Usmonova Aziza To‘lqin qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablari imijini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 
13.00.07 – Ta’limda menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5340
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paxrutdinov Shukriddin Ilyasovich, siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baybaeva Muhayyo Xudoybergenovna pedagogika fanlari doktori,  professor. Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablari imijini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotninng ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablari brend imijini strategik kommunikatsiya vositalari (ijtimoiy media, rasmiy veb-sayt, press-relizlar) bilan korporativ qadriyatlar tizimining progressiv darajasini funksional boshqaruv maqsadlariga ko‘ra tizimli-kompetensional transformasiyalash asosida aniqlangan;
umumta’lim maktablari imijini shakllantirishning “4D raqamli kommunikatsiya” modeli (muloqot, tahlil qilish, taqdim etish, natija) pedagoglarning kasbiy identiteti hamda muassasa qadriyatlarini refleksiv muloqot faolligi asosida integrativ-vositachilikni konsolidasiyalash orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarini boshqarishda motivatsion, pedagogik, tashkiliy, raqamli va ijtimoiy-imij komponentlarini (pedagoglar salohiyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, brend sifatida tan olinishi) yagona tizim sifatida birlashtirishga asoslangan “maktab – jamoatchilik – media” triadali mexanizmi ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablari imiji samaradorligini aniqlashda pedagog kadrlar salohiyati, o‘quv jarayoni natijalari, raqamli faollik, jamoatchilik ishonchi va xavfsiz ta’lim muhiti asosida ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan “Maktab imij indeksi” ishlab chiqilgan, mazkur indeks asosida maktab faoliyatini yaxshilashga qaratilgan pedagogik intervensiyalarni gibrid integrativ yondashuv asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari boshqaruvi samaradorligini oshirishda maktab imijini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
umumta’lim maktablari brend imijini strategik kommunikatsiya vositalari (ijtimoiy media, rasmiy veb-sayt, press-relizlar) bilan korporativ qadriyatlar tizimining progressiv darajasini funksional boshqaruv maqsadlariga ko‘ra tizimli-kompetensional transformasiyalash asosida aniqlashga oid taklif va tavsiyalar “Umumta’lim maktablari imijini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 26-oktyabrdagi 04-02/3-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab rahbar-xodimlarining samarali boshqaruvni tashkil etish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablari imijini shakllantirishning “4D raqamli kommunikatsiya” modeli (muloqot, tahlil qilish, taqdim etish, natija) pedagoglarning kasbiy identiteti hamda muassasa qadriyatlarini refleksiv muloqot faolligi asosida integrativ-vositachilikni konsolidasiyalash orqali takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar “Umumta’lim maktablari imijini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 26-oktyabrdagi 04-02/3-11-son ma’lumotnomasi hamda (A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 2024 yil 18 noyabrdagi 01/09-1557-son ma’lumotnomasi). Natijada, menejerlik kurslari o‘quv rejalari mazmuni “Maktab imijini shakllantirish” mavzusini kiritish asosida takomillashtirilgan. 
umumta’lim maktablarini boshqarishda motivatsion, pedagogik, tashkiliy, raqamli va ijtimoiy-imij komponentlarini (pedagoglar salohiyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, brend sifatida tan olinishi) yagona tizim sifatida birlashtirishga asoslagan “maktab – jamoatchilik – media” triadali mexanizmidan “Maktab boshqaruvida jamoatchilik va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quv-metodik ishlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ularni maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida foydalanishga tavsiya etish (grif berish) bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” yig‘ilishning 2025-yil 27-oktyabrdagi 2-son qarori asosida 7-raqamli guvohnomasi,). Natijada, umumta’lim maktab rahbarlari boshqaruvida tashkilot imijini shakllantirish mexanizmlarini qo‘llash ko‘nikmalari rivojlantirilgan.
umumta’lim maktablari imiji samaradorligini aniqlashda pedagog kadrlar salohiyati, o‘quv jarayoni natijalari, raqamli faollik, jamoatchilik ishonchi va xavfsiz ta’lim muhiti asosida ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan “Maktab imij indeksi” ishlab chiqilgan, mazkur indeks asosida maktab faoliyatini yaxshilashga qaratilgan pedagogik intervensiyalarni gibrid integrativ yondashuv asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Menejerlik o‘quv kurslari”ning dasturi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 12-iyundagi 06-36-1429-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktab rahbarlarining “Jamoatchilik va ota-onalar bilan o‘zaro munosabat/hamkorlik” modulini o‘qitish yuzasidan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minoti yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish