Axrorova Ruzixon Usmanovnaning    
filologiya fanlari doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Turli nutq diskurslarining “yosh”ga oid tavsifi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.DSc/Fil.969  Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvohidovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoliddin Abduvohidovich, filologiya fanlari doktori, O‘DJTU professori; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, Renassans ta’lim universiteti professori; Mo‘minov Siddiqjon Mirsobirovich filologiya fanlari doktori, Farg‘ona davlat universiteti professori ;
Yetakchi tashkilot: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli nutq diskurslarining yoshga oid tavsifini amalga oshirish hamda ularning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini kognitiv, pragmatik, stilistik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlariga asoslanib, diskursning yoshga xos tasnifi doirasida bolalar diskursi (3-14 yosh), o‘smirlar diskursi (14-18 yosh), yoshlar diskursi (18-40 yosh), o‘rta yoshlar diskursi (40-60 yosh), keksalar diskursi (60 dan yuqori bo‘lishi) guruhlari aniqlangan;
yoshga oid diskurs stereotiplari(bolalar: aybsiz, beg‘ubor, toza niyatli; o‘smirlar: g‘alati, qo‘rs, qarshilik ko‘rsatuvchi, janjalkash va emotsional; yoshlar: jo‘shqin, umidli, zamonaviy; keksalar: donishmand, tajribali yoki eskicha fikrlovchi, zaif kabilar)ning tarixiy-madaniy tajriba, ijtimoiy (oilaviy, ta’limiy, diniy, siyosiy) institutlar, media va ommaviy madaniyat, til tizimi, ya’ni til birliklarining barqaror qo‘llanishi kabi omillar ta’sirida shakllanishi dalillangan;
bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘rta yoshlilar, keksalar kabi “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli ishlab chiqilgan va mazkur “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari (nominativ, semantik, pragmatik, kognitiv, psixolingvistik hamda tajribaga tayangan legitimlashtirish) konseptual jihatdan asoslangan;
yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari (nutqiy maqsadlar, baholovchi strategiyalar, presuppozisiya va implikaturalarning yoshga mos realizatsiyasi) konseptual jihatdan asoslangan, tahlil qilingan, yoshga oid kommunikativ strategiyalar(moslashuvchanlik, avtoritetga tayanish, emotsional ekspressivlik, normativlik va retrospektivlik)ning farqlanish mexanizmlari ko‘rsatilgan;
yoshga oid diskurs kognitiv va pragmatik jihatdan determinatsiyalangan kommunikativ tizim sifatida talqin etilgan, ushbu diskurs doirasida frazeologik, toponimik va antroponimik birliklar tasnifi ishlab chiqilgan hamda ularning til egalari ijtimoiy identifikatsiyasini aks ettiruvchi lingvomadaniy funksiyalari nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy taklif, amaliy tavsiya va xulosalari asosida:
turli nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib yoshga xos tasnifidan, “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli va turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari, yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan hamda yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga doir xulosa va ilmiy natijalardan 2022-2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 5-noyabrdagi 1/04 – 205-son ma’lumotnomasi). Natijada izohli lug‘at ilmiy manbalar bilan boyitilgan;
diskurslarning lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, yoshga xos tasnifidan, “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli va turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari, yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan hamda yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga oid ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan EMI “English as a Medium of instructions” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil, 23-dekabrdagi 04/13566-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ta’minoti mustahkamlangan; 
turli nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, yoshga xos tasnif va “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli hamda turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari konseptual jihatdan asoslangan,yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan, shuningdek,yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga doir ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship program”xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil, 23-dekabrdagi 04/13567-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy ahamiyati oshgan;
nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib,yoshga xos tasniflanishining tarixiy-madaniy tajriba, ijtimoiy institutlar (oilaviy, ta’limiy, diniy, siyosiy), media va ommaviy madaniyat, til tizimi,ya’ni til birliklarining barqaror qo‘llanishi kabi omillar va “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli hamda turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari, shuningdek,yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan, yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga doir xulosa va ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 05-09-2075-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan; 
nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, yoshga xos tasniflanishining tarixiy-madaniy tajriba, ijtimoiy institutlar (oilaviy, ta’limiy, diniy, siyosiy), media va ommaviy madaniyat, til tizimi, ya’ni til birliklari, “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli va turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari, hamda yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan, shuningdek, yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga doir xulosa va ilmiy natijalardan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent Fransuz Alyansida tashkillangan “CLUB DE CONVERSATION” o‘quv materialining tilga oid tadbirlar dasturlari va mashg‘ulotlarida foydalanilgan (“Toshkent Fransuz Alyansining 2025-yil 25-sentyabrdagi № 16 -son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materialining tilga oid tadbirlar dasturlari va mashg‘ulotlarini ilmiy qiymati oshgan;
nutq diskurslarining lisoniy shakllanishi, pragmatik va intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, yoshga xos tasniflanishining tarixiy-madaniy tajriba, ijtimoiy institutlar (oilaviy, ta’limiy, diniy, siyosiy), media va ommaviy madaniyat, til tizimi, ya’ni til birliklari, “yosh” kategoriyalarining kognitiv-diskursiv modeli va turli “yosh” davrlarida nutq orqali shakllanuvchi ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari, hamda yosh guruhlari diskursining o‘ziga xos pragmatik strukturalari tahlilidan, shuningdek, yoshga oid kommunikativ strategiyalarning farqlanish mexanizmlari ilmiy izohlangan tomonlariga doir xulosa va ilmiy natijalardan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent Fransuz Alyansida tashkillangan “FRANCOPHONE” nomli o‘quv seminari dasturlari va mashg‘ulotlarida foydalanilgan (“Toshkent Fransuz Alyansining 2025-yil 13-oktyabrdagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv seminarning tadbirlar dasturlari va mashg‘ulotlarini ilmiy ahamiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish