Xudoynazarova Sarvinoz Qarshi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.17–Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.I.PhD/Iqt2074
Ilmiy rahbar: Yarashova Vasila Kamalovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc), Safarova Nilufar Ne’matillaevnalar, iqtisodiyot fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Samarqand iqtisodiyot va servis” instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning barcha gastronomik turizm sohasini yanada takomillashtirishda yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy takliflar va tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “gastronomik turizm” tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda zamonaviy tendensiyalar, raqamlashtirish orqali yangi ilmiy tushuncha berish, shu bilan birga, raqamli transformatsiya va innovatsiyani qo‘llab quvatlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan.
O‘zbekistonning viloyatlari hududlarida mahallalar aholisini faol jalb qilgan
holda Toshkent viloyati So‘qoq tumani bo‘yicha “Gastro mahalla” konsepsiyasi va xaritasi ishlab chiqildi va gastronomik turizmni rivojlashtirishda konseptual yondashuvini amalga oshirish taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
turizm bozoriga “Gastro agro” tur paket mahsuloti marketing konsepsiyasi asosida o‘rganilib, mahsulotga destinatsiyasi taklif etilgan.
gastronomik turizm infratuzilmasi hamda turistik oqim hajmining iqtisodiy o‘sishini jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida 2023-2030 yillardagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi globallashuv sharoitda turizm rivojlanishining barqaror dinamikasiga erishishga xizmat qiluvchi turizm salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy qoidalari va yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan quyidagi takliflar amaliyotga joriy etildi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “gastronomik turizm” tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda zamonaviy tendensiyalar, raqamlashtirish orqali yangi ilmiy tushuncha berib o‘tilgan hamda ilmiy nuqtayi nazardan, aynan gastronomik turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun katta ahamiyatga egaligi asoslangan.
O‘zbekistonning viloyatlari hududlarida mahallalar aholisini faol jalb qilgan holda Toshkent viloyati So‘qoq tumani bo‘yicha “Gastro mahalla” konsepsiyasi va xaritasi ishlab chiqildi va gastronomik turizmni rivojlashtirishda konseptual yondashuvini amalga oshirish taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Shuningdek, Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda turizm qishloqlarini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish, milliy taomlariga alohida e’tibor qaratilgan, hududning dizayn kodi ishlab chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qaroriga 4a-ilovasiga kiritishda foydalanilgan.
Turizm bozoriga “Gastro agro” tur paket mahsuloti marketing konsepsiyasi asosida o‘rganilib, mahsulotga destinatsiyasi taklif etilgan. Ushbu turni turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali turizm salohiyatini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qaroriga 4a-ilova “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda inobatga olingan. Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turizm sohasida tadbirkorlik subektlar soni 5-8 foizgacha o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishni ta’minlash orqali tadbirkorlik muhitidagi ijobiy dinamik o‘zgarishlar uchun imkon yaratilishi asoslab o‘tilgan.
O‘zbekiston gastronomik turizm salohiyatini rivojlantirishda ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2030-yillarga borib turistik xizmatlar eksportini 4,7 martaga, xorijiy turistlar sonini 3,2 martaga oshirish imkoniyati aniqlangan.