi ehtimolini oldindan bashoratlashga yo‘naltirilgan model ishlab chiqilgan;
taklif qilinayotgan model asosida yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda yong‘in yuzaga kelishini oldindan aniqlashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan; 
yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritm takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan yong‘in xavfini bashoratlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning model va algoritmlari hamda dasturiy majmua asosida:
yong‘in xavfini yuzaga kelishini bashoratlash bo‘yicha ishlab chiqilgan “Gas Alerter” apparat-dasturiy majmuasi, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga, yong‘in-portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in holatlari haqidagi axborotlarni masofadan markazga uzatish va qayta ishlash maqsadida joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamentining 2025-yil, 01-dekabrdagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada yong‘inni keltirib chiqaruvchi holatlarni bashoratlashda soha xodimlarining ish samaradorligini 12-15% ga oshirish imkonini bergan;
yong‘in xavfi yuzaga kelganda qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan apparat-dasturiy majmuasi Andijon viloyati, Andijon shahri Favqulodda  vaziyatlar bo‘limida, yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini real vaqt rejimida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi hisobotlarini taqdim qilish maqsadida joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamentining 2025-yil, 01-dekabrdagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada yong‘in-portlash xavfini tezkor aniqlash va oldini olish ishlari samaradorligi hamda yong‘inni keltirib chiqaruvchi holatlarni bashoratlash uchun ketadigan vaqtni o’rtasha 10-12% ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish