Qurbonov Bobur Chorshanbievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majolis un-nafois” va “Latoyifnoma” tazkiralari qiyosiy tadqiqi: an’ana va vorisiylik, badiiy uslub xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1632
Ilmiy rahbar: Dilorom Salohiy Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Izzatillaev Parviz Inoyatillaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi “Majolis un-nafois” asarining forscha hamda ruscha tarjimalarini badiiy uslub, obrazlilik, g‘oyaviy va falsafiy mushtaraklik, asliyatdagi matnni tarjimalar asosida qiyosiy tahlil qilish, an’ana va vorisiylik, ilmiy-badiiy uslub saqlanishi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Majolis un-nafois”da keltirilgan shoirlardan ba’zilari haqidagi ma’lumotlarning “Latoyifnoma”da yo‘qligi, ulardan ayrimlarining ismlarining boshqacha bayon etilganligi, tarjima qilingan ma’lumotlarga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilganligi, ba’zi shoirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq bayon etilmaganligi isbotlangan;
Faxriy Hiraviyning sharhlarida tanqidiy uslubning yetakchiligi, shoirlarni ta’riflashda ijobiy sifatlar bilan birga ularning “lavand”, “louboliy” kabi salbiy xislatlarini ham keltirilishi, bu muallifning axloqiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi o‘ziga xos uslubini namoyon etganligi hamda “Latoyifnoma”ning oxirida “Hazrati Osafsifoti“ga bag‘ishlangan kichik bir bo‘lim Shoh Ismoil Safaviyning vaziri Mirzo Shoh Husaynga bag‘ishlab yozilganligi aniqlangan;
“Latoyifnoma” asarining “Majolis un-nafois” va boshqa tarjimalaridan farqli tomonlari aniqlanib, muallif unga yana bitta majlis, ya’ni to‘qqizinchi majlisni ilova qilganligi, bu majlisda Hazrat Navoiyning vasflari keltirilib, “Majolis un-nafois”da Navoiy tomonidan ismlari aytilmagan yana 189 ta shoir haqida ma’lumot berilganligi, “Latoyifnoma” birinchi tarjima ekanligi isbotlangan;
 “Majolis un-nafois”ning ruscha tarjimasi sanalgan “Sobranie izbrannix” ilk bor asliyatdagi matn asosida ochib berilib, tarjima jarayonida eski o‘zbek alifbosidagi yozuvni o‘qish, tabdil va tarjimasini amalga oshirish jarayonidagi ma’no va shakl nuqtai nazardan nuqsonlar hamda bahsli o‘rinlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Majolis un-nafois” va “Latoyifnoma” tazkiralari qiyosiy tadqiqi: an’ana va vorisiylik, badiiy uslub xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Majolis un-nafois”da keltirilgan shoirlardan ba’zilari haqidagi ma’lumotlarning “Latoyifnoma”da yo‘qligi, ulardan ayrimlarining ismlarining boshqacha bayon etilganligi, tarjima qilingan ma’lumotlarga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilganligi, ba’zi shoirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq bayon etilmaganligini isbotlashga oid xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP- ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 21-iyuldagi 2062/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishining turkiy va forsiy tillarida yaratilgan tazkiralarning qiyosiy tadqiqi, an’ana va vorisiylik, badiiy uslub xususiyatlari to‘g‘risidagi tahlillar xulosasi o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda xizmat qilgan;
Faxriy Hiraviyning sharhlarida tanqidiy uslubning yetakchiligi, shoirlarni ta’riflashda ijobiy sifatlar bilan birga ularning “lavand”, “louboliy” kabi salbiy xislatlarini ham keltirilishi, bu muallifning axloqiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi o‘ziga xos uslubini namoyon etish hamda “Latoyifnoma”ning oxirida “Hazrati Osafsifoti“ga bag‘ishlangan kichik bir bo‘lim Shoh Ismoil Safaviyning vaziri Mirzo Shoh Husaynga bag‘ishlab yozilganligini aniqlashga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 25-iyuldagi 2083/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida o‘zbek tilining tazkirachilik va zullisonaynlik an’analariga oid atamalari va ularning ijtimoiy-tarixiy mazmun-mohiyatini ifodalash takomillashgan;
“Latoyifnoma” asarining “Majolis un-nafois” va boshqa tarjimalaridan farqli tomonlarini aniqlash, muallif unga yana bitta majlis, ya’ni to‘qqizinchi majlisni ilova qilganligi, bu majlisda Hazrat Navoiyning vasflari keltirilib, “Majolis un-nafois”da Navoiy tomonidan ismlari aytilmagani yana 189 ta shoir haqida ma’lumot berilganligi, “Latoyifnoma” birinchi tarjima ekanligini isbotlashga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5-son “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 06-iyuldagi 2796/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy va forsiy tillarda yaratilgan tazkiralarining ilmiy-badiiy uslubi chog‘ishtirma tahlili asosidagi yangi ma’lumotlar bilan loyiha resurslari takomillashuviga erishilgan;
“Majolis un-nafois”ning ruscha tarjimasi sanalgan “Sobranie izbrannix” ilk bor asliyatdagi matn asosida ochib berilishi, tarjima jarayonida eski o‘zbek alifbosidagi yozuvni o‘qish, tabdil va tarjimasini amalga oshirish jarayonidagi nuqsonlar hamda bahsli o‘rinlar mavjudligini isbotlashga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022-yil 24-iyul kuni efirga uzatilgan “Najot ta’limda” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-iyuldagi 01-12/269-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya ijodiy jamoasi tazkiranavislik tarixi, badiiy asarlar tarjimasi masalalari haqidagi xulosalarni teletomoshabinlarga etkazishi uchun zamin yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish