Rustamova Shamshoda Nig‘monjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir yoshdagi bolalar og‘zaki nutqining psixolingvistik tadqiqi” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.(PhD)/Fil.3717
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Xalida Qo‘zievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Bahriddinova Bashorat Madievna; filologiya fanlari doktori, professor Laylo Raupova Rahimovna
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 11-15 yoshli o‘smirlar og‘zaki nutqini psixolingvistik aspektda tadqiq etish hamda ularning nutqiy ko‘nimalarini shakllanishida psixologik, ijtimoiy omillarning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda o‘smirlar og‘zaki nutqining o‘rganilishi tadrijiy tahlil qilingan hamda nutqning tashqi ta’sirga moyilligi va o‘zgaruvchanligidan kelib chiqib, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘smirlar spontan nutqining o‘rganilish masalasi ochib berilgan;
o‘smirlar lisoniy qobiliyatining so‘zni to‘g‘ri qo‘llash, jumlalarning murakkabligi, og‘zaki matn tuzilishi, shuningdek, nutqni tahrirlash ko‘nikmasi (to‘xtamdan so‘ng nutqni tuzatishsiz davom etish; xatolikni bir muddatdan so‘ng tahrirlash; nol qiymatli, qisman va to‘liq tahrir; tuzatishsiz xatolar)da namoyon bo‘lishi o‘rganilib, ularga ekstralingvistik omilning ta’sir etishi asoslangan;
o‘smirlar leksikasi, ya’ni o‘zlashgan so‘zlar, og‘zaki nutqida qo‘llanuvchi innovatsiyalar, frazeologik birliklarning hosil qilinish sabablari aniqlangan hamda mazkur birliklarning ishlatilish maqsadi (so‘zlashuvni qiziqroq qilish, muloqotni tezlashtirish, o‘zaro yaqinlikni ko‘rsatish, muloqot mavzusini begonalardan sir tutish, muloqotga vizual va akustik aksent berish, muloqot jarayonidan zavqlanish) ochib berilgan;
o‘smir bolalar og‘zaki nutqining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy va psixologik omillar aniqlangan hamda nutqda qo‘llaniladigan so‘zlar soni, nutq tezligi, jumlalarning uzunligi, murakkab jumlalarning qo‘llanilishida temperamentlarning ta’siri isbotlangan;
o‘smirlar ruhiy holatining spontan og‘zaki nutqiga, jumladan, gap qurilishiga, leksik birliklarning tanlanishiga, nutqdagi pauzalar, xatolar va ularni tahrirlash ko‘rsatkichlariga, jumlalarning murakkab, izchil va tushunarli bo‘lishiga ta’siri dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir bolalar og‘zaki nutqini psixolingvistik tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning o‘g‘zaki nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotlariga, shuningdek, o‘smirlarning lisoniy qobiliyatining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish orqali og‘zaki nutqni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar echimiga qaratilgan ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-apreldagi 01/4-1613-sonli ma’lumotnomasi);
tadqiqot ishidagi kichik yoshdagi (11-12 yosh) o‘smirlar og‘zaki nutqining rivojlanganligi ikki xil ta’lim muassasasi (filologiyaga ixtisoslashgan maktab va umumiy o‘rta ta’lim maktablari)dagi ta’lim tizimiga aloqadorligiga bog‘liq nazariy asoslari Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165. “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-apreldagi 01/4-1614-sonli ma’lumotnomasi);
o‘smirlar nutqiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik omillarning nutqning qaysi jihatlarida namoyon bo‘lishiga oid fikr va mulohazalar alohida qiymat kasb etadi. O‘zbek tilining nufuzini oshirish, o‘smirlar nutqida uning sofligini ta’minlash yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalardan “Nasaf” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Nasaf” teleradiokanalining 2025-yil 6-maydagi 1177-sonli ma’lumotnomasi)