Tohirova Shohsanam Yunusovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Energetika yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslarida leksik kompetensiyani keys texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7545
Ilmiy rahbar: Xoliyorov Bunyod Husanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yusupova Shoira Batirovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetika yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslarida leksik kompetensiyani keys texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili o‘qitishda leksik kompetensiyani keys texnologiyalari vositasida rivojlantirishga doir xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan milliy tendensiya o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan;
energetika sohasiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida talabalarning leksik kompetensiyasini oshirishda yuzaga keluvchi muammolarning tizimlashtirilgan bazasi hamda ularning echimiga qaratilgan keys texnologiyalar portfoliosi yaratilgan;
talabalarning leksik kompetensiyasini innovatsion pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan bo‘lgan keyslar hamda axborot texnologiyalar bilan gibrid shaklda qo‘llagan holda rivojlantiruvchi takomillashgan mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
energetika yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini keys texnologiyalari asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan terminologik minimum jamlangan hamda maxsus energetik leksik birliklar bazasi tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta’lim muassasalarida energetika yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslarida leksik kompetensiyani keys texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
maxsus maqsadlar uchun ingliz tili o‘qitishda leksik kompetensiyani keys texnologiyalari vositasida rivojlantirishga doir xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan milliy tendensiya o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan natijalardan “English for Alternative Energy” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Olіy ta’lіm, fan va innovatsiyalar vazіrlіgіnіng 2024-yіl 07-maydagі “149”-son buyrug‘і; № 895100 nashr guvohnomasі). Natijada o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy qismlarida energetika ta’lim yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan sohaviy mavzular tizimi shakllantirildi va amaliyotga tatbiq etildi;
energetika sohasiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida talabalarning leksik kompetensiyasini oshirishda yuzaga keluvchi muammolarning tizimlashtirilgan bazasi hamda ularning echimiga qaratilgan keys texnologiyalar portfoliosi mazmuni “Case Portfolio” nomli metodik qo‘llanmaga singdirilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti uslubiy kengashining 2024-yil 26-oktyabrdagi 3-son yig‘ilishi ruxsati). Natijada metodik qo‘llanmadan mutassislikka oid eng dolzarb muammolarga asoslangan bir qancha keyslar, keyslar asosida tuzilgan mashqlar tizimi joy olgan. Metodik qo‘llanmada jamlangan birliklar orqali talabalarning leksik kompetentligini oshirish maqsad qilingan va qo‘llanma amaliyotga tatbiq etilgan;
talabalar leksik kompetensiyasini innovatsion pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan bo‘lgan keyslar hamda axborot texnologiyalar bilan gibrid shaklda qo‘llagan holda rivojlantiruvchi takomillashgan mashqlar tizimi dan 2024-2026-yillarda bajarilgan Erasmus + dasturining “ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, Through Staff and Student Mobility Exchange Projecs” ‒ Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Xalqaro tajriba almashinuvi doirasidagi kredit safarbarligi” mavzusidagi xalqaro loyihasining ijtimoiy fanlar sektori pedagogika bo‘limi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat texnika universitetining 2026-yil 9-yanvardagi №17-45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha xalqaro ta’lim sohasidagi ta’lim va kasbiy ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlantirish strategiyalari va umumiy tendensiyalari hamda milliy ta’lim tizimini jamiyatda ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan bog‘lash to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar bilan boyitilgan;
energetika yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini keys texnologiyalari asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan terminologik minimum jamlangan hamda maxsus energetik leksik birliklar bazasi tizimlashtirilgan natijalardan 2021-2027-yillarda bajarilib kelinayotgan Erasmus+ dasturining “KA-1-Mobility of higher education studens and staff between EU member States and third countries associated to the Programme and third countries not associated to the program” ‒ Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Dasturga bog‘liq uchinchi mamlakatlar hamda Dasturga bog‘liq bo‘lmagan uchinchi mamlakatlar o‘rtasida “Oliy ta’lim talabalari va xodimlarining safarbarligi” mavzusidagi xalqaro loyihaning ijtimoiy fanlar sektori pedagogika bo‘limida foydalanilgan (Axborot texnologiyalari va management universiteti Nodavlat oliy ta’lim tashkilotining 2024-yil 2-dekabrdagi 217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada energetika yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini keys texnologiyalari asosida rivojlantiruvchi leksik mavzular hamda keyslarga asoslangan materiallarni o‘zida jamlagan “English for Energy” web platformasi (№DGU 43897) loyihaning ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitishdagi ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Ilmiy ishning natijalari va materiallaridan “TUMED – International Alumni Association” tomonidan tashkil qilingan loyihalardan biri “Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası” doirasida pedagogika sohasiga oid qismida qo‘llanilgan (“TUMED – International Alumni Association” ning 2025-yil 20-maydagi №04/524 soni ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda ta’lim sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va sohadagi yutuqlarning ilmiy hamjamiyatga ta’sirini oshirishga erishilgan.