Ulug‘bekova Gulruxan Juraevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):   “Saraton kasalliklariga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi xalq tabobati vositalarining makrofaglar morfologiyasiga ta’siri”, 14.00.41- Xalq tabobati.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib4817.
 Ilmiy maslahatchi: Mamatova Irodaxon Yusupovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar:  Fattahov Nusratillo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Mo‘minjon Yusupovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: saraton kasalligiga qarshi xalq tabobati vositalarining makrofaglar morfologiyasi va funksional holatiga ta’sirini aniqlash orqali samarali va xavfsiz fitoterapevtik vositalar ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asoslarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xalq tabobatida qo‘llaniladigan “Majmuiy Raxmoniy” va “Askal`siy” tabiiy komplekslarining CD80, CD86, CD163 va CD206 markerlari ekspressiyasiga ta’siri aniqlanib, ularning proinflamator (M1) fenotipni faollashtiruvchi va immuno supressiv (M2) fenotipni kamaytiruvchi xususiyatlari aniqlangan. 
In vivo sharoitda “Majmuiy Raxmoniy” va “Askal`siy” oziq-ovqat qo‘shilmalarining glioblastoma hujayralari bilan kokul`tura modeli hamda glioblastoma modelli hayvonlarda angiogenezni susaytirishi, immun hujayralar infil`tratsiyasini oshirishi va o‘sma massasi hamda metastazlar sonini kamaytirishi orqali aniq antitumor va immunoregulyator faollikka ega ekanligi isbotlanib, makrofaglar orqali vositachilik qiluvchi apoptoz-immunoregulyator integratsion modeli ishlab chiqilgan.
xalq tabobatida qo‘llaniladigan tabiiy komplekslarning toksikologik xavfsizlik darajasi (LD₅₀, ALT, AST, kreatinin, bilirubin) aniqlanib, ularning toksik bo‘lmagan, klinik qo‘llanish uchun xavfsiz dozalari belgilanib, antioksidant faollikni oshirishi, yallig‘lanish mediatorlari (IL-6, TNF-α, IL-10) balansini tiklashi va IL-10/TNF-α nisbati orqali immun gomeostazni me’yorlashtirishi ilmiy asoslangan.
majmuiy Rahmoniy va Askal`siy oziq ovqat qo‘shilmalarini doksorubisin bilan sinergik ta’siri aniqlash natijasida ularning sitotoksik samaradorligini oshiruvchi va toksik ta’sirini kamaytiruvchi, saraton hujayralarini nishonli apoptozga yo‘naltirish evaziga immun tizim faoliyatini kuchaytirish xususiyati isbotlangan;
O‘zbekiston sharoitidagi mahalliy tabiiy preparatlarga asoslangan, toksik bo‘lmagan immunomodulyator vositalar (Majmuiy Rahmoniy va Askal`siy) asosida saraton immunoterapiyasida qo‘llash uchun ilmiy asoslangan fitoterapevtik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor xalq tabobatida qo‘llaniladigan “Majmuiy Raxmoniy” va “Askal`siy” tabiiy komplekslarining CD80, CD86, CD163 va CD206 markerlari ekspressiyasiga ta’siri aniqlanib, ularning proinflamator (M1) fenotipni faollashtiruvchi va immuno supressiv (M2) fenotipni kamaytiruvchi xususiyatlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan model` uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan foydali model` patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining 2025 yil 13 yanvardagi FAP2762-son foydali model` patenti. Ijtimoiy samaradorligi: Saraton kasalligida immun javobni faollashtirib, davolash samaradorligi va bemorlar hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Mahalliy, patentlangan preparatlar import dori vositalari va davolash harajatlarini kamaytirgan. “Majmuiy Raxmoniy” va “Askal`siy” tabiiy komplekslarini kimyoterapiya bilan birga qo‘llash bemor boshiga I kurs xarajatini 25–35 % ga kamaytirib, o‘rtacha 600–660 ming so‘m tejamkorlikni ta’minladi. Bu kombinatsiya tibbiy samaradorlik va iqtisodiy tejamkorlikni optimal muvozanatda birlashtiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: In vivo sharoitda “Majmuiy Raxmoniy” va “Askal`siy” preparatlari glioblastoma hujayralari bilan kokul`tura modeli hamda glioblastoma modelli hayvonlarda angiogenezni susaytirishi, immun hujayralar infil`tratsiyasini oshirishi va o‘sma massasi hamda metastazlar sonini kamaytirishi orqali aniq antitumor va immunoregulyator faollikka ega ekanligi isbotlanib, makrofaglar orqali vositachilik qiluvchi apoptoz-immunoregulyator integratsiya modeli ishlab chiqishga oid takliflardan AL-7823051378 loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 2024 yil 31 maydagi 7823051378- son shartnoma asosida bajarilgan). Ijtimoiy samaradorligi: Immun infil`tratsiyaning oshishi va angiogenezning susayishi natijasida o‘sma massasi 30–45 % ga, metastazlar soni 40 % gacha kamayib, bemorlarning yashash prognozi sezilarli yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Adjuvant qo‘llash hisobiga kimyoterapiya dozasi 20–30 % ga qisqarib, davolash bilan bog‘liq umumiy xarajatlar o‘rtacha 25–35 % ga kamaygan.
