Axmedov Zafar Kadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5851
Ilmiy rahbar: Xolov Aktam Xatamovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.I.01.03.
Rasmiy opponentlar: i.f.d. prof. Raximova Dilfuza Nigmatovna, i.f.d. prof. Umarova Go‘zal G‘ayratovna.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati misolida kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik sanoat zonalarini joylashtirish va tashkil etishni boshqarish samaradorligini oshirishda kichik sanoat zonalarini tashkil etishning asosiy omillari yordamida integral baholash hududiy iqtisodiy salohiyat (HIS = 0,35), mahalliy resurslar (MR = 0,23), bozor infratuzilmasi (BI = 0,17) va institutsional muhit (IM = 0,25) omillari ta’sir chegarasini belgilash orqali takomillashtirilgan;
kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish maydonlari va er uchastkalarini taqsimlash jarayonida investisiya loyihalarining mavjud texnik infratuzilma bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini baholashni elektron auksion platformasi asosida amalga oshirish orqali investorlarga infratuzilma jihatdan yuqori tayyorlikka ega bo‘lgan maydonlarni ustun tarzda taqdim etishni ta’minlash asoslangan;
kichik sanoat zonalarida takroriy tanlovda yagona talabgorning investisiya buyurtmanomasini tarmoq ixtisoslashuvi va hududiy resurslar salohiyati mezonlari asosida kompleks baholash, Ma’muriy kengash tomonidan qaror qabul qilishning kollegial ovoz berish jarayonini to‘liq raqamlashtirish va ushbu jarayonni elektron-onlayn auksion instituti bilan integratsiyalash orqali loyiha tanlovlarini o‘tkazish muddati (30 ≤ MLT ≤ 40%) hamda joy taqsimoti bo‘yicha inson omili ta’siri (TIO ≤ 60%) ni qisqartirishning miqdoriy chegaralari asoslangan;
kichik sanoat zonalarida ssenariyli prognozlash va tarmoq ixtisoslashuviga asoslangan kompleks modeli maqsadli indikatorlari asosida Xorazm viloyati kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kichik sanoat zonalarini joylashtirish va tashkil etishni boshqarish samaradorligini oshirishda kichik sanoat zonalarini tashkil etishning asosiy omillari yordamida integral baholash hududiy iqtisodiy salohiyat (HIS = 0,35), mahalliy resurslar (MR = 0,23), bozor infratuzilmasi (BI = 0,17) va institutsional muhit (IM = 0,25) omillari ta’sir chegarasini belgilash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Xorazm viloyat boshqarmasi va Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 27-apreldagi 02-13-4176-son, 2025-yil 24-yanvardagi 02-20-00101-son, Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-apreldagi 10-1538-son, 2026-yil 15 yanvardagi 7-142-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida samaradorlik formulasi qo‘llanilishi ta’sirida boshqaruv samaradorligini 25 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish maydonlari va er uchastkalarini taqsimlash jarayonida investisiya loyihalarining mavjud texnik infratuzilma bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini baholashni elektron auksion platformasi asosida amalga oshirish orqali investorlarga infratuzilma jihatdan yuqori tayyorlikka ega bo‘lgan maydonlarni ustun tarzda taqdim etishni ta’minlash bo‘yicha takliflari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025-yil 14-maydagi 04/7-10-4-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 27-apreldagi 02-13-4176-son, 2025-yil 24-yanvardagi 02-20-00101-son, Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-apreldagi 10-1538-son, 2026-yil 15 yanvardagi 7-142-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarorida tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomning 26-bandida o‘z aksini topib, barcha KSZlar boshqaruviga joriy etilgan hamda jami respublikadagi 532 ta KSZ larda 4654 ta loyihalarda 7,4 trln.so‘mlik investisiyalar o‘zlashtirilishiga erishilgan;
kichik sanoat zonalarida takroriy tanlovda yagona talabgorning investisiya buyurtmanomasini tarmoq ixtisoslashuvi va hududiy resurslar salohiyati mezonlari asosida kompleks baholash, Ma’muriy kengash tomonidan qaror qabul qilishning kollegial ovoz berish jarayonini to‘liq raqamlashtirish va ushbu jarayonni elektron-onlayn auksion instituti bilan integratsiyalash orqali loyiha tanlovlarini o‘tkazish muddati (30 ≤ MLT ≤ 40%) hamda joy taqsimoti bo‘yicha inson omili ta’siri (TIO ≤ 60%) ni qisqartirishning miqdoriy chegaralariga doir takliflari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025-yil 14-maydagi 04/7-10-4-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 27-apreldagi 02-13-4176-son, 2025-yil 24-yanvardagi 02-20-00101-son, Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-apreldagi 10-1538-son, 2026-yil 15 yanvardagi 7-142-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarorida tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomning 29-bandida o‘z aksini topib, barcha KSZlar boshqaruviga joriy etilgan hamda jami 528 ta KSZ larda 4654 ta loyihalarda yillik 14,3 trln.so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlariga erishilgan;
kichik sanoat zonalarida ssenariyli prognozlash va tarmoq ixtisoslashuviga asoslangan kompleks modeli maqsadli indikatorlari asosida Xorazm viloyati kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlariga doir takliflari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 27-apreldagi 02-13-4176-son, 2025-yil 24-yanvardagi 02-20-00101-son, Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-apreldagi 10-1538-son, 2026-yil 15 yanvardagi 7-142-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida murojaat qilayotgan tadbirkorlarning byurokratik jarayonlari kamayib, loyihalarning ishga tushish muddatlari kamayishiga va jami KSZ larda bo‘sh er maydonlari 85% ga qisqartirilishiga erishilgan.