Eshkuvvatov Gayrat Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya meningiomalarida tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashda zamonaviy yondashuv», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.4.PhD/Tib3220.
Ilmiy raxbar: Asadullaev Ulugbek Maksudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.14.01
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ablyazov Otabek Vaxobovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bosh miya meningiomasi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash usullari va differensial jarrohlik davolash yondashuvlarini takomillashtirish orkali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistik regressiya usuli orqali meningiomalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashda massiv qon yo‘qotishning asosiy xavf omillari – suyak shikastlanishi (r=0,001) va invaziv o‘sish (r=0,01) ekanligi matematik jihatdan asoslangan;
ishlab chiqilgan massiv intraoperatsion qon yo‘qotishni prognoz qilish usuli embolizatsiyaga ko‘rsatmalarni aniq balllardagi mezonlar asosida belgilashi isbotlangan;
bosh miya meningiomasi embolizatsiyasining samaradorligi o‘sma matriksining asosiy qismini (50%dan ortiq) tashqi uyqu arteriyasidan oziqlanish sohasida joylashgan hollarda yuqori bo‘lishi isbotlangan;
bosh miya meningiomalarida ikki bosqichli jarrohlik amaliyotini qo‘llash (birinchi bosqich – embolizatsiya, ikkinchi bosqich – o‘smalarni olib tashlash) jarrohlik davolash natijalarini ishonchli ravishda (p>0.05) yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 14/26-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: logistik regressiya usuli orqali meningiomalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashda massiv qon yo‘qotishning asosiy xavf omillari – suyak shikastlanishi (r=0.001) va invaziv o‘sish (r=0.01) ekanligi matematik jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: miya meningiomalarida xavf omillari baxolanib asosiy xavf omillari aniqlandi: suyak shikastlanishi (p=0,001) va invaziv o‘sish (p=0,01), ushbu mezonlar optimal jarrohlik davolash taktikasini tanlash imkonini berishi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 oktyabrdagi 189-sonli buyruq, hamda Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 sentyabrdagi 406-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish bosh miya meningiomalari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, bu bemorlarga ish va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish his qilish imkonini berdi; soha darajasida - umr ko‘rish davomiyligini oshirish va nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) operatsiyadan oldingi bosqichda algoritmdan foydalanish yotoq kunlari sonini 3-5 kungacha kamaytirishga imkon berdi; 2) bemorning ishga erta qaytishi operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi. Xulosa: meningiomalarda intraoperatsion qon yo‘qotishning asosiy xavf omillarini baholanishi – bu davolash algoritmi va jarrohlik yondashuvini belgilaydigan asosiy mezondir.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan massiv intraoperatsion qon yo‘qotishni prognoz qilish usuli embolizatsiyaga ko‘rsatmalarni aniq balllardagi mezonlar asosida belgilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: miya meningiomalarida intraoperatsion qon yo‘qotishni prognoz qilish usuli embolizatsiyaga ko‘rsatmalarni aniq balllardagi mezonlar asosida belgilab, differensiallashgan jarrohlik yondashuvini tanlash imkonini beruvchi algoritmning qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 oktyabrdagi 189-sonli buyruq, hamda Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 sentyabrdagi 406-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish miya meningiomalarida jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, buning natijasida operatsiya vaqtida qon yo‘qotish xajmi 1,8 barobar va gemotransfuziya xajmi 2,5 barobar qisqardi, bu esa bemorlarda jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, ambulatoriya va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish va erta aktiv xayotga kaytish imkonini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: miya meningiomalarida operatsiyadan oldin qon yo‘qotish xavf omillarini aniqlashga asoslangan differensial jarrohlik yondashuvi intraoperatsion gemotransfuziya hajmini sezilarli darajada kamaytirdi, reabilitatsiya muddati qisqardi va ortiqcha resurslar sarfini kamaytirishga imkon berdi, bu esa takroriy amaliyot ehtiyojini bartaraf qildi. Xulosa: miya meningiomalari jarroxligida xavf omillarini baholash va prognoz qilish jarrohlik taktikasiga to‘g‘ri yondashishni ta’minlab, operatsiya vaqtida qon yo‘qotish va gemotransfuziya hajmini kamaytiradi, bemorlarda tiklanish jarayonini tezlashtiradi va asoratlar ehtimolini pasaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya meningiomasi embolizatsiyasining samaradorligi o‘sma matriksining asosiy qismini (50%dan ortiq) tashqi uyqu arteriyasidan oziqlanish sohasida joylashgan hollarda yuqori bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya meningiomalarida tashqi uyqu arteriyasidan 50% dan ortiq hajmda oziqlanadigan o‘smalarda embolizatsiya samarali ekani aniqlanib, ushbu usul operatsiya vaqtida qon yo‘qotishni kamaytirish, jarrohlik maydonini yaxshiroq vizualizatsiya qilish va o‘smani radikal olib tashlash imkonini berishi, shu bilan birga operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini pasaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 7 fevraldagi 56-sonli buyruq, hamda Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 15 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya meningiomalarida embolizatsiya samaradorligi o‘sma matriksining asosiy qismi (≥50%) tashqi uyqu arteriyasi tizimidan oziqlanganda yuqori bo‘lishi aniqlandi, bu esa bemorlarni saralash va embolizatsiyani maqsadli rejalashtirish imkonini berib, operatsiya vaqtida qon yo‘qotish va gemotransfuziya hajmini kamaytirishga, nevrologik tiklanishni tezlashtirishga hamda hayot sifatini oshirishda samaradorligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya meningiomalarida embolizatsiyani to‘g‘ri rejalashtirish operatsiya xavfini kamaytiradi, qon yo‘qotish va gemotransfuziya ehtiyoji kamayishi esa reanimatsiya va statsionar davolash muddatini qisqartiradi, bu orqali sog‘liqni saqlash resurslari tejaladi va davolash xarajatlari optimallashadi. Bunday yondashuv operatsiya sifatini kafolatlab, bemorlarning tezroq funksional tiklanishiga xizmat qiladiyuh. Xulosa: tavsiya etilgan rejalashtirish usuli, jarroxlik davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi, davolash natijalarini yaxshilaydi, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini pasaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya meningiomalarida ikki bosqichli jarrohlik amaliyotini qo‘llash (birinchi bosqich – embolizatsiya, ikkinchi bosqich – o‘smalarni olib tashlash) jarrohlik davolash natijalarini ishonchli ravishda (p>0.05) yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya meningiomalarida embolizatsiya va keyingi rezeksiyadan iborat ikki bosqichli jarrohlik taktikasi intraoperatsion qon yo‘qotishni kamaytirib, rezeksiyani engillashtiradi va gemotransfuziya ehtiyojini pasaytiradi. Ushbu yondashuv asoratlar chastotasini kamaytirib, umumiy klinik natijalarni yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 7 fevraldagi 56-sonli buyruq, hamda Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 15 yanvardagi 5-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya meningiomalarida diagnostika va jarrohlik protokollarining takomillashtirilishi operatsiya vaqtidagi qon yo‘qotishni kamaytirish, jarrohlik taktikacini tez va aniq belgilash, shu bilan birga statsionarda davolanish muddatini sezilarli qisqartirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash xarajatlari bir bemorda o‘rtacha 800000 so‘mdan 500000 so‘mga kamayib, 300000 so‘m tejab qolindi, dori vositalari va xizmat ko‘rsatish uchun 268000 va 35000 so‘m miqdorida tejamga erishildi, statsionarda qolish kunlari 2 kunga qisqardi. Ushbu yutuqlar natijasida metodikaning umumiy iqtisodiy samarasi yil davomida 57270300 so‘mni tashkil etgani aniqlandi. Xulosa: ikki bosqichli jarrohlik taktikasi bosh miya meningiomalarini davolashda yuqori samaradorlikka ega ekani isbotlandi, embolizatsiya natijasida intraoperatsion qon yo‘qotish kamayib transfuziya ehtiyoji kamaydi va o‘smani radikal olib tashlash imkoniyati oshdi, operatsiyadan keyingi asoratlar soni pasayib, bemorlarning tiklanish muddati qisqardi va reabilitatsiya jarayoni tezlashdi, bu esa uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi va moddiy xarajatlarni kamaytirdi.