uchinchi ilmiy yangilik:  xalq tabobatida qo‘llaniladigan tabiiy komplekslarning toksikologik xavfsizlik darajasi (LD₅₀, ALT, AST, kreatinin, bilirubin) aniqlanib, ularning toksik bo‘lmagan, klinik qo‘llanish uchun xavfsiz dozalari belgilanib, antioksidant faollikni oshirishi, yallig‘lanish mediatorlari (IL-6, TNF-α, IL-10) balansini tiklashi va IL-10/TNF-α nisbati orqali immun gomeostazni me’yorlashtirishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 109a-25-son bilan tasdiqlangan  “Sitokin profilini aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga  singdirilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali davlat muassasasi amaliyotiga joriy qilingan (Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali davlat muassasasi 2025 yil 3 sentyabrdagi A-125-son, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali davlat muassasasi 2025 yil  7 oktyabrdagi 144-son  buyrug‘i, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 12 dekabrdagi 31/m-06 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: be’morlarda immun holatni erta va aniq baholash imkonini berib, davolash samaradorligini oshiradi hamda ularlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: laborator tahlil va davolash xarajatlari 25–30 % gacha kamayib, reagent sarfi qisqaradi va har bir bemor uchun o‘rtacha 700–900 ming so‘m mablag‘ tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Majmuiy Rahmoniy va Askal`siy oziq ovqat qo‘shilmalarini doksorubitsin bilan sinergik ta’siri aniqlash natijasida ularning sitotoksik samaradorligini oshiruvchi va toksik ta’sirini kamaytiruvchi, saraton hujayralarini nishonli apoptozga yo‘naltirish evaziga immun tizim faoliyatini kuchaytirish xususiyatini aniqlashga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 109-25-son bilan tasdiklangan  “tabiiy komplekslarning doksorubitsin bilan sinergik apoptoz ta’sirini baholash kombinatsion model`)” nomli uslubiy tavsiyanoma xamda 2025 yil 28 avgustdagi 110-25-son bilan tasdiqlangan  “Glioblastoma terapiyasida xalq tabobati vositalarining klinik qo‘llanilishi va immunoregulyator samarasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga  singdirilgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali davlat muassasasi va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali davlat muassasasi amaliyotiga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali davlat muassasasi 2025 yil 3 sentyabrdagi A-125-son xamda   Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali davlat muassasasi 2025 yil  7 oktyabrdagi 144-son  buyruqlari, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 12 dekabrdagi 31/m-06 son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: Tabiiy komplekslar va doksorubitsin kombinatsiyasi glioblastoma bemorlarida davolash samaradorligini oshirib, toksik asoratlarni kamaytirish orqali hayot sifatini yaxshilaydi hamda xalq tabobati vositalarini klinik amaliyotga integratsiyalash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Kombinatsion yondashuv kimyoterapiya dozalarini kamaytirishga, davolash xarajatlarini optimallashtirishga va mahalliy, arzon tabiiy preparatlar hisobiga import dori vositalariga bo‘lgan iqtisodiy qaramlikni qisqartirishga xizmat qilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston sharoitidagi mahalliy tabiiy preparatlarga asoslangan, toksik bo‘lmagan immunomodulyator vositalar (Majmuiy Rahmoniy va Askal`siy) asosida saraton immunoterapiyasida qo‘llash uchun ilmiy asoslangan fitoterapevtik model` ishlab chiqilib O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 2/12-IL-son buyrug‘i).  Ijtimoiy samaradorligi: saraton mikro-muhitida immun gomeostazni tiklashga xizmat qilib, toksik bo‘lmagan mahalliy immunomodulyator vositalar orqali bemorlarning uzoq muddatli klinik natijalari va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan fitoterapevtik va kombinatsion yondashuv import qilinadigan yuqori narxli immunoterapevtik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, davolash jarayonining umumiy xarajatlarini optimallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish