Muxitdinov Umidjon Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qisilgan posttravmatik diafragma churralarini diagnostikasi va jarroxlik davolashni takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3246.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Chernousov Fyodor Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy tashxisot usullarini qo‘llash va kam invaziv usullardan foydalangan holda yangi davolash-diagnostik algoritmni ishlab chiqish orqali qisilgan posttravmatik diafragmal churralarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoshilinch tibbiy yordamning shifoxonagacha bo‘lgan bosqichida qisilgan posttravmatik diafragmal churralarning mavjudligini aniqlash ehtimoliga oid yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan absolyut, ehtimoliy va shubhali prediktorlarning prognostik ahamiyati isbotlangan;
qisilgan posttravmatik diafragmal churralar diagnostikasida yuqori spesifikligi hisobiga zamonaviy nur-tashxisot usullarining samaradorligi isbotlangan;
qisilgan posttravmatik diafragmal churralarda holatning og‘irligi va qisilish xususiyatini kompleks klinik-instrumental baholash asosida shoshilinch tibbiy yordam sharoitida operativ taktikani tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi an’anaviy, kam invaziv va gibrid xirurgik aralashuvlarni qo‘llash ko‘rsatmalari va ularning tartibi asoslangan;
qisilgan posttravmatik diafragmal churralarda zamonaviy nurli vizualizatsiya usullari va kam invaziv aralashuvlarning ahamiyati va o‘rnini aniqlagan holda ishlab chiqilgan yangi tashxisot-davolash algoritmining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qisilgan posttravmatik diafragma churralarini diagnostikasi va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shoshilinch tibbiy yordamning shifoxonagacha bo‘lgan bosqichida qisilgan posttravmatik diafragmal churralarning mavjudligini aniqlash ehtimoliga oid yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan absolyut, ehtimoliy va shubhali prediktorlarning prognostik ahamiyati isbotlanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 17 maydagi 2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Qisilgan posttravmatik diafragmal churralarni diagnostika qilishni takomillashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245-I-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23/32-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi:  Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan prediktorlar qo‘llanishi orqali qisilgan PTDChlarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati ta’minlandi, davolash taktikasini tanlash optimallashtirildi va gospitalgacha bosqichda diagnostika sifatini oshirildi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari statsionarda davolash muddatini qisqartirish va har bir bemor uchun xarajatni 1500000 so‘mga kamaytirishga imkon berdi; gospitalizatsiya muddatlarining qisqarishi hisobidan bir o‘rin-kun uchun 2750000 so‘m iqtisod qilindi, tadqiqot doirasida (n=50) jamlanma samaradorlik 75000000 so‘mni tashkil qildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qisilgan posttravmatik diafragmal churralar diagnostikasida yuqori spesifikligi hisobiga zamonaviy nur-tashxisot usullarining samaradorligi isbotlanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 17 maydagi 2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Qisilgan posttravmatik diafragmal churralarni diagnostika qilishni takomillashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 2024 yil 22 noyabrdagi 247-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23/32-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: prediktorlarni joriy etish gospitalgacha bosqichda taktik qarorlar qabul qilishning asosliligini oshirdi, ixtisoslashtirilgan yordamni boshlashgacha bo‘lgan vaqtni qisqartirdi va qisilgan PTDChlarni kech tashxis qilish xavfini kamaytirdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan prediktorlardan foydalanish shoshilinch tibbiy yordamning ilk bosqichlarida diagnostika tadbirlari hajmini qisqartirish va davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam berdi, bu esa har bir bemor uchun 1500000 so‘m, tadqiqot doirasida (n=20) 30000000 so‘m iqtisodiyotni ta’minladi;
uchinchi ilmiy yangilik: qisilgan posttravmatik diafragmal churralarda holatning og‘irligi va qisilish xususiyatini kompleks klinik-instrumental baholash asosida shoshilinch tibbiy yordam sharoitida operativ taktikani tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi an’anaviy, kam invaziv va gibrid xirurgik aralashuvlarni qo‘llash ko‘rsatmalari va ularning tartibi asoslanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 17 maydagi 2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Qisilgan posttravmatik diafragmal churralarni diagnostika qilishni takomillashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245-I-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23/32-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: yangi algoritmdan foydalanish qisilgan PTDChlarda davolash-diagnostika jarayonini standartlashtirish va jarrohlik davolash xavfsizligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: algoritm joriy etilishi diagnostika va davolash resurslarini ratsional ishlatish, statsionarda davolash muddatlarini qisqartirish va tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytirishga xizmat qildi; bu har bir bemor uchun 1500000 so‘m, tadqiqot doirasida (n=9) esa 13500000 so‘m iqtisodiy samarani ta’minladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qisilgan posttravmatik diafragmal churralarda zamonaviy nurli vizualizatsiya usullari va kam invaziv aralashuvlarning ahamiyati va o‘rnini aniqlagan holda ishlab chiqilgan yangi tashxisot-davolash algoritmining samaradorligi isbotlanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 17 maydagi 2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Qisilgan posttravmatik diafragmal churralarni diagnostika qilishni takomillashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialining 2024 yil 19 noyabrdagi 245-I-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23/32-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: differensial yondashuvni joriy etish jarrohlik aralashuvlarining travmatizmini kamaytirdi va qisilgan PTDCh bilan bemorlarni davolashda klinik natijalarni yaxshiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik taktikasini optimallashtirish gospitalizatsiya muddatini qisqartirish va davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam berdi; bu har bir bemor uchun 1500000 so‘m, tadqiqot doirasida (n=27) esa 40500000 so‘m iqtisodiy samarani ta’minladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish