Matniyazov Bobomurod Madirimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet negizida jigar abssesslari davosining kaminvaziv usulini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4697.
Ilmiy rahbar: Yakubov Farxod Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Maxmudov Ulugbek Marufjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
qandli diabet negizida rivojlangan jigar abssessini, punksion-drenajlash amaliyotini taktik va texnik mezonlarini takomillashtirish evaziga miniinvaziv davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oshqozon osti bezida yaqqol interstisial shish bilan qon tomirlar buzilishining rivojlanishi, qonda glyukoza miqdorining doimiy o‘sishini ta’minlovchi Langergans orolchalarining nobud bo‘lishi orqali β – hujayraning nekrobiozi va nekrozi bilan tavsiflanadigan qandli diabetning eksperimental modelini shakllantirishni ishlab chiqilgan; 
qandli diabet shakllanishi paytida jigar joylashishining teri orqali past energiyali lazer nurlanishidan foydalanish oshqozon osti bezi sekretor hujayralari tomonidan insulinning qo‘shimcha chiqarilishiga, mikrotsirkulyasiyani kuchaytirishga va jigarning detoksifikatsiya funksiyasini yaxshilashga, alloksanning toksik ta’sirini kamaytirishga yordam berishi aniqlangan;
alloksanli qandli diabet bilan og‘rigan eksperimental hayvonlarda fotodinamik terapiya tamoyillaridan foydalangan holda jigar abssessiga mahalliy antibakterial ta’sir yiringli bo‘shliqni bitishini tezlashtirishi va jigar to‘qimalarining normal morfologik tuzilishini tiklashi aniqlangan;
bo‘shliqqa kiritilgan levofloksatsinga fotosensibilizatsiya ta’siri, shuningdek reparativ jarayonlarni kuchaytirishni ta’minlaydigan ultrabinafsha jihatida lazer nurlanishini olib borish bilan punksion-drenajlash aralashuvini o‘tkazishga asoslangan jigar abssessini kaminvaziv davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qandli diabet negizida jigar abssesslari davosining kaminvaziv usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 y. 20/16-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: oshqozon osti bezida yaqqol interstisial shish bilan qon tomirlar buzilishining rivojlanishi, qonda glyukoza miqdorining doimiy o‘sishini ta’minlovchi Langergans orolchalarining nobud bo‘lishi orqali β – hujayraning nekrobiozi va nekrozi bilan tavsiflanadigan qandli diabetning eksperimental modelini shakllantirishni ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (15.10.2024 y. 148-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (16.10.2024 y. 225-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan qandli diabet eksperimental modelini yaratish usulini qo‘llash qondagi qand miqdorini turg‘un ko‘tarilishini ta’minlab, qandli diabet negizida yiringli nekrotik jarayonini o‘ziga xosligiga baho berish bo‘yicha obektiv tekshirishlash olib borish imkonini yaratib berishi tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan so‘ngi kuzatilish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olishida inobatga olinib, davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish orqali 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarini 273 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: qandli diabetning eksperimental modelini shakllantirishning ishlab chiqilgan usulida oshqozon osti bezida qon tomirlarining buzilishi tufayli, keskin namoyon bo‘ladigan interstisial shish, nekrobioz va β-hujayralarining nekrozi, Langergans orolchalarini qurib qolishiga olib keladi, bu qonda glyukoza miqdorining turg‘un oshishini ta’minlaydi va qandli diabet negizida yiringli-nekrotik jarayonlarning xususiyatlarini baholash uchun ob’ektiv tadqiqotlar o‘tkazish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet shakllanishi paytida jigar joylashishining teri orqali past energiyali lazer nurlanishidan foydalanish oshqozon osti bezi sekretor hujayralari tomonidan insulinning qo‘shimcha chiqarilishiga, mikrosirkulyasiyani kuchaytirishga va jigarning detoksifikatsiya funksiyasini yaxshilashga, alloksanning toksik ta’sirini kamaytirishga yordam berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (15.10.2024 y. 148-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (16.10.2024 y. 225-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: levofloksatsin eritmasiga lazer bilan ta’sir qilib fotodinamik faollashtirish, uni to‘liq antimikrob ta’siriga ega bo‘lishini, hamda lazer nurlantirish jigar abssessini bitish jarayonini tezlashtirishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: levofloksatsin eritmasiga lazer bilan ta’sir qilib fotodinamik faollashtirish orqli bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 050 000 so‘mga kamaytirgan shifoxonada 1 kun qolish 210 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: qandli diabetning alloksan negizida jigar abssessining shakllanishi bilan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, levofloksatsin eritmasining fotodinamik faollashuvi bilan lazer ta’siri mikroblarga qarshi ta’sirga yordam beradi va lazer nurlanishi reparatsiya jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 7 kunda abssess bo‘shlig‘ini detritlardan tozalab, o‘choq hajmini kichraytiradi va 21 kunga kelib jarayonda bitish kuzatiladi, nazorat guruhida esa abssess bo‘shlig‘ida detrit va fibrin qarashlar 45 kungacha saqlanib qolgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: alloksanli qandli diabet bilan og‘rigan eksperimental hayvonlarda fotodinamik terapiya tamoyillaridan foydalangan holda jigar abssessiga mahalliy antibakterial ta’sir yiringli bo‘shliqni bitishini tezlashtirishi va jigar to‘qimalarining normal morfologik tuzilishini tiklashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (15.10.2024 y. 148-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (16.10.2024 y. 225-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan jigar abssessini miniinvaziv davolash usuli antibakterial dori vositalarini uning devoriga adekvat shimilishini ta’minlaydi, lazer nurlantirish fotosensibilizirlovchi samarasi hisobiga antimikrob ta’sirini kengaytirishiga va regenerativ jarayonni tezlashtirishiga aniqlik kiritildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lazer nurlantirish fotosensibilizirlovchi samarasi hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1050000 so‘mga kamaytirgan (Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 210000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yallig‘lanish reaksiyasi faolligining dinamik namoyon bo‘lishini va jigarda yiringli-destruktiv o‘choq holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, tavsiya etilgan kam invaziv davolash usulidan foydalanish, bemorlarning 78,9 foizida 3 kunda gipertermik reaksiyani to‘xtatishga imkon berdi (taqqoslash guruhida - 37%; p<0,001), bunda abssessning chiziqli o‘lchami 10 kunga kelib 7,7±2,9 dan 2,9±1,8 smgacha qisqardi (taqqoslash guruhida 7,4±2,6 dan 4,9±2,7 smgacha; p<0.05), mos ravishda antibakterial terapiya davomiyligi 14,3±3,4 dan 11,2±3,0 kungacha (p<0.05), drenajlash vaqti 14,6±5,5 dan 10,7±4, 5 kungacha (p<0.05) qisqartirishga erishildi va kasalxona yotish muddati 15,9±5,4 dan 12,1±4,8 kungacha (p<0.05) kamaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘shliqqa kiritilgan levofloksatsinga fotosensibilizatsiya ta’siri, shuningdek reparativ jarayonlarni kuchaytirishni ta’minlaydigan ultrabinafsha jihatida lazer nurlanishini olib borish bilan punksion-drenajlash aralashuvini o‘tkazishga asoslangan jigar abssessini kaminvaziv davolash usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (15.10.2024 y. 148-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (16.10.2024 y. 225-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar abssessini takomillashtirilgan punksion drenajlash usulida davolash antibakterial terapiyani, drenajlash muddatini va kasalxona yotish davrini qisqartirib, yiringli o‘chog‘ qayta hosil bo‘lish xavfini pasaytirib, umuman olganda davolash natijalarini yaxshilashini ta’minlashi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigar abssessini takomillashtirilgan punksion drenajlash usulida davolash antibakterial terapiyani qo‘llash orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: qandli diabet negizida yuzaga keladigan jigar abssessiga punksion-drenaj aralashuvining tavsiya etilgan usulining klinik samaradorligi, yiringli-destruktiv o‘choq qaytalanishini 16,7% dan 5,3% gacha kamayishiga va yaxshi natijalar ulushini 63% dan 89,5% gacha ko‘payishiga va laparotomiya operatsiyasini talab qiladigan qoniqarsiz natijalarning 14,8% dan 2,6% gacha (p=0,016) qisqarishiga olib kelib, bu birlamchi va takroriy (residiv negizida) davolashdan keyin muvaffaqiyatli natijaning 85,2% dan 97,4% gacha oshishini ta’minladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish